Shartlar va muddatlar. Shartnoma – o’z nomi bilan shartnoma, ya’ni u turli shartlarga asoslangan bo’ladi. Ammo Rim huquqidagi shartnomalarda, masalan, “agar falonchi konsul bo’lsa, sen menga falon narsani berasan” deganga o’xshash shartlar ham bo’lgan. Yoki vasiyatnomadagi “agar o’g’il tug’ilsa, falon-falon bo’lsin” kabi shartlar qo’shimcha (ikkinchi darajali) shartlar hisoblangan. Ammo ma’lum sharoitlarda ular ham e’tirof etilgan. Ular ijobiy yoki salbiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin bo’lgan. Agar shartnomaning asosiy, muhim shartlari noqonuniy yoki aslida bajarib bo’lmaydigan bo’lsa, qo’shimcha shartlari ham shartnoma bilan birga bekor qilingan.
Shartnoma muddatlari ham turlicha bo’lgan. Masalan, “falon qulimni to’lov puli 100 sesteringga yetganda qo’yib yuboraman” yoki “agar ijarachi falon vaqtgacha narsalarini olib kirmasa, shartnoma bekor bo’ladi” singari tarzda tuzilgan shartnomalar bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |