Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet111/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Taraflar kelishuvi. Shartnomaning deliktdan ajratib turadigan birinchi belgisi tomonlarning kelishuvidir. Ammo kelishuvni yuridik hujjat darajasiga ko’tarish kerak bo’ladi. Buning usullari xilma-xil: qadimgi shumerliklar qasamlar bilan kuchaytirilgan yozma shartnomalarni ixtiro qilganlar, slavyanlar ko’p asrlargacha qo’l berish bilan qanoatlanganlar, rimliklar stipulyatsiya davomida bosh irg’ash bilan cheklanganlar. Rozilikning ko’p turlarini (hatto indamaslik, sukut saqlashni ham) e’tirof etgan rimliklar shartnoma uchun rozilikning eng kerakli, zarur shart ekanligini tushunib, uni izhor etishning turli usullarini qo’llaganliklarini yuqorida ko’rdik (verbal, konsensual, literal kabi). Ammo shartnoma (kelishuv) uchun taklif (oferta) hamda uni qabul qilish (aksept) zarur bo’lgan. Buning natijasida kreditor va qarzdor maydonga kelgan. Ushbu kelishuvdan har ikki tomon manfaatdor bo’lishi kerak bo’lgan. Hech qaysi taraf shartnoma tuzishga majbur qilinmasligi shart bo’lgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling