4-mavzu. Kationlarning ikkinchi analitik guruhi
Download 454.3 Kb.
|
4-Маъруза такдимоти
4-mavzu. Kationlarning ikkinchi analitik guruhi.Reja:4.1. Kationlarning ikkinchi analitik guruhiga umumiy tavsif.4.2. Guruh reagentini ta’siri.4.3. Ikkinchi guruh kationlarining shaxsiy reaksiyalari va ularni qishloq xoʻjaligidagi biologik ahamiyati.Tayanch iboralar: Kationlar, guruh kationlari, sulfidlar, rangli cho’kmalar, II-guruh kationlari, umumiy va shaxsiy reagent, umumiy va shaxsiy reaksiyalar.Ikkinchi guruh kationlariga Са2+, Sr2+ va Ва2+ ionlari kiradi. Ular D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasi ikkinchi guruhning asosiy gruppachasiga joylashgani ishqoriy yer metallardir. Kalsiydan bariyga tomon metallarning aktivligi ortib boradi. СаО, SrО va ВаО oksidlar suvda erib gidroksidlar hosil qiladi. Ularning gidroksidlari kuchli ishqorlar jumlasiga kiradi.Ikkinchi guruh kationlariga Са2+, Sr2+ va Ва2+ ionlari kiradi. Ular D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasi ikkinchi guruhning asosiy gruppachasiga joylashgani ishqoriy yer metallardir. Kalsiydan bariyga tomon metallarning aktivligi ortib boradi. СаО, SrО va ВаО oksidlar suvda erib gidroksidlar hosil qiladi. Ularning gidroksidlari kuchli ishqorlar jumlasiga kiradi.Ikkinchi guruh kationlarining karbonatlari suvda erimaydi. Ammo НСl, HNO3 va СН3СООН eritmalarida yaxshi eriydi. Shuning uchun (NH4)2CO3 tuzidan guruh reagent sifatida foydalaniladi. Ushbu guruh kationlarining sulfat, fosfat hamda oksalatlar ko’rinishidagi tuzlari ham suvda kam eriydi. СаS, CrS va ВаS sulfidlar esa yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib ikkinchi guruh kationlarini suvda erimaydigan III – V guruh kationlaridan ajratish mumkin. Са2+, Sr2+, Ва2+ kationlari rangsiz.Ikkinchi analitik gruppa kationlarining xossalarini o‘rganish jarayonida kationlarini bir-biridan ajratish muammo yoki erishi bilan bog‘liq jarayonlarining nazariy asoslarini bilish zarur bo‘ladi. Bunda eruvchanlik ko‘paytmasi (EK) va cho‘kma hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillarga diqqat qaratamiz.Download 454.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling