Masalan: Ca2+ + (NH4)2SO4 CaSO4+ 4NH+4 Ca SO4 + (NH4)2 SO4 (NH4)2[Ca(SO4)2] erib ketadi. eritma cho‘ktirish jarayoni ishlatilayotgan reagentning dissotsilanish darajasiga bog‘liqligini quyidagi misolda ko‘ramiz. Masalan: Mg2+ ionini NH4OH yoki NaOH bilan cho‘ktirish mumkin, ammo NH4OH ishtirokida Mg2+ kationlari to‘liq cho‘kmaga tushmaydi. Sababi shuki: Masalan: Mg2+ ionini NH4OH yoki NaOH bilan cho‘ktirish mumkin, ammo NH4OH ishtirokida Mg2+ kationlari to‘liq cho‘kmaga tushmaydi. Sababi shuki: 0,1 M konsentratsiyalangan NH4OH ni =1% ga teng. Demak OH- ionlari konsentratsiyalangan NH4OH eritmasida kam shuning uchun Mg2+ to‘liq cho‘kmaga tushmaydi. II-guruh kationlarini karbonatlar holida cho`kmaga tushirish uchun umumiy reagent sifatida faqat ammoniy karbonatni ishlatish mumkin. Bu maqsadda Na2CO3 yoki K2CO3 ishlatiladigan bo`lsa, eritmaga Na+ yoki K+ ionlarini oldindan kiritib qo`ygan bo`lamiz va bu ionlar analiz qilinayotgan eritmada oldin bo`lgan-bo`lmaganligini aniqlash qiyin bo`ladi. (NH4)2CO3 guruh reagent ta`sirida Ca2+, Sr2+, Ba2+ ionlarining suvda erimaydigan karbonatlari hosil bo`ladi: Ca2++CO2-3= CaCO3 Sr2++CO2-3= SrCO3 Ba2++ CO2-3= BaCO3 Guruh reagenti suv ta`sirida kuchli gidrolizlanadi: Guruh reagenti suv ta`sirida kuchli gidrolizlanadi: (NH4)2CO3+HOH NH4HCO3+NH4OH ↕↕ NH+4+HCO3- Gidrolizlanish reaksiyasi tenglamasidan ko`rinib turibdiki, eritmada HCO-3 ionlari ham bo`ladi, uning kationlari bilan hosil qiladigan tuzlari Ca(HCO3)2 , Sr(HCO3)2, Ba(HCO3)2 lar suvda yaxshi eriydi. Demak, Ca2+, Sr2+, Ba2+ kationlarining bir qismi cho`kmaga tushmaydi. Gidroliz jarayonini to’xtatish uchun eritmaga NH4OH qo’shish maqsadga muvofiqdir. Bunda muvozanat chapga, ya’ni ammoniy gidrokarbonatning ammoniy karbonatga aylanish tomoniga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |