Mavzu: Sulfidli minerallar Reja
Download 447.22 Kb.
|
Sulfidli minerallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galenit – PbS.
Mavzu: Sulfidli minerallar Reja: Sulfidli minerallar Sulfidli minerallarning turlari Sulfidlar yoki oltingugurtli birikmalar H2S kislotaning tuzlari bo‘lib, metallarning oltingugurt bilan hosil qilgan birikmasi hisob- lanadi. Bunday birikmalar hosil qiladigan kimyoviy elementlar soni 40 ga yetadi. Eng muhimlari: vanadiy, molibden, nikel, kobalt, temir, mis, rux, qo‘rg‘oshin, margimush, surma, simob,vismut. Bu sinfga taalluqli minerallar soni 300 dan ortiq. Asosiy qismi metallsimon yaltiroq, rangi o‘ziga xos bo‘lib, doimo bir xilda o‘zgar- masdir. Sulfidlar asosan gidrotermal, magmatik va kontakt-metasomatikjarayonlarda hosil bo‘ladi. Ular metall elementlar ajratib olishda aso- siy xomashyo hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin, rux, kumush va mis ma’dan- larining birgalikda uchragan turi «polimetall ma’dan» deb ataladi. Xalkozin – Cu2S. Nomi yunoncha; «xalkos» «miss» so‘zini ang- latadi. U ba’zan mis yaltirog‘i ham deyiladi. Xalkozin tarkibida – Cu – 79,9 % va S – 20,1%, bundan tashqari Ag, As, Fe, Co, Ni aralashmalari bo‘ladi. Singoniyasi – rombik. Xal- kozinning yaxshi kristallari kam uchraydi, ammo ko‘pincha qalin tab- letkasimon, kalta ustunlar hosil qiladi. Tabiatda yaxlit, mayda donali bo‘lib, bornit, xalkopirit, ba’zan sfalerit, galenit, kovelinlarning o‘rni- ga pesvdomorfozalar shaklida xol-xol bo‘lib uchraydi. Xalkozinning rangi – qo‘rg‘oshindek kul rang, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2–3, solishtirma og‘irligi 5,5–5,8; elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Xalkozin HNO3 da erib, oltingugurt ajraladi. Xalkozin gidrotermal va ayniqsa ekzogen jarayondapaydo bo‘la-di. Xalkozin nurash zonalarida bardosh bera olmaydi va parchalanibkuprit, malaxit va azurit kabi mis oksidlariga aylanadi. Xalkozin mis-ga eng boy sulfid bo‘lib, mis qazib olishda katta ahamiyatgaega. Xal-kozin ma’danining yaxlit massalari Shimoliy Uraldagi Turinsk konida uchraydi. Uncha boy bo‘lmagan xol-xol xalkozinma’danlari Qo‘ng‘i-rot (Balxash ko‘li), Qozog‘iston va Olmaliq mis konlarida aniqlangan.Galenit – PbS. Nomi yunoncha «Galena» – qo‘rg‘oshin ma’dani so‘zidan kelib chiqqan. Tarkibida Pb – 86,6 % va S – 5–13,4 %, ara-lashma tariqasida Cu, Zn, Bi, Fe, As, Sb uchraydi. Ukubik singoniya- da kristallanadi. Rangi qo‘rg‘oshindek kul rang, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2–3; u ancha mo‘rt mineral, ulanish tekisligi kub bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 7,4–7,6. U kuchsiz elektr o‘tkazadi. Galenit asosan gidrotermal jarayonda vujudga keladi. Tashqi ko‘rinishi bilan galenit antimonit Sb2S3, bulanjerit Pb5[Sb2S4]2S3 va burnonit – CuPb[SbS3]larga juda o‘xshash. Ularning farqi: antimonit cho‘zinchoq zirapchasimon kristall hosil qiladi. Bulanjerit esa, shu’- lasimon, tolasimon ko‘rinishda. Burnonit – cho‘zinchoq ustunsimon shaklli. Nurash jarayonida oksidlanib, serussitga – (PbCO3) va angle- zitga – (PbSO4) aylanadi. Galenit qo‘rg‘oshin olishda muhim asosiy manba hisoblanadi. Download 447.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling