Mavzu: Sulfidli minerallar Reja


Download 447.22 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi447.22 Kb.
#1493964
1   2   3   4
Bog'liq
Sulfidli minerallar

Antimonit – Sb2S3. Mineral nomi yunoncha «antimonium» – surma so‘zini anglatadi. Tarkibi Sb – 71,4 %, S – 28,6 %, aralashma sifatida As, Ag, Au uchraydi. Rombik singoniyali, ko‘proq prizma shaklida, ustunchaga, ignaga o‘xshash, yonlari tik chiziqlar bilan qop- langan bo‘ladi (26-rasm). Antimonitning rangi qo‘rg‘oshindek kul rang, ayrim kristallari ko‘kimtir qora bo‘lib tovlanadi. U shaffof emas, metall kabi yaltiraydi, uning qattiqligi 2–2,5; ancha mo‘rt mineral. Ulanish tekisligi prizma bo‘yicha mukammal, solishtirma og‘irligi 4,6; elektr tokinio‘tkazmaydi.
Uning yirik uyumlari gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Ba’- zan vulkan mo‘rilarida va atrofida vulkan mahsulotlari orasida uch- raydi. Oksidlanish zonalarida ancha osonlik bilan parchalanib, turli oksidlarga – valentenit, servantitlarga aylanadi.



    1. rasm. Kvars tomiridagi antimonitkristallari.

Xalkopirit – CuFeS2. Nomi yunoncha «xalkos» – mis, «piros» – olov ma’nosini bildiradi. (Mis kolchedani) tarkibida – Cu – 34 %, Fe – 30,54 %, S – 34,9 %. U tetragonal singoniyali. Yaxshi kristallari bo‘shliqlarda paydo bo‘ladi. Rangi jez-sariq, to‘q-sariq, ola-bula bo‘lib tovlanadi. U shaffof emas; metall kabi kuchli yaltiraydi; mo‘rt mineral. Xalkopiritga pirit o‘xshash; farqi, rangi va qattiqligi bilan farqlanadi. Xalkopirit HNO3 kislotada parchalanadi va oltingugurt ajraladi. Xalkopirit, pirrotin, petlandit va boshqalar birga intruziv jinslar oralarida magmatogen konlar hosil qiladi. Uni ba’zan gidrotermal konlarda uchratish mumkin. Xalkopirit nurash jarayonlarida parchalanib mis va temir sulfatlarini hosilqiladi.
Xalkopiritning yirik uyumlari skarnlarda hosil bo‘ladi [Turinsk (Rossiya), Olmaliq (O‘zbekiston)] va mis olishdagi asosiy manbalar- dan hisoblanadi. Sanoatbop ma’danlarda misning miqdori 2–2,5 % bo‘lishi lozim, shundagina qazib olishning imkoniyati tug‘iladi.

Download 447.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling