Rux,nikel kobalt va uning birikmalari, sanoatdagi ahamiyati. Reja
Download 196.91 Kb.
|
amir ali
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rux birikmalari va sanoatdagi ahamiyati.
Rux,nikel kobalt va uning birikmalari, sanoatdagi ahamiyati. Reja: Kirish Asosiy qisim. Rux birikmalari va sanoatdagi ahamiyati. Kobalt birikmalari va sanoatdagi ahamiyati. Nikel birikmalari va sanoatdagi ahamiyati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Rux birikmalari va sanoatdagi ahamiyati. Bеlgisi - Zn. Rux (lot. Zincum), (nеm. Zink; XVI-XVII asrda yashagan olimlar asarlarida uchraydigan tеrmin), qadimdan ma’lum kimyoviy elеmеnt, davriy sistеmaning II guruh kimyoviy elеmеnti, tartib raqami 30, atom massasi 65,37, och zangori-oq rangli mеtall; zichligi 7,130 g/cm3 ; t suyuq=419,50 C, tqayn=9070 C, yaltiroq och ko‘kimtir, gеksagonal kristallik mеtall, havoda oksid va gidroksikarbonat bilan qoplanadi, bu qavat uni oksidlanishdan saqlaydi, suvda erimaydi, kislota va ishqorlarda eriydi. Ruxlash – po‘lat va cho‘yan buyumlarni korroziyadan saqlash uchun ularning sirtini rux qatlami bilan qoplash. Rux issiqlayin (buyumni erigan ruxli vannaga tushirib) elеktrolitik usulda, erigan ruxni purkab amalga oshiriladi. Minеrallari. Rux tabiatda kеng tarqalgan; muhim minеrali – sfalеrit ZnS (yaltiroq ruxtosh), franklanit (Zn,Mn) Fe2O4, smitsonit - ZnCO3, marmatit Zn2FeS3. Sfalеrit ZnS - Mineralning nomi grekcha “sfaleros”- aldamchi so‘zidan olingan. Bu mineral tashqi belgilarining rasmiy sulfidlarga hech o‘xshamasligi sababli shunday nom bilan atalgan.Uning sinonimi: rux aldamchisi hisoblanadi. Sfaleritning xillari, kleyofan – oq rangli yoki rangsiz (deyarli butunlay aralashmalardan xoli) bo‘lgan xili; marmatit – sfaleritning qora rangli temir aralashgan xili; poshibramit – kadmiyga boy (Cd 5% gacha) xili bor. Kimyoviy tarkibi- Zn 97,1%, S 32,9%. Aralashma sifatida ko‘proq Fe (20% gacha) bo‘ladi; shunday xilini mikroskopda qattiq eritmaning parchalanishi mahsuloti bo‘lgan mayda pirrotin (FeS) aralashmasi borligi ko‘rinadi. Sfaleritning rangi odatda qoramtir yoki jigarrang; ko‘pincha qora (marmatit), kamdan-kam sariq, qizil va yashilroq bo‘ladi. Butunlay rangsiz shaffof xili (kleyofan) ham bor. Uning chizig‘ioq yoki och sariq va qoramtir tuslarga bo‘yalgan, temirga boy turi jigarrang chiziq beradi. Olmos kabi yaltiraydi. Qattiqligi 3-4. Sfalerit ancha mo‘rtdir. Uning ulanish tekisligi {110} bo‘yicha o‘ta mukammal. Solishtirma og‘irligi 3,9-4. Sfalerit elektr o‘tkazmaydi va qutbli termoelektrlanish xususiyatiga ega. Uning ayrim xillari ishganda va singanda fosforensiyalanadi. Oksidlantiruvchi alangada ko‘mir ustida oq rangli rux oksidi gardlari hosil qiladi. Suyultirilmagan HNO3 da eriydi va oltingugurt ajralib chiqadi. 112 Vyursit – ZnS. Xillari: eritrotsikit – tarkibida marganes bo‘lgan vyursit (Zn, Mn) S. Kimyoviy tarkibi sfaleritnikiga o‘xshashdir. Odatda tarkibidagi kadmiy sfaleritdagiga qaraganda ko‘proq miqdorda bo‘ladi. Vyursitning rangi sfaleritniki singari asosan tarkibidagi temirga bog‘liq o‘zgaruvchan, och ham, qo‘ng‘ir ham bo‘ladi. Shunga muvofiq chizig‘iham rangsizdan qo‘ng‘irga o‘zgaradi. Yaltirashi olmosga o‘xshaydi. Qattiqligi 3,5-4. Vyursit mo‘rtdir. Uning ulanish tekisligi {1120} bo‘yicha mukammal va {0001} bo‘yicha mukammal emas. Solishtirma og‘rligi 4,0-4,1. Diagnostik belgilari. Vyursitning yaxlit massalarini tashqi ko‘rinishiga qarab sfaleritdan ajratib bo‘lmaydi. Sinkit – ZnO. Zn 80,3%, O 19,7%. Singoniyasi geksagonal; simmetriya ko‘rinishi digeksagonal - dipiramidal. Kristall strukturasi vyursittipida. Xol-xol donalar va yaxlit massalar holida uchraydi. Rangi qizg‘ishsariq yoki to‘q qizil. Chizig‘iqizg‘ish-sariq. Olmos kabi yaltiraydi. Optik jihatdan musbat. Qattiqligi 4 ga teng. Ulanish tekisligi {1010} bo‘yicha o‘rtacha. Solishtirma og‘irligi 5,66. Download 196.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling