Mavzu: Sulfidli minerallar Reja


Download 447.22 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi447.22 Kb.
#1493964
1   2   3   4
Bog'liq
Sulfidli minerallar

Molibdenit – MoS2. Grekcha «molibdos» «qo‘rg‘oshin» degan so‘zni anglatadi. Tarkibida Mo – 60%, S – 40 %. Molibden geksago- nal singoniyada kristallanadi, u odatda qavat-qavat bo‘lib uchraydi. Kristallari geksagonal taxtachalar qiyofasida uchraydi (27-rasm). Mo- libdenit rangi qo‘rg‘oshindek kul rang, havo rang bo‘lib tovlanadi. U metalldek yaltiraydi, yupqa varaqchalari egilgan va bukilgan; qattiq- ligi – 1, solishtirma og‘irligi – 4,7–5,0. Molibdenitning asosiy belgila- ridan – qo‘lga yog‘langandek tuyulishi va qog‘ozda iz qoldirishidir.
Tabiatda uchraydigan aksariyat molibdenit konlari nordon intru- ziv jinslar bilan genetik bog‘liq. Molibdenit gidrotermal jarayonda kvars tomirlarida kassiterit – volframit, ba’zan muskovit, topaz va vismutinlar bilan bir formatsiya hosil qiladi.



    1. rasm. Molibdenitning yulduzsimonagregati.



Pirit – FeS2. Yunoncha «piros» olov demakdir (urganda uchqun chiqadi). Tarkibida Fe – 46,6%, S – 53,4% ni tashkil etadi.



    1. rasm.Pirit.

Pirit – kub singoniyali. Odatda to‘g‘ri tuzilgan kristallari uchraydi (28-rasm). Ma’danlarda uchraydigan pirit kubik, pentagondodekaedr, ba’zan oktaedr ko‘rinishda yuzaga keladi. Bulardan tashqari tog‘ jinslarida xol-xol holda uchratish mumkin. Piritning rangi och mis- sariq, sarg‘ish-qo‘ng‘ir ola-bula bo‘lib tovlanadi. U metall kabi yalti- roq, qattiqligi 6–6,5; elektr tokini yaxshi o‘tkazmaydi.


Bulanjerit – Pb5Sb4S11yoki 5PbS · 2Sb2S3. Tarkibida Pb – 55 %, Sb – 25,7 % va S – 18,9 % uchraydi. Ba’zan 1 % Cu uchraydi. Mono- klin singoniyali, rangi qo‘rg‘oshindek kul rang va temirdek qora. U shaffof emas, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2,5–3; ancha mo‘rt, solishtirma og‘irligi 6,2; ulanish tekisligi ayrim tomonlar bo‘yicha mukammal. Bulanjerit gidrotermal sharoitda yuzaga keladigan qurg‘oshin-rux ma’danlarida galenit, sfalerit, pirit, arsenopiritlar bilan birga uchraydi. Oksidlanish zonalarida bulanjerit parchalanib, serussit PbCO3 bilan surmaning gidrooksidlarini hosil qiladi (Zabaykale, Rossiya). Bulanjeritning katta uyumlari qo‘rg‘oshinning ma’dani sifa- tida ahamiyatga ega.
Download 447.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling