Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana19.11.2020
Hajmi1.58 Mb.
#148089
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
moliya va soliqlar 1-qism fanidan maruza matni


Nazorat savollari. 
 
 
1.  Davlat kreditining mohiyati nimadan iborat? 
2.  Davlat krediti deganda qanday pul munosabatlari yig‘indisi tushuniladi? 
3.  Davlat krediti qanday funksiyalarni bajaradi? 
4.  Davlat qarzlari qanday qismlarga bo‘linadi? 

 
 
 
122
 
 
5.  Davlatning ichki qarzlari deganda nima tushuniladi? 
6.  Davlatning tashqi qarzi qanday yuzaga keladi? 
7.  Tashqi qarzlar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi 
8.  Davlat qarzini boshqarish deganda qaysi jarayon tushuniladi? 
9.  Davlat qarzni qayta moliyalashtirish deganda nima tushuniladi? 
10. Zayomlar qanday usullar orqali qaytariladi? 
11. Davlat davlat kreditining samaradorligi deganda nima tushuniladi va u qanday 
aniqlanadi? 
12. Davlatning  tashqi  qarzi  bo‘yicha  unga  xizmat  ko‘rsatish  koeffitsienti  qanaday 
aniqlanadi? 
13. Davlat kreditining samaradorligiga erishish uchun qanday usullar qo‘llaniladi? 
14. Davlat kreditini boshqarish jarayonida qanday masalalar hal etiladi? 
 

 
 
 
123
 
 
 
 
9-mavzu. Sug‘urta, moliyaviy bozorlar va institutlar  
 
1-ma’ruza. Sug‘urtaning mohiyati 
 
Reja 
 
1.  Sug‘urtaning mazmuni va zarurligi 
2.  Sug‘urta bozori va uning mohiyati 
3.  Sug‘urtaning turkumlanishi 
 
 
1. Sug‘urtaning mazmuni va zarurligi 
 
Sug‘urta ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat qurilishining ilk 
davrlaridan  yuzaga  kelib,  asta  sekin  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  ajralmas  hamroxiga  aylandi. 
Sug‘urta iborasining birlamchi ma’nosi «qo‘rquv» («strax») so‘zi bilan bog‘liqdir. Mulk egalari bir-
birlari  bilan  ishlab  chiqarish  munosabatlariga  kirishar  ekanlar,  mulkining  saqlanishiga,  tabiiy 
ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik va iqtisodiy hayotning boshqa ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida 
yakson bo‘lishi yoki yo‘qotilishiga nisbatan qo‘rquv xis etganlar.  
Ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  tavakkalchilik  xarakteri  –  bu  mulk  egasi  va  tovar  ishlab 
chiqaruvchining  moddiy  farovonligi  uchun  xavotirlanishining  asosiy  sababchisidir.  Shu  asosda 
moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga keldi.  
Ko‘rilgan  zararni  qoplashning  ancha  oddiy  shakli  natural  sug‘urta  bo‘lgan.  Don,  yem-
xashak  va  boshqa  bir  turdagi  oson  taqsimlanadigan  mahsulotlar  hisobidan  alohida  talofat  ko‘rgan 
dehqon  xo‘jaliklariga  moddiy  yordam  ko‘rsatilgan.  Bunday  sug‘urta,  albatta,  bir  qancha 
chegaralangan  bo‘lib,  keyinchalik  tovar-pul  munosabatlarining  rivojlanishi  bilan  o‘z  o‘rnini  pul 
shaklidagi sug‘urtaga berdi.  
Rivojlangan  jamiyat  sharoitida  sug‘urta  mulkchilikning  barcha  shakllarini,  korxonalar, 
tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari himoyasining asosiy vositasiga aylandi.  
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarishning  uzluksizligini  ta’minlashda  va  aholini 
ko‘ngilsiz  hodisalardan himoya qilishda  sug‘urtaning  o‘ziga  xos  muhim  o‘rni  bor.  Sug‘urta ishlab 
chiqarishning  zarur  unsurlaridan  biri  sifatida  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  muhim  iqtisodiy 
dastaklaridan  hisoblanadi.  Sug‘urta  bozori  mulkchilikning  deyarli  barcha  shakllarini  tabiiy 
ofatlardan  saqlashda,  xilma-xil  faloqatlar  natijasida  odamlarga yetkazilgan  zararlarni  qoplashda 
moddiy jihatdan yordam beradi.  
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul muomalasiga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda 
har bir xo‘jalik obyektining tashkilotchisi o‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun 
fidokorona  harakat  qilish  bilan  cheklanib  qolmay,  favqulodda  va  tasodifiy  zararlarning  natijasida 
yetkazilishi mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga ham 
intilmoqda.  Shuning  natijasida  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  sug‘urtaga  bo‘lgan  talab  kuchaya 
boshladi.  
Prezidentimizning  «O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka  taxdid,  barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida davlatni aql-idrok bilan boshqarish xalq boshiga tushgan 
xavf-xatarni  kamaytirish  va  bartaraf  etishdan  iboratligini  ko‘zda  tutish  lozimligiga  amal  qilib, 
sug‘urta sohasida faqat mamlakat miqyosida emas, balki tashqi munosabatlarda ham qator tadbirlar 
amalga oshirilganligi ko‘rsatib turibdi. Jumladan chet ellik investorlarga yordam berish maqsadida 
«O‘zbekinvest»  eksport-import  milliy  sug‘urta  kompaniyasi  tashkil  qilinib,  AIG  (AQSh) 
kompaniyasi  bilan  birga  siyosiy  xavf-xatarlardan  sug‘urtalash  bo‘yicha  «O‘zbekinternest 
Interneyshl» qo‘shma sug‘urta kompaniyasi ta’sis etilgani qayd qilib o‘tildi. Shu bilan birga, tashqi 
sarmoyalarni ko‘proq jalb qilish maqsadida sug‘urtalashning tayanch stavkalari xalqaro amaliyotda 
qabul qilinganidan ancha past ekanligi ta’kidlandi.  

 
 
 
124
 
 
Sug‘urtaga  tegishli  bo‘lgan  qayta  taqsimlash  munosabatlari  bir  tomondan  sug‘urta  fondini 
shakllantirish,  ikkinchi  tomondan  shu  fonddan  sug‘urta  qatnashchilarini  ko‘rgan  zararini  qoplash 
bilan bog‘liqdir.  
Sug‘urta  –  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  zaruriy  elementidir.  U  ijtimoiy  ishlab 
chiqarish  jarayonidagi  moddiy  zararlarni  qoplash  bilan  bog‘liqdir.  Normal  takror  ishlab  chiqarish 
jarayonining  muhim  sharti  uning  uzliksizligi  va  to‘xtovsizligi  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarishning 
doimiy  yangilanib  borishi  insonlarning  barcha  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalarda,  shu  jumladan 
rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir.  
Agarda  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  jarayoni  tabiiy  ofatlar  yoki  boshqa  favqulodda 
hodisalarning  (yong‘inlar,  portlashlar, epidemiyalar va  b. ) salbiy  oqibatlari  ta’sirida  to‘xtasa  yoki 
buzilsa,  u  holda  jamiyat  avvalo  turli  oldini  olish  tadbirlarini  amalga  oshirishga,  mabodo  ular 
ko‘zlangan  natijani  bermasa,  u  holda yetkazilgan  moddiy  zararni  qoplashga,  ishchi  kuchini  takror 
ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur bo‘ladi.  
Inson  va  tabiiy  ofatlar  o‘rtasidagi  qarama-qarshilik  bilan  asoslangan  ijtimoiy  ishlab 
chiqarishning  tavakkalchilik  xarakteri,  birinchi  navbatda,  tabiiy  va  boshqa  ofatlarning  salbiy 
oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni so‘zsiz qoplash bo‘yicha insonlar 
o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot 
darajasini  saqlab  qolishga  bo‘lgan  real  va  mavjud  ehtiyojini  aks  ettiradi.  Mazkur  munosabatlarni 
alohida  xususiyatlar  ajratib  turadi  va  ularning  yig‘indisi  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  sug‘urtaviy 
himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.  
Sug‘urta  iqtisodiy  kategori  sifatida  moliya  kategoriyasining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi. 
Ammo,  moliya  to‘laligicha  daromadlarni  taqsimlash  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  sug‘urta  esa,  faqatgina 
qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi.  
Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz mumkin: 
1.Sug‘urtada to‘satdan, oldindan ko‘zda tutilmagan va yengib bo‘lmaydigan holatlar, ya’ni 
sug‘urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul munosabatlari yuzaga 
keladi.  
2.Sug‘urtada  ko‘rilgan  zararni  sug‘urta  ishtirokchilari,  ya’ni  sug‘urtalanuvchilar  o‘rtasida 
qoplash  amalga  oshiriladi.  Zararni  bunday  qoplash  usuli  zarar  ko‘ruvchi  xo‘jaliklar  soni  doimo 
sug‘urta  ishtirokchilari  sonidan  kam  bo‘lish  ehtimolligiga  asoslanadi,  ayniqsa  ishtirokchilar  soni 
yetarlicha katta bo‘lganda.  
Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan sug‘urta fondi tashkil 
qilinadi.  Bu  fond  sug‘urta  ishtirokchilarining  badallari  hisobidan  shakllantiriladi.  Sug‘urta 
fondining mablag‘lari faqatgina uni tashkil qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta badalining hajmi 
esa,  har  bir  qatnashchining  zararni  qoplashdagi  ulushini  bildiradi.  Shuning  uchun,  sug‘urta 
qatnashchilarining  doirasi  qanchalik  keng  bo‘lsa,  sug‘urta  badalining  hajmi  shunchalik  oz  va 
sug‘urta  ham  samarali  bo‘ladi.  Agarda  sug‘urtada  millionlab  sug‘urtalanuvchilar  ishtirok  etsa  va 
yuz  millionlab  obyektlar  sug‘urtalansa,  u  holda  minimal  badallar  hisobiga  maksimal  zararlarni 
qoplash imkoni paydo bo‘ladi.  
3.  Sug‘urta  zararlarni  qoplashni  hududiy  birlik  va  ma’lum  vaqt  davomida  amalga 
oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda-yil davomida sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklar o‘rtasida sug‘urta fondini 
hududlar  bo‘yicha  samarali  qayta  taqsimlash  uchun yetarlicha  katta  hudud  va  anchagina 
sug‘urtalashga  tegishli  obyektlar  talab  qilinadi.  Faqatgina  mazkur  shartga  rioya  qilish  bilangina 
katta hududlarni qamrab oluvchi tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bo‘ladi.  
Zararni  sug‘urta  yordamida  qoplash  ma’lum  vaqt  davomida  amalga  oshiriladi,  chunki 
ixtiyoriy sug‘urta doimo muddat bilan chegaralanadi.  
Sug‘urta  –  bu  uning  qatnashchilari  o‘rtasida  ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni 
qoplashga  mo‘ljallangan  maqsadli  sug‘urta  fondlarini  badallar  hisobidan  shakllantirish  bilan 
bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi.  
Sug‘urtaning  iqtisodiy  mohiyatiga  uning  funksiyalari  mos  keladi.  Ular  sug‘urtani  moliya 
tizimining bir bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari hisoblanadi.  
Sug‘urtaning to‘rta funksiyasi mavjud: 
1.  Tavakkalchilik.  
2.  Oldini olish.  

 
 
 
125
 
 
3.  Jamg‘arma.  
4.  Nazorat.  
Asosiysi tavakkalchilik funksiyasi hisoblanadi, chunki sug‘urtaviy tavakkal zarar ehtimolligi 
sifatida  talofat  ko‘rgan  xo‘jaliklarga  pullik  yordam  ko‘rsatish  bo‘yicha  sug‘urtaning  asosiy 
yo‘nalishi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Aynan  tavakkalchilik  funksiyasining  amal  qilish  doirasida 
sug‘urta  ishtirokchilari  o‘rtasida  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  sug‘urta  hodisalari  oqibatlari  bilan 
bog‘liq pul shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi.  
Oldini  olish  funksiyasi  sug‘urta  fondi  mablag‘larining  bir  qismi  hisobidan  sug‘urta 
tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.  
Hayot  sug‘urtasida  sug‘urta  kategoriyasi  kredit  kategoriyasi  bilan  hayotni  ma’lum 
muddatgacha  sug‘urtalash  shartnomalari  bo‘yicha  mablag‘larni  jamg‘arishda  ancha  yaqinlashadi. 
Hayot sug‘urtasi orqali pul mablag‘larini jamg‘arish oilaviy sharoitda sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan 
ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini ham bajarishi mumkin.  
Sug‘urtaning  nazorat  funksiyasi  sug‘urta  fondini  qat’iy  maqsadli  shakllantirilishi  va  uning 
mablag‘laridan  to‘g‘ri  foydalanishdan  iborat.  Mazkur  funksiya  yuqoridagi  uch  spetsifik 
funksiyalardan kelib chiqadi va konkret sug‘urta munosabatlarida ular bilan birga namoyon bo‘ladi. 
Nazorat  funksiyasiga  mos  ravishda  qonunchilik  va  instruktiv  hujjatlar  asosida  sug‘urta  amallarini 
to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta nazorati amalga oshiriladi.  
 
 
2. Sug‘urta bozori va uning mohiyati 
 
Sug‘urta  bozori  –  bu  sug‘urta  holatlari  ro‘y  berganda  jismoniy  va  huquqiy  shaxslarni 
mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul mablag‘lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi 
sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. 
Sug‘urta  bozorini  amal  qilishining  asosiy  sharti  sug‘urta  xizmatlariga  ehtiyoj  (talab)  va  bu 
ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug‘urtalovchilarning mavjudligidir. 
Sug‘urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy aspektlari bo‘yicha bo‘linishi 
mumkin. 
Tashkiliy-huquqiy  jihatdan  aksioner,  birgalikdagi,  xususiy  va  davlat  sug‘urta 
tashkilotlaridan iborat bo‘ladi. 
Hududiy jihatdan esa milliy, mintaqaviy va xalqaro sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. 
Milliy  sug‘urta  bozori  biron-bir  mamlakat  hududidagi  sug‘urta  muassasalarini  va  ularning 
faoliyatini  qamrab  oladi.  Bunga  O‘zbekiston  sug‘urta  bozorini  misol  qilib  olishimiz  mumkin, 
Hozirgi  kunda  milliy  sug‘urta  bozorimizda  o‘ttizdan  ortiq  sug‘urta  tashkilotlari  faoliyat 
ko‘rsatmoqda.  Ulardan  eng  yiriklari davlat  mulki  ishtirokidagi  sug‘urta  kompaniyalari  bo‘lib, ular 
«O‘zbekinvest»  EIMSK, «O‘zagrosug‘urta»  DASK, «Kafolat»  DASK  va  «Madad»  sug‘urta 
agentliklaridir. Bulardan tashqari bir nechta chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan, 
xususiy sug‘urta kompaniyalari ham o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.  
Jahondagi  eng  yirik  sug‘urta  bozori  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarinikidir.  Iqtisodiy  jihatdan 
rivojlangan mamlakatlarda  yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining kariyib qirq foizdan ortig‘i  AQSh 
xissasiga to‘g‘ri keladi. 
Mintaqaviy  sug‘urta  bozori  deganda  savdo-iqtisodiy  va  boshqa  jihatlardan  o‘zaro  yaqin 
munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi bozor tushuniladi. 
Xalqaro  sug‘urta  bozori  sifatida  dunyo  miqyosida  sug‘urta  faoliyatini  olib  boruvchi 
mamlakatlarning sug‘urta bozori tushuniladi. 
Sug‘urta  bozori  bozor  munosabatlari  subyektlarining  mustaqilligini,  ularning  sug‘urta 
xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha teng huquqli hamkorligini ko‘zda tutadi. 
Sug‘urta bozorining subyektlari quyidagilardan iborat: 
1.  O‘z  manfaatlaridan kelib chiqib sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmatlarni sotib oluvchilar 
(sug‘urta qildiruvchilar). 
2.  Bunday xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar (sug‘urtalovchilar). 
3.  Mazkur shaxslar o‘rtasidagi vositachilar (Sug‘urta agentlari va brokerlari). 
4.  Sug‘urtalangan shaxslar (sug‘urtalanuvchilar). 

 
 
 
126
 
 
5.  Manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar). 
6.  Uchinchi shaxslar. 
Ichki  sug‘urta  bozorini  moliyaviy  tarkibini  sug‘urta  tashkilotlarining  moddiy  va  moliyaviy 
resurslari  tashkil  qiladi.  Sug‘urta  bozorining  asosiy  vazifasi  sug‘urta  xizmatlariga  talabni 
shakllantirish  (marketing,  reklama),  shartnomalar  tuzish  va  sug‘urta  polislarini  sotish,  maqsadga 
muvofiq va egiluvchan tarif siyosatini olib borish, o‘z infratuzilmasini tartibga solish hisob-lanadi. 
Bozorning  tashqi  o‘rami  bu  –  bozorning  ichki  tizimini  qamrab  turuvchi  va  unga  ta’sir 
o‘tkazuvchi  birgalikda  harakat  qiluvchi  kuchlar  tizimi  (davlatning  iqtisodiy  siyosati,  moliyaning 
inflyatsion holati, valyuta kursi va b.). 
 
 
3. Sug‘urtaning turkumlanishi 
 
Sug‘urta ixtisoshlashtirilgan sug‘urta tashkilotlari tomoni-dan amalga oshiriladi. Ular davlat 
va  nodavlat  tashkilotlar  bo‘lishi  mumkin.  Ularning  faoliyat  doirasi  ichki,  tashqi  yoki  aralash 
sug‘urta  bozorlarini  qamrab  olgan  bo‘lishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  rivojlangan  sug‘urta  bozori 
sharoitida ham davlat ichkarisida, ham chetda amalga oshirilishi mumkin. Bu sug‘urtaning tashkiliy 
turkumlanishidir.  Ammo,  sug‘urta  munosabatlarining  mazmuni  sug‘urta  obyekti  va  xavf-xatar 
turlari bo‘yicha turkumlanishi yordamida namoyon bo‘ladi. 
Sug‘urta  sug‘urtalanuvchilarning  turli  toifalarini  qamrab  oladi.  Uning  shartlari  sug‘urta 
mas’uliyatining  hajmlari  bo‘yicha  farq  qiladi;  u  qonun  kuchida  va  ixtiyoriy  ravishda  amalga 
oshirilishi  mumkin.  Sug‘urta  munosabatlarining  turlichaligini  tartibga  solish  va  o‘zaro  bog‘liq 
yagona tizimni shakllantirish uchun sug‘urtani turkumlash zarurdir. 
Sug‘urtaning  turkumlanishi  natijasida  bo‘g‘inlar  hosil  bo‘ladi.  Barcha  bo‘g‘inlar  shunday 
joylashganki,  har  bir  navbatdagi  bo‘g‘in  avvalgisining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Yuqori  bo‘g‘in 
sifatida – soha, o‘rta bo‘g‘in – tarmoq, quyi bo‘g‘in – sug‘urta turlari hisoblanadi.  
Sug‘urtani  sohalarga  bo‘lish  asosida  ularning  obyektlari  bo‘yicha  farqlanishi  yotadi.  Bu 
omilga mos ravishda barcha sug‘urta munosabatlari yig‘indisini to‘rtta sohaga bo‘lish mumkin: 
1.  Mulkiy sug‘urta. 
2.  Fuqarolar hayot darajasi sug‘urtasi. 
3.  Javobgarlik sug‘urtasi. 
4.  Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi. 
Mulkiy  sug‘urtada  obyekt  bo‘lib moddiy  qiymatliklar  hisoblanadi;  fuqarolar  hayot darajasi 
sug‘urtasida  –  ularning  hayoti,  sog‘ligi,  mehnatga  layoqati;  javobgarlik  sug‘urtasida  obyekt  bo‘lib 
sug‘urtalanuvchilarning turli javobgarliklari, mas’uliyatlari, majburiyatlari hisoblanadi; tadbirkorlik 
tavakkalchiliklari  sug‘urtasida  esa,  obyekt  vazifasini  tadbirkorlik  ishlari  bo‘yicha  turli 
tavakkalchiliklar bajaradi 
Biroq,  sug‘urtani  yuqorida  sanab  o‘tilgan  sohalarga  bo‘linishi  korxonalar,  tashkilotlar  va 
fuqarolarning sug‘urtani amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi aniq sug‘urta manfaatlarini ochib 
bera  olmaydi.  Bu  manfaatlarni aniqlashtirish maqsadida sug‘urta  sohalarini  sug‘urta tarmoqlari  va 
turlariga bo‘lish zarur. 
Mulkiy  sug‘urta  mulkchilik  shakli  va  sug‘urtalanuvchilar  toifalaridan  kelib  chiqib,  bir 
nechta  tarmoqlarga  bo‘linadi:  davlat  korxonalari  mulki  sug‘urtasi,  jamoa  xo‘jaliklari,  ijarachilar, 
shirkatlar,  xissadorlik  jamiyatlari  va  jamoatchilik  tashkilotlari  mulki  sug‘urtasi  hamda  fuqarolar 
mulki sug‘urtasi. 
Fuqarolarning  hayot  darajasi  sug‘urtasi  ikkita  tarmoqka  ega:  ishchilar,  xizmatchilar  va 
jamoa xo‘jaliklari a’zolarining ijtimoiy sug‘urtasi hamda fuqarolar shaxsiy sug‘urtasi. 
Javobgarlik  sug‘urtasi  esa  quyidagi  tarmoqlarga  ega:  qarz  sug‘urtasi  hamda yetkazilgan 
zararni qoplash sug‘urtasi. Bu fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi ham deb yuritiladi. 
Tadbirkorlik  tavakkalchiliklari  sug‘urtasida  ikkita  tarmoq  mavjud:  daromadlarni  bevosita 
hamda bilvosita yo‘qotilish tavakkalchiliklari sug‘urtasi. 
Sug‘urtalanuvchilarni  sug‘urtalovchilar  bilan  sug‘urta  munosabatlariga  kirishi  va 
sug‘urtalanuvchilarga  qulaylik  yaratish  maqsadida  sug‘urta  tarmoqlarini  konkret  sug‘urta  turlariga 
bo‘lish zarurati paydo bo‘ladi. 

 
 
 
127
 
 
Mulkiy  sug‘urtaning  bunday  konkret  turlariga  qurilmalar,  chorva  hayvonlari,  ro‘zg‘or 
buyumlari, transport vositalari, qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va boshqa turli xo‘jalik kategoriyalari 
sug‘urtasi misol bo‘la oladi. 
Ijtimoiy sug‘urtaning kokret turlariga pensiya va turli nafaqalar sug‘urtasi kiradi. 
Shaxsiy  sug‘urta  bo‘yicha  sug‘urtaning  quyidagi  turlari  amalga  oshiriladi:  hayotni  aralash 
sug‘urtasi,  o‘lim  holati  va  mehnatga  layoqatini  yo‘qotishdan  sug‘urtalash,  bolalar  sug‘urtasi, 
qo‘shimcha pensiya sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va boshqalar. 
Javobgarlik  sug‘urtasi  bo‘yicha  –  kreditni  yoki  boshqa  qarzlarni  qaytara  olmaslikdan 
sug‘urtalash,  yuqori  xavf-xatar  manbalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligi  sug‘urtasi,  xo‘jalik 
faoliyati jarayonida zarar yetkazish holati bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi va boshqalar. 
Tadbirkorlik  tavakkalchiliklari  sug‘urtasi  dastgohlarni  to‘xtab  qolishi,  savdodagi 
to‘xtalishlar  natijasida  zarar  qurish  yoki  foyda  ololmaslik  sug‘urtasi,  yangi  texnika  va 
texnologiyalarni qo‘llash tavakkalchiliklari sug‘urtasi va boshqa turlarga bo‘linadi.  
 O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi yangi qonunchiligida sug‘urta 
sohalari  va  turlariga  ham  tushuntirishlar  berib  o‘tilgan.  Unga  ko‘ra  sug‘urta  quyidagi  sohalarga 
bo‘linadi: 
hayotni  sug‘urta  qilish  (jismoniy  shaxslarning  hayoti,  sog‘lig‘i,  mehnat  qobiliyati  va  pul 
ta’minoti  bilan  bog‘liq  manfaatlarini  sug‘urta  qilish,  bunda  shartnoma  bo‘yicha  sug‘urtaning  eng 
kam  muddati  bir-yilni  tashkil  etadi  hamda  sug‘urta  pullarining  sug‘urta  shartnomasida  ko‘rsatib 
o‘tilgan  oshirilgan  foizni  o‘z  ichiga  oluvchi  bir  martalik  yoki  davriy  to‘lovlarini  (annuitetlarni) 
qamrab oladi); 
umumiy  sug‘urta  (shaxsiy,  mulkiy  sug‘urta,  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  hamda  hayotni 
sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). 
Sug‘urta  tavakkalchiliklari  yoki  ular  guruhlarining  va  ular  bilan  bog‘liq  majburiyatlarning 
umumiy  xususiyatlariga  muvofiq  sug‘urta  sohalari  sug‘urta  turlariga  (klasslariga)  bo‘linadi. 
Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002-yil  27-noyabrdagi  413-sonli 
«Sug‘urta  xizmatlari  bozorini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  qarorining  1-
ilovasida sug‘urta faoliyatining klassifikatori berilgan bo‘lib, unga muvofiq hayotni sug‘urta qilish 
sohasi 4 ta klassga va umumiy sug‘urta sohasi 17 ta klassga ajratilgan.  
Turkumlanishning  barcha  bo‘g‘inlari  sug‘urtani  amalga  oshirish  shakllarini  qamrab  oladi, 
ya’ni  majburiy  va  ixtiyoriy.  Majburiy  sug‘urtani  amalga  oshirish  huquqiga  davlat  sug‘urta 
tashkilotlari  egadirlar.  Shu  bilan  birga  sug‘urta  tashkilotlari  majburiy  sug‘urta  qilinishi  lozim 
bo‘lgan obyektlarning but saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatishga haqlidirlar. 
 
 
Majburiy sug‘urtani ajratib turuvchi tamoyillar quyidagilar. 
 
1.  Majburiy  sug‘urta  qonun  yo‘li  bilan  o‘rnatiladi.  Shunga  mos  ravishda  sug‘urta 
qildiruvchi  tegishli  obyektlarni  sug‘urtalashga,  sug‘urtalovchilar  esa,  sug‘urta  hodisalari  ro‘y 
berganda tegishli sug‘urta to‘lovlarini to‘lashga majburdirlar.  
Qonunchilik odatda quyidagilarni belgilab beradi: 
−  majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar tarkibini; 
−  sug‘urta javobgarligi hajmini; 
−  sug‘urta ta’minoti darajasi va me’yorlarini; 
−  tarif stavkalari miqdorlari va ularni o‘rnatish tartibini; 
−  sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlarini. 
2.  Qonunda  ko‘rsatilgan  majburiy  sug‘urta  obyektlarini  yoppasiga  sug‘urtaga  qamrab 
olish. Buning uchun sug‘urta organlari mamlakatda har-yili sug‘urtalangan obyektlarni, hisoblangan 
sug‘urta badallarini va ularni o‘rnatilgan muddatlarda undirilishini hisobga olib boradilar. 
3.  Qonunda  ko‘rsatilgan  obyektlarga  majburiy  sug‘urtaning  avtomatik  ravishda 
qo‘llanilishi. Sug‘urtalanuvchi xo‘jalikda sug‘urtaga tegishli yangi obyekt paydo bo‘lganligi haqida 
sug‘urta  organlariga  xabar  berishi  shart  emas.  Bu  mulk  sug‘urta  sohasiga  avtomatik  ravishda 

 
 
 
128
 
 
qo‘shiladi.  Navbatdagi  ro‘yxatga  olish  davrida  hisobga  olinadi  va  sug‘urtalanuvchiga  to‘lanishi 
kerak bo‘lgan sug‘urta badallari ko‘rsatiladi. 
4.  Majburiy  sug‘urtani  sug‘urta  badallari  to‘lanishidan  qat’iy  nazar  amal  qilishi.  Agarda 
sug‘urta  qildiruvchi  tegishli  sug‘urta  badallarini  to‘lamagan  hollarda,  badallar  sud  orqali  undirib 
olinishi mumkin. Sug‘urta badallari to‘lanmagan mulkni talofat ko‘rishi yoki shikastlanish hollarida 
sug‘urta to‘lovlari to‘lanaveradi, faqatgina sug‘urta badallari bo‘yicha qarz va kechiktirilgan kunlar 
uchun jarima summasi ushlab qolinadi. 
5. Majburiy sug‘urtaning muddatsizligi. Majburiy sug‘urta sug‘urtalanuvchi sug‘urtalangan 
obyektdan  foydalanish  davrining  to‘la  qismida  amal  qiladi.  Mulkni  boshqa  shaxsga  o‘tishi  bilan 
ham  sug‘urta  to‘xtatilmaydi.  U  faqatgina  sug‘urtalangan  mulk  to‘la  talofat  ko‘rgandagina  o‘z 
kuchini yo‘qotadi. 
6.  Majburiy  sug‘urta  bo‘yicha  sug‘urta  ta’minotining  me’yorlashtirilishi.  Sug‘urtaviy 
baholash  va  sug‘urtaviy  qoplash  tartibini  soddalashtirish  maqsadida  sug‘urta  bahosiga  nisbatan 
foizlarda yoki bir obyektga so‘mlarda sug‘urta ta’minotining me’yorlari belgilanadi.  
O‘zbekiston  Respublikasining  «Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida»gi  Qonuniga  muvofiq 
tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta ixtiyoriy sug‘urta hisoblanadi. 
Ixtiyoriy 
sug‘urtaning 
shartlari 
tomonlarning 
kelishuviga 
asosan 
belgilanadi. 
Sug‘urtalanuvchi  va  sug‘urtalovchining  huquqlari  hamda  burchlari,  shuningdek,  har  bir  sug‘urta 
turining aniq shartlari tegishli sug‘urta shartnomalari bilan belgilab quyiladi. 
 
Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli quyidagi tamoyillar asosida qurilgan. 
 
1.  Ixtiyoriy  sug‘urta  qonun  asosida  va  ixtiyoriy  ravishda  amal  qiladi.  Qonun  ixtiyoriy 
sug‘urtaga tegishli obyektlarni va sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar 
esa sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta qoidalari orqali tartibga solinadi. 
2.  Sug‘urtada  ixtiyoriy  qatnashish  to‘la  holda  faqat  sug‘urtalanuvchilar  uchun 
xarakterlidir.  Agar  sug‘urtalanuvchining  xohishi  sug‘urta  qoidalariga  zid  kelmasa,  sug‘urtalovchi 
obyektni  sug‘urta  qilishdan  bosh  tortish  huquqiga  ega  emas.  Bu  tamoyil  sug‘urtalanuvchining 
birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilishini kafolatlaydi. 
3. Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham unda ishtirok etish istagini 
bildiravermaydilar.  Bundan  tashqari,  shartnomalar  tuzishda  sug‘urta  shartlari  bo‘yicha 
chegaralashlar ham amal qiladi. 
4.  Ixtiyoriy  sug‘urta  doimo  sug‘urta  muddati  bilan  chegaralanadi.  Bunda  muddatning 
boshlanishi  va  tugashi  shartnomada  qat’iy  kelishib  olinadi.  Shundan  kelib  chiqib,  sug‘urta 
qoplamasi  yoki  sug‘urta  summasi  sug‘urta  holati  faqatgina  sug‘urta  davrida  sodir  bo‘lgandagina 
to‘lanadi.  Ixtiyoriy  sug‘urtaning  uzluksizligini  faqatgina  yangi  muddatga  qayta  shartnoma  tuzish 
yo‘li bilangina ta’minlash mumkin. 
5. Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta badallari to‘langandagina 
amal  qiladi.  Ixtiyoriy  sug‘urta  shartnomasining  kuchga  kirishi  bir  martalik  yoki  birinchi  sug‘urta 
badalini  to‘lanishi  bilan  asoslanadi.  Uzoq  muddatli  sug‘urta  bo‘yicha  navbatdagi  badalning 
to‘lanmasligi natijasida shartnomaning amal qilishi to‘xtaydi. 
6.  Ixtiyoriy  sug‘urta  bo‘yicha  sug‘urta  ta’minoti  sug‘urtalanuvchi  istagidan  kelib  chiqadi. 
Mulkiy  sug‘urta  bo‘yicha  sug‘urtalanuvchi  sug‘urta  summasini  sug‘urta  bahosi  chegarasida 
belgilashi  mumkin.  Shaxsiy  sug‘urta  bo‘yicha  sug‘urta  summasi  shartnomada  tomonlar  kelishuvi 
orqali belgilanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
129
 
 
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling