Zbekiston respublikasi andijon davlat universiteti
Download 451 Kb.
|
Dopusk va oʻtkazishlar ularni chizmada belgilashni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dopusk
- Dopusk lar va o’tkazish
Val sistemasidagi o’tkazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlariga asosiy valni (h) turli dopuskli teshiklar bilan biriktirishhisobiga erishadilar.
Dopusk va o`tqazishlar, ularni chizmada belgilanishi Asosiy teshik bilan asosiy val dopusk maydonlari detal tanasi tomonga joylashadi. O’tkazish sistemasi konstruktorlik,texnologik va iqtisodiy afzalliklarga ko’ra tanlanadi. Aniq teshiklar kimmatbaxo o’lchamli kesish asboblari yordamida ishlanadi.(zenker,razvertka,sidirgich va x.). Bu asboblarni xar biri muayyan dopuskli bir o’lchamga ishlov berishi mumkin.Vallar esa,o’lchamidan qattiy nazar,bitta keskich yoki jilvirlash doirasi bilan ishlanishi mumkin.Teshik sistemasida turli chekli o’lchamlarga ega teshiklar soni val sistemasiga nisbatan kam bo’ladi,demak bu teshiklarni ishlash uchun zarur kesish asboblari soniham kam bo’ladi.SHu sababli teshik sistemasi kengrok tarqalgan va afzal debhisoblanadi. Ammo ba’zihollarda konstruktsion sabablarga ko’ra val sistemasini qo’llash zaruriyati paydo bo’ladi,masalan bir valga bir nominal diametrli turli o’tkazishlar bilan biriktiriladigan ketma ket joylashgan teshiklar kiygizilganda (2 rasm). Tortki, o’qlar, vallar kabi detallar yuqori aniqlikdagi sovuk kiryalangan chiviklardan mexanikaviy ishlovsiz tayyorlangandaham val sistemasidan foydalangan afzal. Dopusklar tizimini qurish uchun dopusk birligi tushunchasi kiritilgan. Dopusk birligi aniqlik o’lchovi bo’lib, dopuskni nominal o’lcham bilan bog’lanishini ifodalaydi.O’lchamlari 1 mm.dan 500 mm.gacha bo’lgan metall detallarning ishlov berish xatoligi bir xil texnologik sharoitlarda quyidagi konun bo’yicha o’zgarishi aniqlangan: O'zaroalmashinish deb, bir nomdagi, turdagi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda tayyorlangan detallarni, aynan shu nom va turdagi shunday detal va h.o. bilan almashtirish amaliga aytiladi. Masalan, istalgan elektr chirog'ini patronga o’rnatiladi va ishdan chiqqan chiroqni almashtirsa yoki istalgan bir o'lchamdagi gayka mos shunday o'lchamdagi boltga buralsa, o'zaroalmashinish bo’ladi va bu qulay hamda foydalidir. Agar almashinish vaqtida ba'zi bir o'lchamlarni o'zgartirilmay detal almashtirilsa bu faoliyat to'Iiq bajarildi deyiladi. Aks halot esa to'liqmas hisoblanadi. O zaroalmashinishning asosiy shartlaridan biri uni detallarini yuqori aniqlikda tayyorlash sanaladi. O’zaroalmashinish tashqi yoki ichki bo'Iishi mumkin. Mashina mexanizm-larining tashqi detallarini almashtirish – tashqi o'zaroalmashinishga, qismlar – ichki detallarini almashtirish esa ichki o'zaroalmashinishga kiradi. Masalan, tebranish podshipniklari mashinalar qismlariga o'xshab to'Iiq tashqi o zaroalmashinishga misol (bir tipdagi podshipniklarnig tashqi va tchki halqalari) bo'la olishi mumkin. Albatta o'z navbatida podshipniklar idetallari yig'ishdan oldin sortlarga ajratiladi va keyin yig'uv to'Iiq amalga oshiriladi. Ammo har xil tipdagi podshipniklar o'zaroalmashina olmaydilar. Dernak ichki O'zaroalmashinish to'Iiq bo'lmaydi bu hollarda (bu materiallar 2 – ilovada keltirilqan 1 — : — 8 jadvallardagi ma'lumotlar bilan to’ldirilgan. Ichki o'zaroalmashinish tayyor mahsulot ichidagi qismlargagina taaluqlidir. Masalan. Yana o’sha podshipnikni olib qarasak, uning tebranish qismi va halqasinigina almashtirish mumkinligini ko'ra olamiz. O'zaroalmashinishning shartlaridan yana biri detallar, uzellar, qismlar va zahiralar geometrik pararnetrlarining o'ta aniq bo'lishidir. O'zaroalmashinuvchi bo'lib, tizimning yoki ob'yektning to'liq olingan holati ham bo'lishi mumkin. Albatta bunday paytda o'zaroalmashinadigan detallar chidamli, ishga yaroqli, o'zaro ta'sirda yemrilmaydigan, aniq o'lchamli va h.o. bo'lishi lozim. Bu holat, albatta zahira qismlarga ham tegishlidir. Mutaxassislarning fikricha, ishlab chiqishni rivojlantirishdagi eng yaxshi variantlardan biri, to'liq o'zaroalmashinishni amalga oshirish ekan. Chunki, bu hollarda jarayon soddalashar, detallarni yig'ish uchun yuqori malaka talab qilinmas ekan. Bunday hollarda bajariladigan ishni normalash, uni xarajatini hisoblab borish, ishni to'liq riazorat ostiga olish, ishni ritmini o'matish, ishni patok holatiga o'tkazish, jarayonni avtomatlashtirish va ta'mirlash jarayonini soddalashtirish mumkin ekan, chunki har bir detal, uzel va h.o.lar almashtirilayotgan vaqtida yangisiga almashtirilar ekan. Ishlab chiqarishning qanchalik o'zaroalmashinuvchanlikka erishganini uning o'zaroalmashirish koeffitsiyenti Kv bilan aniqlanadi. U O'zaroalmashinuvchi detallar mehnat jarayoni hajmini, mahsulotdagi bardie detallarni o'zaroalmashtirgandagi mehnat hajmiga nisbati bilan ifodalanadi. Bu koeffitsiyentning qiymati har xil bo'lishi mumkin, ammo uning birga yaqinlashish darajasi ishlab chiqarish korxonasi texnikasi darajasini belgilar ekan. O'zaroalmashtirishning yana bir ko'rsatgichi uni aralashuvchanlik qobiliyati bo'lib hisoblanadi. Aralashuvchanlik — bu ob'yektlarning murakkab mahsulotlar ichida joylashib, o'z fuktsiyasini bajaribgina qolmasdan jarayonni buzilishiga yo'l qo'ymaslik bilan ifodalanadi. Ob'yekt — bu avtonom blok bo'lib, priborlar yoki murakkab mahsulotga kiruvchi boshqa obektlardir. Shunday qilib, yig'ish xossasi va teng baholi almashtirishrii bajarish, xohlagan bir tipli detallarni ikkinchi bir boshqa shu tipliga almashtira olish qobiliyati, bir korxonanirig ishlab chiqarish tsexida detallarni tayyorlab, boshqa birida yig'ish arnalini bajarish imkoniyatini beradi, qolaversa ko'p sonli va ko'p nusxali mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga olib keladi. Albatta yig'uv vaqtida standart briktiruvchi detallar, tebranish podshipniklari, elektrotexnik, charm va plastmassa mahsulotlari ishlatilishi lozim. Agar shunday o’zaroalmashtirish amalga oshirilsa, detallar va zahira qismlar qo'shimcha ishlovsiz ishlatila olinsa, bu ishlab chiqarish korxonasi o'zaroalmashinuvchan deyiladi. Mashinasozlikda detallarga ishlov berish jarayonida e'tiborga olinishi lozim bo'lgan ma'lumotlar tegishli ayrim korsatgichlar 2 —ilovadagi ilovadagi 1 —: — 8 jadvallarda keltirilgan. O’tqazmalar va ularni hisoblash Har qanday mashina, uzellar va detallardan yig'iladi. Bir detal ikkinchi detalga biriksa, biriktiruvchisi qamrovchi, birikuvchisi qamraluvchi sirtlar bo'ladi. Masalan, vint gaykaga o'rnatilsa gayka qamrovchi, vint qamraluvchi sirt bo'lib hisoblanadi. Shakllaridan qat'iy nazar qamrovchi sirtlarni umumiy nomi teshik, qamraluvchilari esa val (o’q) deb atalishi qabul qilingan. Ya'ni O'z DST 2.214 standarti bo'yicha cheklanmalar tanlashda qamrovchi sirtlar uchun teshiklarning chetga chiqishlari bo'yicha, qamraluvchi sirtlar uchun vallarning chetga chiqishlari bo'yicha tanlashlar qabul qilingan. Ishlash sharoitiga ko'ra, loyihaviy hisob bo'yicha belgilangan o'lcham nominal (o’rtacha) deyiladi. Bu o'lcham teshik va val uchun bir xil bo'ladi. Ikki detalning birikish xarakteri, bo’shliqli (zazor) yoki taranglik bilan biriktirish o’tkazish deyiladi. O'tkazishlar uch xilga bo'linadi; birikmada doimo bo'shliqni ta'minlovchi qo'zg’aluvchan o'tqazish, birikmada doimo taranglikni ta'minlovchi qo'zg’almas (presslab, zarblab) o'tqazish va birikmalarda bo'shliq yoki taranglik hosil qiluvchi oraliq o'tkazish. O'tkazishlarni amaliyotda qo'llash qulay bo'lishi uchun teshik tizimi va val tizimiga bo'lingan. Teshik tizimida teshikni pastki chetga chiqishi har doim «nol» bo'lib, eng kichik o'lchami o'rtacha o'lchamga terig bo'ladi va bir xil o'rtacha o'lcham va kvalitetda o'lchamlari doimiy bo'lib, har xil o'tkazishlar hosil qilish uchun vallarni chetlanishlari o'zgartiriladi. Val tizimida valni yuqoriga chetga chiqishi har doim «nol» bo'lib, eng katta o'lchami o'rtacha o'lchamga terig bo'ladi va bir xil o'rtacha o'lcham va kvalitetda o'lchamlari doimiy bo'lib, har xil o'tqazishlar hosil qilish uchun teshiklarni chetlanishlari o'zgartiriladi. Teshik tizimida teshikning chetlanishi «H» val tizimida val chetlanishi «h» bilan tanlanadi. O'tqazishlarni hisoblashni misollar yechish bilan tushintiramiz. Yig'uv chizmasida c675H7/f9 belgi o'lcham yozilgan bo'lsin, bunda 075 o'rtacha o'lcham, H7 teshikni H chetlaiiishli, 7 — kvalitetli cheklamasi va f9 valni f chetlanishli, 9 -kvalitetli cheklamasidir. Teshikning eng katta (maksimal) o'lchami D max=Dnom + ES=5+0.03=75.03 mm teshikning eng kichik (minimal) o'lchami. Dmin=Dnom + EI=75+0=75 mm, teshik o'lchamining cheklamasi TD=Dmax -Dmin=75,03-75= 0.03 mm. Valning eng katta (maksimal) o'lchami dmax=dnom+es=75-0,03=74!97 mm, valning eng kichik (minima)) o'lchami dmin=dnom+ei=75-0,104=74,89j mm, val o'lchamining cheklanmasi Td= dmax - dmin= 74,97-75,896 = 0,074 mm. Hisoblardan ko'rinib turibdiki bu o'tkazish qo'zg'aluvchan, chunki valning barcha o'lchami teshikning barcha o'lchamidan kichik, ya'ni birikkan sirtlar orasida bo'shliq hosil bo'ladi. Aksincha bo’lsa qo'zg'almas, taranglik bilan o'tkazish bo'ladi. Agar o'tkazishlarda: A(a) dan N(h) da bo'lgau chetlanishlar bo'lsa, unda qo'zg'aluvchan, R(r) dan ZC(zc) gacha bo'lgan chetlanishlar bo'lsa, unda qo'zg'almas, qolganlari oraliq, o'tqazish hosil qiladi. Mashina detallarining asosiy tavsifi ularning o'lchamlari va shakli bilan belgilanadi. Buning uchun mutaxassisga doimo qo'l keladigan va foydali bo'lgan quyidagi aniqliklarni keltiramiz (O’z DSt 2.306-96): 1). Nominal o'cham – o'lchamlardan chetga chiqishlarni hisoblashdagi sanoq boshi bo'lib, unga nisbatan chegara o'lchamlar hisoblanadi; 2). Haqiqiy o'lcham – ruxsat etilgan cheklanishlarni e'tiborga olgandagi o'lcham; 3). Chegara o'lcham – ruxsat etilgan, ikkalasining o'rtasida haqiqiy o'lcham bo'lishi ehtimoli bar, eng katta va eng kichik chekka o' lcham; 4). Haqiqiy chetga chiqish – haqiqiy va nominal o'lchamlar orasidagi algebraik farq 5). Yuqori chetga chiqish – eng katta chekka va o'rtacha o'lcham orasidagi algebraik farq. Teshik uchun ES va val uchun es belgilashlar mavjud: 6). Quyi chetga chiqish – eng kichik chekka va nominal o'lcham orasidagi algebraik farq. Teshik uchun El va val uchun ei helgilashlar mavjud; 7). Nol chiziq – o'rtacha o'lchamga to'g'ri keluvchi chiziq bo'lib, o'tqazma va cheklanmalarning grafik ko'rinishidagi tasvirlar shu chiziqdan boshlab chiziladi; 8). Cheklanma – yuqori va quyi chetga chiqishlur orasidagi algebraik farq. 9). Kvalitet - (fransuz tilidan tarjima qilsa: Qualite—sifat tushunchasi chiqadi) berilgan nominal o'lchamlar diapazonidagi doimiy nisbiy aniqlikni xarakterlaydigan cheklanmalar yig'indisidir. Yigirmata o'rtacha o'lchamga: 01; 0; 1; 2; 4;..., 17; 18 cheklanmalar yig'indisining bir – biriga to'g'ri keluvchi aniqlik darajasi mavjud. Mashinasozlik detallarida 6–:–14 gacha aniqlik kvalitetlari qo'llaniladi. Cheklanma maydoni yuqori va quyi cheklanishlar bilan chegaralanadi va grafik ko'rinishda tasvirlanadi hamda cheklanmaning o'zi cheklanma birligi i va o'lchamsiz koeffitsiyent a bilan belgilanib quyidagiga teng qilib ifodalanadi. O'tkazishlarni amaliyotda qo'llash qulay bo'lishi uchun teshik tizimi va val tizimiga bo'lingan. Nominal o'cham – o'lchamlardan chetga chiqishlarni hisoblashdagi sanoq boshi bo'lib, unga nisbatan chegara o'lchamlar hisoblanadi; Haqiqiy o'lcham – ruxsat etilgan cheklanishlarni e'tiborga olgandagi o'lcham; Haqiqiy chetga chiqish – haqiqiy va nominal o'lchamlar orasidagi algebraik farq; Chegara o'lcham – ruxsat etilgan, ikkalasining o'rtasida haqiqiy o'lcham bo'lishi ehtimoli bar, eng katta va eng kichik chekka o' lcham; Yuqori chetga chiqish – eng katta chekka va o'rtacha o'lcham orasidagi algebraik farq. Teshik uchun ES va val uchun es belgilashlar mavjud: Quyi chetga chiqish – eng kichik chekka va nominal o'lcham orasidagi algebraik farq. Teshik uchun El va val uchun ei helgilashlar mavjud Nol chiziq – o'rtacha o'lchamga to'g'ri keluvchi chiziq bo'lib, o'tqazma va cheklanmalarning grafik ko'rinishidagi tasvirlar shu chiziqdan boshlab chiziladi Cheklanma – yuqori va quyi chetga chiqishlur orasidagi algebraik farq. Kvalitet - (fransuz tilidan tarjima qilsa: Qualite—sifat tushunchasi chiqadi) berilgan nominal o'lchamlar diapazonidagi doimiy nisbiy aniqlikni xarakterlaydigan cheklanmalar yig'indisidir. bu yerda X qiymati 2,5 bilan 3,5 orasida o’zgaradi.SHu izlanishlar asosida ISO va YeSDP SEV sistemalarida 1 - 500 mm o’lchamlar uchun dopusk birligi quyidagicha qabul qilingan: 500-3150 mm va 3150-10000 mm o’lchamlari uchun zapusk birligi j=0,004D+2,1. Bu formulalardagi D - o’lchamlar intervallari chegaralarining o’rta geometrik qiymati ESDP SEV da umumiy o’lchamlar qatori 3 diapazonga bo’lingan: 1mm dan 500 mm gacha; 500 mm dan katta 3150 mmgacha; 3150 mmdan katta 10000 mmgacha. 1 mmdan kichiko’lchamlar uchunham aloxida dopusklar kiritilgan (ST SEV 144-75). Dopusklar qatorlarini qurish uchun xar bir o’lchamlar diapazoni uz navbatida bir necha intervallarga bo’lingan. Intervalga kiruvchi barcha o’lchamlar uchun dopusk qiymati bir xil bo’ladi. Detallar va maxsulotlar talab qilingan aniqlik darajasi kvalitetlar yordamida meyorlanadi. Kvalitet deganda o’lchamlar diapazonining barcha nominal o’lchamlari uchun bir xil nisbiy aniqlik bilan tavsiflanadigan dopusklar to’plami tushuniladi. Bir kvalitet doirasida aniqlik faqat nominal o’lchamga bog’liq ravishda o’zgaradi. Unda ixtieriy kvalitet dopuski T = ai deb ifodalanishi mumkin. Bu yerda dopusk birliklari soniga teng bo’lgan a koeffitsenti nisbiy aniqlik darajasini bildiradi,uning qiymati kvalitet nomeriga bog’liq. Dopusklar va o’tkazishlar tizimi tuzilganda kvalitetlar soni ishlab chiqarishning turli soќalari talablariga, maxsulotlar aniqligini oshish istiqbollariga, erishib bo’ladigan aniqlik chegarasiga, funktsional va texnologik faktorlarga va qabul qilingan geometrik progressiyani maxrajiga binoan qabul qilinadi. Bir kvalitetdan ikkinchi kvalitetga o’tganda dopusklar geometrik progressiya maxrajiga o’zgaradi. Yuqorida keltirilgan dopusk birligi formulalari 5 - 17 kvalitetlar dopusklarini aniqlash uchun ishlatiladi. SHunga e’tibor qilish kerakki,xar bir o’lchamlar intervalining chegaraviy qiymatlari bo’yichahisoblangan dopusk qiymati shu intervalni o’rta qiymati bo’yichahisoblangan dopuskdan 58% dan ko’p farq qilmaydi.O’lchamlar intervallarga shu talabga binoan taksimlangan.Bundan tashkari standartlarda keltirilgan dopusklar va og’ishlar o’lchami normal temperaturada aniqlangan detallarga tegishli.Bu temperatura barcha davlatlarda 200S deb qabul qilingan. O`tqazishlar guruhi Dopusk maydoni va o`tqazishlarni belgilanishi Dopusk maydoniga kiradigan asosiy chetga chiqishlarni shartli belgilari lotin xarflari bilan belgilanadi. Bunda teshik bosh xarf bilan, val kichik xarf bilan belgilash qabul qilingan (6.10-shakl). Asosiy chetga chiqishlarning a--h oralig’i teshik sistemasida vallarning dopusk maydonida zazor bilan: Download 451 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling