Zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Download 22.44 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi22.44 Kb.
#202390
  1   2   3   4
Bog'liq
2-kredit


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Telekommunikatsiya fakulteti

Dinshunoslik fani bo’yicha

2-KREDIT UCHUN TOPSHIRIQLAR

Bajardi: 410-20 guruh talabasi

Norbekov Ozod Shayimardon o’g’li

Tekshirdi: Sh.X.Alimova

Toshkent-2020

410-20 guruh talabasi Norbekov Ozod



1 topshiriq. Sunniylik mazhabiga doir jadvalni to'ldiring

Mazhablar

Asoschisi

Tarqalgan hududlari

Yo'nalishning maqsadi

Hanafiylik










Molikiylik










Shofeiylik










Hanbaliylik










Javobi

Mashablar

Asoschisi

Tarqalgan hududlari

Yo’nalishning maqsadlari

Hanafiylik

Hanafiylik — sunniylikvyat diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa Nuʼmon ibn Sobit (qarang Imomi Aʼzam) asos solgan.

Bu mazhab qoidalari moʻʼtadilligi, birmuncha yumshoqli-gi, qulayligi, xalqlarning mahalliy anʼanalarini eʼtiborga olganligi sababli 11-asrdan boshlab shimol va sharqqa keng yoyilgan. Kichik Osiyo, Bolqon, Shim. Kavkaz, Qora dengiz, Volga boʻyilari, Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Afgʻoniston, Hindiston va Xitoyning olis hududlariga tarqalgan. Hozirgi davrda dunyo musulmonlarining qariyb yarmi, shu jumladan, yurtimiz musulmonlari H. mazhabiga amal qilgan holda musulmonchilik qonun-qoidalarini bajarib kelmoqda.

U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa fiqhning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi.

Molikiylik

Molikiylik (arabcha: مالكي) — sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Molik Ibn Anas asos solgan

Molikiylik Madinada paydo boʻldi, Arabiston yarim oroliga, keyin Misr, Shimoliy Afrika va Andalusiyaga tarqaldi. Molik ibn Anasning „al-Muvattaʼ“ (ommaviy, barchaga tushunarli maʼnosida) asari molikiylik taʼlimotining asosiy manbai hisoblanadi.

Molikiylik tarafdorlari Muhammad paygʻambar hayotligi vaqtida ilk islomda shakllangan fiqh meʼyorlarini tan oladi, fiqhning asosiy manbai sifatida Qurʼon va sunnaga tayanadi, Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan maʼqullagan qoidalarnigina ijmo deb hisoblaydi. Shu bilan birga musulmonlarning umumiy manfaatlariga javob beruvchi shariat hukmlariga monelik qilmaydi. Hozirgi vaqtda ham bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli taʼsiri bor. U Liviyaning bir qancha jinoyat qonunlari asosini tashkil etadi.

Shofeiylik

Shofiʼiylik — sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Muhammad ibn Idris ash Shofiʼiy asos solgan.

 Sh. dastlab Suriya va Misrda shakllangan, oʻrta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya, Shim. Kavkaz, Sharqiy Afrika mamlakatlarining baʼzilarida, qisman Suriyada va jan. arab sultonliklarida eʼtiqod va ibodatga doir amallarni Sh. mazhabi boʻyicha bajaruvchi musulmonlar bor.

  • Shofiy o‘z asarlarida islom huquqini a'nanaviy normalar bilan bog‘lashga intilgan. U fiqh asoslariga to‘la ta'rif bеrgan, ijmo‘dan foydalanishga alohida e'tibor qilgan. Shofiyning asosiy asarlari shogirdlari tomonidan “Kitob al-umm” to‘plam shakliga kеltirilgan. Hozirgi vaktda Misr, Indonеziya musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba'zilarida, qisman Suriyada va janubiy arab sultonliklarida Shofiy mazhabi diniy-huquq sistеmasiga amal qiluvchilar bor.




Hanbaliylik

Mazhab asochisi Imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbaldir. Olim Bag‘dod shahrida milodiy 780-yilda tavallud topib, 855 yili vafot etga

Imom Hanbalning  faoliyati davriga kelib, ilm-fanning barcha sohalari o‘zining eng yuqori bosqichlariga ko‘tarildi. Ayniqsa, Bag‘dod shahri dunyoning yetakchi ilm markaziga aylanib ulgurdi. Kufa, Basra, Makka, Madina, Yaman, Shom, Jazoir kabi o‘nlab shaharlarga safar qilib, boshqa mazhab vakillarining yuzlab ustozlaridan tahsil oldi.

H. tizimi oʻta torligi, har qanday koʻrinishdagi "yangilik"ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qatiy turishligi bilan ajralib turadi. H. taraf-dorlari Qurʼon va hadislarni erkin talqin| etish yoʻlidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham (eu mazhab keng tarqalmagan. Faqat 9-asrning 2-yarmida arab xalifali-gida muʼtaziliylarning va ilohiyot -yeohasidagi hurfikrlilikning taʼqib ostiga olinishi tufayli H. taʼsiri birmuncha kengaygan va 12-asrda mustaqil mazhabga aylangan. 10-asrda Eron-da, 11-asrdan 15-asrgacha Suriya va Fala-stinda H. izdoshlari koʻp boʻlgan. Undan keyingi asrlarda H. tarafdorlari yana kamayib ketgan. Hozirda H. Sau-diya Arabistonda rasman eʼtirof etilgan, boshqa mamlakatlarda kam uchraydi.


Download 22.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling