Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish
Download 67.43 Kb.
|
Shaxsni idrok qilishda psixologik bilimlarning ahamyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaklni idrok qilish.
- konvergensiyasi
Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni ko‘ramiz.
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz. SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi. Shaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z “ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin? Insonning fazoni idrok qilishi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu fazoning uch o‘lchamliligi bilan bog‘liq, shuning uchun, idrok qilishga bir qator hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi analizatorlarni ishga tushirish lozim. Bunda fazoni idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin. Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va undagi har bir o‘zgarish ko‘z holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi ikkinchi vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish jismlarning ko‘rish masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Binokulyar ko‘rish – bu jismlar ko‘rish masofasini idrok qilishning shartlaridan biri. Jismlar uzoqligi va fazo chuqurligining idrokida ko‘zlarning konvergensiyasi va divergensiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki, jismlarning idrok etilishi uchun ularning tasviri chap va o‘ng ko‘zlarning to‘r pardasidagi mos nuqtalarga tushishi kerak, bu esa ikkala ko‘zning konvergensiyasisiz yoki divergensiyasisiz amalga oshmaydi. Konvergensiya deb ko‘z soqqalarining bir-biriga nisbatan qarama-qarshi aylanishi hisobiga ko‘rish chiziqlarining birlashishiga aytiladi. Masalan, bu nigohning uzoqdagi jismdan yaqindagiga o‘tishida sodir bo‘ladi. Teskari – yaqindagidan uzoqdagi jismga o‘tishida – ko‘z divergensiyasi, ya’ni, ko‘rish chiziqlarining ajralishi kuzatiladi. Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida jismlarning bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, jismlarning fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi galda , hatto, jismning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko‘ra ko‘proq muhim ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni jismlar holatiga baho bergan holda oddiy idrok etmaydi, u fazoda yo‘nalishini belgilaydi, buning uchun esa u jismlarning joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo‘lishi kerak. Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi murakkab tuzilgan vositalarni talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida ko‘rish, taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh miya po‘stlog‘ining uchlamchi sohalari yoki «to‘sish sohalari» xizmat qiladi. Download 67.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling