Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
Download 394.5 Kb.
|
Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-bob. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruv asoslari . I.1.Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Amir Temur davlati boshqaruvining asosiy yo’nalishlarini tahlil etish, har bir bo’lim va boblar yuzasidan muhim xulosalar chiqarish hamda ularni umumlashtirgan holda davlatchilikka baho berish bitruv malakaviy ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
SHuningdek, boblardagi har bir bo’limning o’ziga xosligi, ular o’rtasidagi bog’liqlik, markaziy va mahalliy hokimiyatning tashkil etishini aniqlashtirish, mudofaa, harbiy va sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va di’lomatiyaning davlatchilik asoslarini yaratishdagi muhim o’rnini tahlil etish orqali mavzuning to’laqonli ochib berilishiga erishish bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadlaridandir. Prezidentimiz Islom Karimovning tarix fani oldida turgan dolzarb masalalar to’g’risidagi fikrlari va Amir Temur haqidagi asarlari bitruv malakaviy ishi bo’yicha tadqiqotimning uslubini belgilashda asos bo’lib xizmat qildi. SHuningdek, tadqiqotda tarix fanining ilmiylik, xolislik, tanqidiy va qiyosiy tahlil usullariga tayanildi, uzviylik hamda davomiylik tamoyillariga amal qilindi. SHuningdek, bugungi kunda dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilayotgan tsivilizatsion uslubga ham tayanildi. Bitruv malakaviy ishni yozishda B.Ahmedov, A.O’rinboev, D.Yusupova, A.Ahmedov, U.Uvatov, O.Bo’riev, A. Saidov, H. Boboev va boshqa temurshunos olimlarning tadqiqotlaridagi tavsiyalardan foydalanildi. Milliy davlatchilik tariximizga bag’ishlab xorijda va yurtimizda yozilgan sharqshunos, tarixchi va huquqshunos olimlarning asarlari, Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarning materiallari, tadqiqotlardagi ilmiy-nazariy tavsiyalar malakaviy ishning ilmiy uslubini belgilashda asos bo’lib xizmat qildi. I-bob. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruv asoslari . I.1.Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari. So’hibqiron Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos hususiyatlari mavzusini o’rganishimizda va uning siyosiy mavqei haqida gagirilganda B.Ahmedov, O.Bo’riev, A.Ziyo, H.Boboev, A.Saidov, L. Keren, B. Mants va boshqa olimlarning tadqiqotlari o’zining ahamiyatliligi bilan e’tiborga loyiqdir. Bu manbalarda Amir Temur kuchli xarakter sohibi, mohir siyosatchi va lashkarboshi, ilmli inson sifatida ta’riflanadi1. Masalan, B. Mants Amir Temur o’z davrida arab-fors dunyosining eng peshqadam kishilaridan biri bo’lganligini aytib, uning turk va fors tilida ham birdek muloqot qila olishi, olimlar bilan munozaraga kira olishdek yuksak ilmi borligi, o’zi yurish qilgan yerlarni avvaldan to’liq o’rganganligi, o’z davrining mashhur olimi Ibn Xaldun bilan bo’lgan munozarasi haqida to’xtalib, ko’pincha bahs munozaralarda uning ilmi baland kelganligini aytib o’tgan. SHunga qaramay, fanda uning saltanat taraqqiyotida tutgan siyosiy mavqei to’liq ochib berilmagan. “Temur tuzuklari”da uning siyosiy mavqei haqida ba’zi ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Unda davlat boshlig’i o’zini tutishi, qanday asoslarga tayanilganda davlatni mustahkam boshqara olishi haqida ba’zi yo’riqnomalar keltirilgan. Jumladan, hukmdor o’zining qat’iy so’zi va mustaqil fikriga ega bo’lishi, masalalar yechimini to’ishdan avval yon-atrofdagi kishilarning fikrini inobatga olsa-da, so’nggi so’zni uning o’zi hal qilishi, turli gap-so’zlarga uchmasligi, barcha bilan yaxshi munosabat o’rnata bilishi kerakligi ta’kidlangan. Amir Temur mamlakatda hukmdor chiqargan buyruq va qarorlar faqat uning ixtiyorida bo’lishi kerak deb hisoblagan va o’zining boshqaruv faoliyatida bu qoidaga amal qilgan. Bizningcha, ushbu davlatchilik ta’limoti davlat hokimiyatini amalga oshirishning eng muhim usullaridandir. Hukmdor o’z siyosiy mavqeini saqlab qolishi uchun uning adolatli va komil inson bo’lishi yetarli emas, maqsadga erishish uchun uning atrofidagi mansabdorlar ham o’z kasbining ustasi, fidoyi va halol bo’lishlari kerak. Amir Temur o’zi tayinlagan vazirlar, amaldorlar va sipohiylar vositasida davlat boshqaruvini amalga oshirganligi uning eng kata yutuqlaridan biridir. Amir Temur ayniqsa, vazirlar tanlash masalasini to’g’ri hal qilishga intilgan. U podshoh “qoshida adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo’lsa, odil vazir uning chorasini to’sin. Agarda vazir zolim bo’lsa, ko’p o’tmay saltanat uyi qulaydi”1, - deb tag’lim bergan. Hukmdor davlat qudratining ramzi bo’lganligi sabab uning ozgina salbiy hatti-harakati ham ommaga tez ta’sir etadi. Uning har qanday masalada adolatli, rahmdil va mehribon bo’lishi hamda qonunlarning ijrosini ta’minlay bilishi yutuqlariga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy saboqlar shaxsan Amir Temurning o’zi va oilasi qonunlar ijrosini ta’minlashda xalqqa o’rnak bo’lganligini ko’rsatadi. Amir Temur boshidanoq boshqaruv jilovini o’z qo’lida mustahkam ushlagan bo’lsa ham hokimiyatni o’z xodimlariga bo’lib berish, ammo ularning ustidan nazorat o’rnatish yo’lidan borgan. Bundan Amir Temurning mamlakat ichkarisidagi muxolif kuchlarga nisbatan qo’llagan taktikasini anglab yetish mumkin. Uning fikriga ko’ra “saltanat ishlarini ishonchli va mo’’tabar bir necha kishiga bo’lib berish lozim. SHunda har biri o’z ishiga bog’lanib, saltanat taxtiga ko’z olaytira olmaydi”2. Har taraflama mustahkam va qudratli davlatni bar’o etish uchun albatta bilimli, yuksak ahloqiy sifatlar egasi, nozikta’b, sezgir, olg’ir, tezkor harakatlana oladigan, har qanday vaziyatlarda ham o’z maqsadini amalga oshiradigan, nizo va kamchiliklarni bartaraf eta biladigan, insonning ruhiyatini anglay oladigan, irodali va boshqaruv ilmi egasi bo’lgan kuchli shaxs davlatni boshqarishi talab etiladi. Amir Temur o’z davrining ana shu talab va ehtiyojlarga javob bera olgan davlat arbobi edi. Amir Temur davri tarixini o’rganishda Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Dnevnik puteshestviya v Samarkand ko dvoru Timura (1403-1406)” asari katta ahamiyat kasb etadi. Klavixo o’z davrining qudratli davlati sanalgan Ispaniyaning elchisi sifatida 1403–1406 yillarda Movarounnahrga kelgan. U diplomatik munosabatlarning ishtirokchisi, rasmiy vakil sifatida Movarounnahrda ko’rgan bilganlari, unga ko’rsatilgan yuksak ehtirom va boshqa tassurotlari haqida maьlumotlar qoldirgan. “Kundalik” Amir Temur davlatining kuch –qudrati, ichki va tashqi siyosati, rasmiy marosimlar, oilaviy munosabatlari, ilm – fan taraqqiyoti, urf –odatlar, me’morchilik va boshqa milliy an’analar haqida bizga ko’plab qimmatli maьlumotlarni beradi. Amir Temur davriga oid yana bir mashhur manba SHarafiddin Ali Yazdiy (1454-yilda vafot etgan) qalamiga mansub “Zafarnoma”1 hisoblanadi. Bu asar qahramonlik, yuksak optimistik ruhda yozilgan. SHarafiddin Ali Yazdiyning bu asarida Amir Temur tavallud topgan davrdan to Xalil Sulton davrigacha yuz bergan tarixiy voqealar yoritilgan. Unda ahamiyatga molik bazi to’ldirish va qo’shimchalar mavjud. Bu asar fors hokimi temuriyzoda Ibrohim Sulton rahbarligi va topshirig’i asosida 1425-yilda yozilgan. Ibrohim Sulton bu asarning haqqoniy va ishonchli chiqishida unga juda katta yordam bergan. SHuning uchun SHarafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si manbalar orasidagi eng ishonarli va haqqoniysi hisoblanadi. Ibn Arabshoh-SHihobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim (1389 - 1450)ning “Ajoyib al – maqdur fi axbori at - Taymur” (“Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”) asari Amir Temur davriga oid muhim manbalardan biri hisoblanadi. 1401 yilda Amir Temur Damashqni zabt etgan vaqtda Ibn Arabshoh 12 yoshda edi. U 1401 yilda asir sifatida Samarqandga keltirilgan, bu yerda 1408 yilgacha yashagan va o’z vataniga qaytgach 1419 yilda Amir Temur davri tarixini yozib qoldirgan. Bu asar Amir Temurga nisbatan salbiy va dushmanlik munosabatida, manba va dalillarga kam asoslanib, o’zining ichki sub’ektiv tassurot va munosabatlari asnosida yozilgan bo’lsa ham undagi baьzi salotanat tarixini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Tarixchi Amir Temurni irodasi mustahkam, qattiqqo’l va adolatli davlat rahbari ekanligi, davlatni qonunlarga asoslangan holda boshqargani, o’zi shohid bo’lgan voqealar haqida qimmatli ma’lumotlar berib o’tgan. Jumladan, u o’z kitobida: “Temur o’z g’oyibligida mamlakati va raiyasi ishlarida nelar yuz berganini surishtirib, yeru mulklari masalalarini diqqat bilan o’rgana boshladi va hokimlarga yo’l-yo’riqlar ko’rsatdi; atrof va chegaralar, tevarak-chetlar foydasi tadbirini ko’rib, kattayu kichikning g’amini yeb, boyu faqirning manfaati bilan mashg’ul bo’ldi, o’z mulohazasi taqazosiga ko’ra barcha ash’yolarni o’z o’rniga qo’yib, jami mansabu martabalar jilovini o’shanga sazovor kishilar qo’liga tutqaza boshladi. U sayyidlarni e’zozlab, karomatlar sohiblari bo’lgan avliyolarni izzatu ikromli qildi, ilmu fanni va uning ahllari hurmatini oshirib, ularga muruvvatini sochib, martabalarini ulug’ladi…”1, - kabi fikr-mulohazalarni ham keltirib o’tgan edi. Amir Temur davri davlatchilik tarixiga oid yana bir eng muhim asar “Temur tuzuklari”dir2. Asl nusxasining topilmaganligi uchun uning yozilish davri sanasi olimlar tomonidan aniqlanmagan bo’lsa-da, ammo unda tavsiflangan tarixiy jarayonlar, voqealarning aksariyati Amir Temur davrida yozilgan boshqa maьlumotlar bilan mos keladi, ba’zi qimmatli dalil va voqealar boshqa manbalarda uchramaydi. “Tuzuklar” o’zining siyosiy-falsafiy, maьnaviy-axloqiy mazmunining boyligi bilan mashhur bo’lgan va turli davrlarda ko’plab tillarga tarjima qilingan, davlat boshqaruvida undagi g’oyalardan foydalanilgan. Bizningcha, “Tuzuklar” Amir Temur davlatchilik tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi va uning mazmun-mohiyatini alohida mavzularda ochib berish dolzarb masaladir. Yuqoridagi fikr – mulohazalardan shunday xulosa qilish mumkinki, Amir Temur shaxs sifatida saltanat taraqqiyotida katta siyosiy mavqega ega bo’lgan. U qat’iyat bilan o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgan, davrining eng zukko kishilarini pirlari deb tan olgan, olimlarning yordamiga tayangan. Uning o’ziga muxolifatda bo’lgan kuchlarni yengib, sobiq dushmanlarining kuch va imkoniyatlaridan davlat taraqqiyoti yo’lida foydalangan. Moliyaviy siyosatni to’g’ri yuritgani ham uning muvaffaqiyatlariga zamin bo’lib xizmat qilgan. U kirim va chiqimlarni, sarf – xarajatlarni me’yorida olib borgan, yo’qsillarga doimiy ravishda xayr – ehsonlar in’om etib turgan, ilm – fanga homiylik qilgan. Qisqa qilib aytganda, Amir Temurning davlat rahbari sifatida o’zi tuzgan davlat taraqqiyotida bemisl o’rni bor. Ushbu saboqlar “davlat boshlig’i mukammal davlat qurishning muhim vositasi bo’lib, u davlat ijtimoiy - siyosiy organizmining yuragi hisoblangan va barcha olib borilgan islohotlar bevosita Amir Temurning rahbarlik salohiyati orqali amalga oshirilgan, bu noyob iqtidor, va fidoiylik Amir Temur siyosiy mavqeining mustahkamlanishiga zamin bo’lib xizmat qilgan”, - degan xulosaga kelishimizga asos bo’lib xizmat qiladi. Temuriylar davri mavzuida tadqiqotlar olib borgan olimlarning ma’lumotlariga tayangan holda Amir Temur davlatining paydo bo’lish shart-sharoitlari, bu davlatning o’z davridagi boshqa davlatlar boshqaruvidan farqi, yo’nalishlari, o’rta asr davlatchilik tizimidagi o’ziga xos xususiyatlar tahlil etishga va Amir Temur o’z davridagi turk-mo’g’ul, forsiy - islomiy davlat boshqaruv ag’analaridan davlat va jamiyat ravnaqi yo’lida ijobiy foydalanganligni ochib berishga harakat qilamiz. Xorijlik mualliflar T. Lents va G. Louri Sohibqiron Amir Temur saltanati nafaqat harbiy kuch bilan barqaror turganligi, balki bu davlat boshqaruvidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotdagi turk-mo’g’ul an’analarining eng maqbul va afzal jihatlarining saqlanib qolinganligi va ular o’z davridagi davlat boshqaruvining eng ilg’or tizimlaridan ekanligini alohida ta’kidlaydilar. SHuningdek, hind olimasi M. Haydar davlat boshqaruv institutlarida o’troq va ko’chmanchi aholi madaniyati aks etganligi, har ikki toifa madaniyati an’analari boshqaruvga singdirilsa-da, barcha jabhalarda turkiy davlatchilik an’analari yetakchilik qilganligi haqida asosli fikr - mulohazalar bildirib o’tgan. Amerika olimasi Beatris Mants Amir Temur hokimiyatga kelish arafasida CHig’atoy ulusining mavqei katta bo’lganligi, mintaqada mo’g’ul boshqaruvi o’rnatilganligi sababli CHig’atoy zodagonlari siyosiy va ma’muriy hokimiyatda katta rol o’ynagani, bu ang’analarning Amir Temur davrida ham saqlanib qolganligini ta’kidlab o’tgan1. Uning fikricha, fuqarolik boshqaruvida fors tili va madaniyati ang’analari ustunlik qilgan, ammo davlatni boshqarishda forsiyzabon kishilardan ko’ra turk-mo’g’ul urug’laridan bo’lgan amirlarning ta’siri kuchli bo’lgan, aksar hollarda chig’atoy amirlari ma’muriy boshqaruvga jalb etilgan. Amir Temur davlatni boshqarishda ikki toifa kishilarning - forsiy va chig’atoylarning mavqe, bilim va tajribalaridan foydalangan, ammo ularning kuch va imkoniyatlarini cheklashga, boshqa monarxlar kabi barcha sohalar ustidan nazorat o’rnatishga intilgan. Olima Amir Temurning davlat boshqaruvida turk-mo’g’ul va fors-arab an’analaridan foydalangani haqida alohida ta’kidlab o’tgan. Bizning fikrimizcha ham davlat boshqaruvida o’troq va ko’chmanchi aholining diniy, milliy, mintaqaviy, etnik qadriyatlari ifoda etilgan. Ularning manfaatlari o’rtasidagi muvofiqlik to’ilgan, bu omillar esa davlat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Saltanatda ijtimoiy sohaga katta e’tibor qaratilganligi, ijtimoiy guruhlar va ularning manfaatlari inobatga olinganligi uning o’ziga xos xususiyatlaridandir. SHuningdek, mamlakat mudofaasi, harbiy va sud-huquq tizimining kuchaytirilishi davlat barqarorligiga zamin yaratgan. SHuni alohida tag’kid etish joizki, Amir Temur o’z davlati sarhadlarini diplomatik usullar, ba’zan adolatli yurishlar evaziga kengaytirgan bo’lsa ham adolatli qonunlar, to’g’ri qo’llangan boshqaruv, ularning ijrosini ta’minlash orqali mintaqalardagi tinchlik, barqarorlik va adolatni ta’minlashga intilgan. Amir Temur davlatining ustqurmasida islom an’analari kuchaytirilgan bo’lib, u dini, irqi va millatidan qatg’iy nazar butun insoniyatning farovonligi, tinchligi, hamkorligi va do’stligi uchun xizmat qilgan. Saltanatda davlat, jamiyat, hamda fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga, barcha sohalardagi ijobiy o’zgarishlarga aynan davlat tomonidan olib borilgan siyosat bosh omil bo’lib xizmat qilgan. Ma’muriy tizimda ham ixchamlikka va samaradorlikka, xazina mablag’ini iqtisod qilishga katta e’tibor berilgan. SHuningdek, Amir Temurning maslahat va kengashlarga tayanib saltanatni boshqarishni yo’lga qo’yishi uning qudrati va barqarorligiga poydevor bo’lib xizmat qilgan. Amir Temur saltanati davlat boshqaruvida siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy tizim, ma’naviy ahloqiy omillar bir-birini to’ldirgan va uzviy bog’langan, sohalar faoliyatining muvofiqlashtirilishi milliy davlatchilik taraqqiyotiga turki bergan. Amir Temur davlatning iqtisodiy funktsiyasini to’laqonli amalga oshirishda tadbirkorlik va xalqaro savdo – sotiq ishlariga alohida e’tibor qaratgan. Bunda birinchidan, fuqarolarning moddiy ta’minoti amalga oshirilgan bo’lsa, ikkinchidan, boju xirojlar orqali saltanat iqtisodiy qudrati o’sib borgan. Amir Temur bu sohada yaxshi natijalarga erishish uchun Buyuk Ipak yo’lining xavfsizligi va bir maromda ishlashiga erishgan. Mamlakat ichki iqtisodiy hamda ijtimoiy potentsialini kuchaytirish maqsadida ijtimoiy qatlamlardan hisoblangan dehqonlar, hunarmandlar, kambag’al aholi davlat tomonidan qo’llab – quvvatlangan. Tadqiqotlar Amir Temur davlatchiligida har bir ijtimoiy tabaqalarga e’tibor qaratgani, ularning ichki o’sishiga katta imkoniyatlar yaratilganini ko’rsatadi. Sohibqironning bunyodkorlik ishlari davlat siyosati bilan bog’liq holda olib borilgan. CHunki ulug’ amir nafaqat adolat, qonunlar ustivorligini ta’minlash, balki bunyodkorlikdagi estetik imkoniyatlar ham davlat va xalq obro’-e’tiborini oshirishga xizmat qilishi, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik uyg’unlik qudratning asosi bo’lib xizmat qilishini o’z davridayoq anglab yetgan. Amir Temur ayniqsa poytaxt Samarqand shahrini o’zining ko’rki va salobati bilan ‘oytaxt talabiga javob beradigan siyosiy markazga aylantirishga harakat qilgan. U saltanat poytaxt sifatida Samarqandda bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga katta e’tibor qaratish bilan birga mamlakatning boshqa yerlarida ham shifoxona, ko’prik, madrasa, masjid, rabot va boshqa imoratlarni qurdirgan. Bunyodkorlik uning davlatchilik tizimidagi eng muhim yo’nalishlardan biridir. Darhaqiqat, Amir Temurning faoliyati nihoyatda serqirra, keng qamrovli bo’lgan. Bunyodkorlik, yaratuvchanlik uning faoliyatidagi eng muhim jihatlardan hisoblangan. Sohibqiron o’zi tug’ilib o’sgan Kesh (hozirgi SHahrisabz) shahrida va mamlakatning poytaxti bo’lmish Samarqandda bu sohada, ayniiqsa, g’oyat ulkan ishlarni amalga oshirgan. Amir Temurning Kesh shahridagi faoliyati to’g’risida Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da shunday deb yozadi: “Temurbekning zodu budi Keshdin uchun, shahar va poytaxt qilurig’a ko’p sa’y va ehtimomlar qildi, oliy imoratlar Keshta bino qildi”1. Sohibqiron bunyodkorlik ishlarini o’zi boshqarayotgan mamlakatninlaridagi boshqa shahar va qishloqlarida ham keng ko’lamda olib borganligiga guvoh bo’lish mumkin. Darhaqiqat, “Temur tuzuklari”dagi mana bu satrlar ham alohida ahamiyatga loyiqdir: “Yana amr qildimki, xarob bo’lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko’rpiklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga yangi ko’priklar qursinlar, yo’l ustida har manzilgohga rabotlar qursinlar”. Amir Temur ilm-fan, madaniyat gullab yashnadi, boy ma’naviy qadriyatlar yaratildi. Bular Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqlarining madaniy-ma’naviy taraqqiyotida asosiy yo’naliahni belgilab berdi. Mustaqil davlat davlat barpo etgach, Amir Temur uni mustahkamlash mustahkamlash bilan birga, mamlakat iqtisodiyotining yaxshilaniahi va taraqqiy etishiga, shaharlarning mustahkamlanishiga, karvon yo’llarining tiklanishiga va savdo-karvon yo’llarining kengayishiga, hunarmandchilikning, qishloq xo’jaligning taraqqiy topishiga alohida ahamiyat qaratadi. Sohibqiron davrida me’morchilik mahsus ilm darajasiga ko’tarildi. Bu davrda Temuriylar saltanati shaharlarida mahobatli binolar, saroylar, masjidu madrasalar, xonoqoyu maqbaralar, hammomlaru karvonsaroylar qad ko’tardi. Hirotda kitobat san’ati, ya’ni qo’lyozma asarlarni ko’chirib yozish va u bilan bog’liq bo’lgan hattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish), saxxovlik (muqovasozlik) san’ati yuksak darajaga ko’tarildi. Bu davr nafis kitob va hattotlik san’ati taraqqiyotida yangi bir bosqich bo’ldi. Bir necha kasb-hunar sohibining uzoq va mashaqqatli mehnati bilan bunyodga kelgan nafis kitoblar podshoh, ruhoniy, amir va boshqa kishilarning buyurtmasi bilan ishlanar va maxsus kutubxonalarda, hatto xazinalarda qimmatbaho mulk sifatida saqlanar edi. Ularni vaqti-vaqti bilan katta yig’inlarda, ziyofat-majlislarda, madrasa darslarida o’qib, mazmunini tahlil qilib, bahra olishgan, yoshlarga g’oyalari tushuntirilib, ma’naviy ozuqa sifatida singdirilgan. Amir Temur davrida asosan an’anaviy diniy maktab madrasalardan tashqari saroylarda xonzoda, bekzoda hamda amirzodalar uchun alohida maktab tipidagi o’quv muassasalari mavjud edi. Ular 4-5 yoshlaridan boshlab o’qish va yozishni podsho qissaxonlaridan olganlar. Qissaxonlar bolalarning zehnini o’stirish maqsadida o’zlari eshitgan va ko’rgan narsalari, dunyo voqealari haqida hikoya qilib berganlar. Tarixdan, san’at va adabiyotdan mazmunli qissalar so’zlab, Temur va temuriylarning davlat tuzish, uni boshqarish, xalq bilan muomalada bo’lish, chet el fuqarolari bilan diplomatik ishlar olib borish yo’llarini o’rgatgan. Shahzodalar savod chiqarganlaridan so’ng “Suluk-ul Muluk” (podsholar qo’llanmasi) ni o’rganganlar. Bu qo’llanmadan ular bo’lajak hukmdor davlatni idora qilish san’ati: odamlarni lavozimlarga tayinlash, diplomatik ishlar, moliya ishlari haqida ma’lumotlarni egallaganlar. Sohibqiron davrida tashkil qilingan va uning rahnamoligida tuzilgan davlat ta’lim tizimidagi oilaviy shahzoda va xonzodalar maktabi, shahar va qishloqlardagi maktablar, madrasalarning barchasi xalqning ma’naviy yuksalishini, ilm-fan egallab, davlatning madaniy-iqtisodiy tomonidan ravnaq topishini va shu orqali katta sivilizatsiya barpo etib, jahon madaniyati taraqqiyotiga hissa qo’shishni nazarda tutgan edi. Bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy shart-sharoitlar yaratilishi bilan Eron, Arab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar bilan ancha tiklangan. Bu Amir Temur saltanatining umumiy madaniy yuksalishiga yordam berdi. Download 394.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling