Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти


Download 394.5 Kb.
bet5/11
Sana04.05.2023
Hajmi394.5 Kb.
#1424318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi

Devoni a’loning boshlig’i sohibi devon deb atalgan. Bu oliy mansabga chig’atoylar zodagonlari orasidan qo’yilgan.
B.Mants “yarg’uchi” mansabi shoh xonadoni va chig’atoy zodagonlarini sud qilishga mo’ljallangan oliy tribunal sudi, devoni buzurgning oliy mansabdori degan fikrlarni ilgari suradi.
Markaziy mahkamaning eng oliy mansablaridan biri vazirlar saltanatning muhim sohalarini boshqargan.
podshoh va davlat xazinasi (hazonayi omira)ni tasarruf etib turuvchi mansabdor hazinador (xozin)2 deb atalgan.
Markaziy hokimiyatda muhrdor lavozimi katta ahamiyatga ega bo’lib, u davlat hujjatlariga muhr qo’yish ishiga masg’ul bo’lgan. Muhrdor lavozimiga hukmdorning eng yaqin kishilari orasidan tayinlangan. “Mu’izz al-ansab” da Amir Temurning Iki Temur, SHayx Muhammad, Abdulloh ‘arvonachi kabi muhrdorlari bo’lganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Podshoh huzuriga arz-dod bilan keluvchilar arzbegi deb atalgan3.
SHiqovul Amir Temur saroyida elchilik va di’lomatiya ishlari bilan mashg’ul bo’lgan.
Tavochi (adyutant) mansabi saroydagi oliy martabalardan biri hisoblangan. Ular qurultoyga davlatning turli o’lkalaridan shahzoda va boshqa mahalliy boshliqlarni yig’ish, yurishlar oldidan lashkar to’plash, janglar vaqtida vafot etgan harbiylarning hisobini olish va boshqa mas’uliyatli ishlar bilan ham mashg’ul bo’lishgan.
“Mu’izz al -ansab”da Amir Temur saltanatida CHoku Barlos, Burunduq Barlos, Ali Sulton Nayman, Ardasher Qavchin, Muborakshoh Barlos, SHamsiddin Abbos, Olim-SHayx, Inoq Xumori Qavchin, Jahon-shoh Barlos, Iskandar Durbat, Ulayfa Qavchin, Bustari, Bo’ri Sulduz, Xudoydod Xitoy, Luqmon Xorazmiy, Muhammad al-Buqra, Yusuf Jalil kabi tavochilari bo’lganligi haqida mag’lumot berib o’tilgan.
Saroyda qushbegi, tarxon, no’yon, otaliq, ‘arvonachi, baxshiy, bitikchi, munshiy, kotib kabi ko’plab mansab va unvonlar ham bo’lgan.
Amir Temur saltanatida SHeroz, Isfahon, Yazd, Hirot, Samarqand kabi shaharlarda mahalliy devonlar mavjud bo’lib, devon boshliqlari Sohibi devon deb atalgan.
Mahalliy boshqaruvda dorug’alar katta rol o’ynaganlar. Ular tuman, shahar yoki viloyat hokimi, soqchilar boshlig’i kabi ko’’lab vakolatli ishlarni bajargan. Dorug’alar kopincha chegara viloyatlarga ham tayinlangan. Raiyatni ro’yxatga olish, askar to’plash, soliqlarni yig’ish va podshoh saroyiga yetkazish, mahalliy hukmdorlarni nazorat qilish ishlari ham ular zimmasida bo’lgan.
Muhossil Amir Temur saltanatidagi eng nufuzli mansablardan hisoblangan. Muhossillar mansabiga ham tamg’a zodagonlari orasidan qo’yilgan bo’lib moli omon, qaram yerlardan xiroj solig’ini yig’ishga mas’ul bo’lganlar.
Tamg’achilar savdo-sotiqdan va bojxona xizmati orqali keladigan tushumlarni yig’ish ishlariga masg’ul bo’lgan.
Har bir viloyat va shaharda adliya boshqarmasi boshlig’i adolat amiri, ma’naviyat va shariat qonunlarining ijrosini tekshiruvchi mustovfiy, kutvol (qal’a komendanti), jarchi, juybon, kalontar kabi ko’plab mansab va unvonlar mavjud bo’lgan.
Saltanatda sud-huquq tizimiga oid vazifalar ixtisoslashgan bo’lib, ularning ichida qozilik mansabi eng nufuzli va mas’uliyatli vazifalardan biri bo’lgan. Qozilar davlatning sud, huquq-tartibot ishlarini muvofiqlashtirishda muhim rol o’ynaganlar. Ularning oliy qozisi qozikalon deb atalgan.
CHig’atoy amirlari va shahzodalarning qonunga xilof ishlarini ko’ruvchi amaldor yarg’uchi deb atalgan. U oliy tribunal sudida faoliyat yuritgan.
B. Ahmedov dunyoviy masalalar bilan shug’ullanuvchi qozilar ahdos qozisi, shariat ishlari bilan shug’ullanuvchi qozilar shariat qozisi, si’ohiylar o’rtasidagi kelishmovchilik va tortishuvlarni hal etuvchi qozilarni - qozi askar deb atagan1.
Bu davrda huquq tartibot idoralari ixtisoslashgan. SHulardan biri asaslar dir. Ular tunda fuqarolarning tinchlik-xotirjamligini saqlashga masg’ul bo’lganlar.
Fuqarolardan tushgan arz - dodlarni qabul qiladigan va mag’muriyatga yetkazadigan mansabdor dodhoh deb atalgan.
Soliq yig’uvchi, yasoni amalga oshiruvchi mansabdor yosoqiy bo’lib, ular sarboz ham deyilgan. Soliq yig’ish ishlari ulardan tadbirkorlik va adolat bilan ish tutish, xalq va davlat manfaatlarini tenglashtirishni talab etgan.
politsiya mahkamasi yasag’liq2 deb atalgan. Tungi soqchilar pos (yoki posbon) deb nomlangan.
Saltanatda musulmonlar peshvosi shayxulislom deb atalgan. Uning siyosiy nufuzi baland bo’lib, davlat ma’naviy hayotida muhim rol o’ynagan.
Saroydagi eng katta diniy lavozimlardan biri a’lam deyilgan. Ular shariat qonunlariga oid masalalarda bosh hukmdorga maslahatchilik ham qilishgan3.
Amir Temur saltanatida payg’ambar Muhammad s.a.v.ning avlodlari sanalgan sayyidlarning obro’si kuchli bo’lgan.
Vaqf yerlarni boshqarish kabi muhim ishlarni olib borgan mansabdor sadr deb atalgan. Ular sadri a’zamga bo’ysunganlar.
Diniy idoralarga tegishli imom xatiblar, faqixlar, vo’izlar, mudarrislar, shayx kabi ko’’lab mansab va unvonlar ham mavjud bo’lgan.
Mavzuni tadqiq qilish jarayonida Sohibqiron Amir Temur davrida mamlakatning ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlari to’g’risida ham qisqacha to’xtalib o’tishni joiz deb topdik.
Bu davrda Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o’nlab sug’orish tarmoqlari qurilib, dehqonchilik maydonlari kengaytiriladi. Yangidan yangi qishloqlar barpo qilinadi. Ibn Arabshohning ma’lumot berishicha, Amir Temur o’z davlatining poytaxti bo’lgan Samarqand atrofida qad ko’targan bir qancha yangi qishloqlarni SHarqning Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag’dod, Sultoniya va SHeroz kabi mashhur shaharlari nomlari bilan atadi. CHunki Samarqand kattaligi, go’zalligi hamda tevarak – atrofning obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng shaharlardan ham ustunroq turmog’i lozim edi.
Shuningdek, bu davrda Movarounnahr shaharlarida, ayniqsa uning poytaxtida savdo va hunarmandchilik g’oyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. SHahar bilan dehqonchilik vohalari va chorvador ko’chmanchi aholi o’rtasida savdo aloqalari kengayadi. SHaharlar mol ayirboshlash savdosida muhim rol o’ynaydi. Bu paytlarda Samarqandda savdo va hunarmandchilik juda ham rivojlanganligi Ispaniya qirolining elchisi Klavixoni judayam hayratda qoldirgan edi. Klavixo o’zining kundaligida, bu shaharda oldi-sotdi uchun qulay maxsus savdo rastasining mavjud emasligi tufayli, Sohibqiron shahar bo’ylab katta ko’cha soldirishni, uning ikki tomonida mol sotish uchun rasta va do’konlar qurishni buyuradi. Bunday katta qurilishni yigirma kundan uzoqroq muddatda amalga oshirilgani shubhasiz kishini hayratga soladi, deb keltiradi1.
Amir Temur davlatning iqtisodiy funktsiyasini to’laqonli amalga oshirishda tadbirkorlik va xalqaro savdo – sotiq ishlariga alohida e’tibor qaratgan. Bunda birinchidan, fuqarolarning moddiy ta’minoti amalga oshirilgan bo’lsa, ikkinchidan, boju xirojlar orqali saltanat iqtisodiy qudrati o’sib borgan. Amir Temur bu sohada yaxshi natijalarga erishish uchun Buyuk Ipak yo’lining xavfsizligi va bir maromda ishlashiga erishgan.
Amir Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyati tarixida alohida o‘rin tutadi. Bu davrdagi madaniy yutuqlar umumbashariy sivilizatsiya (tamaddun) darajasida bo‘lgan. Madaniyat tarixidagi ushbu mumtoz davrda o‘zbek madaniyatining shakllanishi, bu davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir. Xususan, me’morchilik, ilm-fan, adabiyot, san’at, hunarmandchilik ravnaq topdi. Mamlakat va jumladan yirik shaharlar Samarqand, SHahrisabz, Buxoro, Termiz, Toshkent va Hirotning obodonchiligi, madaniy ravnaqi yo‘lida Movarounnahr va O‘rta SHarq mamlakatlari, Hindistondan ko‘plab fan va san’at ahllari, hunarmand, me’mor va musavvirlar jam bo‘lgan. Ularning sa’y-harakati bilan SHohizindadagi bir guruh me’moriy yodgorliklar, Bibixonim masjidi, Dor us-siyodat (Kesh), Turkistondagi Ahmad YAssaviy maqbarasi kabilar barpo etildi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, Amir Temur va temuriylardan SHohruh, Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Abu Said Mirzo va boshqalar madaniyat, adabiyot, naqqoshlik, me’morlik rivojiga katta e’tibor berdilar va ularga homiylik qildilar.
Sohibqiron davrida saltanatda juda katta obodonchilik ishlari olib borilgan. Bunga Samarqand, SHahrisabz va boshqa joylarda qurilgan me’moriy majmualar, Samarqand atrofidagi dunyoning yirik shaharlari nomi bilan atalgan Damashq, Misr, Bag‘dod, Sultoniya, Forish, SHeroz kabi qishloqlarni ko‘rsatib o‘tish joizdir.
Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq!” degan yozuv Amir Temur saltanatining siyosiy maqsadini ham anglatar edi. CHunki barpo etilayotgan inshootlarning ulug‘vorligi siyosiy vazifalardan biri edi.
Sohibqiron o‘z hukmronligining dastlabki yillaridanoq poytaxt shahar Samarqandni jahonning eng obod, betakror go‘zal va betimsol shaharlardan biriga aylantirishga astoydil kirishgan edi. Uning farmoni bilan hisor, qala, ulug‘vor inshootlar va tillakor saroylar bunyod etilgan. Amur Temur davrida Samarqand Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib (1371), hisor deb ataldi. Hisor 500 gektardan iborat bo‘lib, devor bilan o‘ralgan. SHaharga oltita darvozadan kirilgan.
Bu ishni avvalo CHingizxon (Temuchin) boshchiligidagi bosqinchi mo‘g‘ullar (1220) istilosi tufayli vayron qilingan shahar mudofaa devorlarini qayta tiklashdan boshladi. Buzilib yotgan suv inshootlarini, jumladan, “Juyi Arziz” (Qo‘rg‘oshin ariq) arig‘ini qayta tiklab, suvsiz qolgan shahar mahallalarini Zarafshon daryosidan suv keltirib, uni obodonlashtirish ishiga astoydil kirishdi va u o‘z saltanatining qo‘rg‘oni – ark-qal’a, uning bilan bog‘liq betakror go‘zal binolarni qurdirdi. O‘sha yillari bunyod etilgan uning qarorgohlari – Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar shaharning betakror ko‘rkiga aylandi. SHuningdek, qal’a devorlari ichki maydonida masjid, ulkan kutubxona, shohona uy-joylar, saltanat taxti, aslahasozlik singari qator binolar qurildi. Umuman olganda, Samarqand shahri Amir Temur davrida o‘zining qadimgi o‘rni Afrosiyobdan bir muncha janubroqda butunlay yangitdan qurildi. SHahar atrofi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, SHayxzoda, CHorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o‘rnatildi. SHahar tobora obodonlasha bordi, aholi uchun bir necha hammomlar qurildi, qulay va gavjum 5 ta bozor harakatda bo‘lgan. Tarixchi sayyoh Ibn Holdunning qayd etishicha, Samarqandda “oqar suv kirmagan biror bir ko‘cha, biror bir hovli yo‘q edi, faqat ba’zi bir uylargina bog‘siz edi”. Kishilar ko‘chalar ariqlaridan oqib o‘tadigan toza zilol suvlardan ichimlik suvi o‘rnida foydalanganlar.
Amir Temur mashhur SHohizinda qabristonini obodonlashtirishda qator savobli ishlarni qildi. Avvalambor, u bu erdagi dahmalarning eng qadimgisi qusam Ibn Abbos maqbarasini ta’mirdan chiqardi. Qusam Ibn Abbos Payg‘ambarimiz Muhammadning amakivachchasi bo‘lib, aytishlaricha, u 676-yilda arab istilochilari bilan birga Islom dinini yoyish maqsadida Samarqandga kelgan. Go‘yoki u namoz o‘qib o‘tirgan paytida kofirlar tomonidan o‘ldirilgan va shu erga dafn qilingan. Amir Temur ana shu qabr ustiga yangi maqbara o‘rnattirdi. Bu daxma har tomonlama bezatilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyo o‘sha davr me’morchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. SHohizinda majmuasi aslida Amir Temur va Temuriylar tomonidan qurdirilgan 20 dan ortiq maqbaralardan iborat. Bu erda Amir Temurning hayotligida qurilgan maqbaralardan biri Turkon Og‘a maqbarasi bo‘lib, u Temurning opasi bo‘lgan. Maqbaraga 137-yilda vafot etgan Turkon Og‘aning qizi, so‘ngra 1383-yilda vafot etgan Turkon Og‘aning o‘zi ham dafn qilingan. Bu erda 1376-yilda Amir Temur sarkardalaridan biri Amir Husaynning onasi Tug‘li Tekin, 1385-yilda Amir Temurning singlisi SHirinbeka Og‘a maqbaralari ham qurilib obodonlashtirilgan. Amir Temurning bevosita homiyligida qurilgan madrasalardan biri Mahmud Sulton nomi bilan tarixda ma’lum. Madrasa 1401-yilga qadar qurilgan edi. Bu madrasa amir va amaldorlar xonadonlarining farzandlarini, davlat ma’muriyati va harbiy boshqaruv uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarga ta’lim-tarbiya berishga mo‘ljallangan edi.
Amir Temur boshqaruvi yillari qurilgan mashhur tarixiy obidalardan yana biri – Go‘ri Amir maqbara majmuasidir1. Aslida Temur uni sevikli nabirasi (Jahongir Mirzoning o‘g‘li) Muhammad Sultonga atab 1404 yili harbiy yurishdan qaytgach qurdirgan edi. Maqbara tez fursatda bitkazilgan. Bu betimsol ajoyib maqbarani qurgan kishi –Usto Ibn Isfaxoniy edi. Amir Temur Xitoy tomon harbiy yurish vaqtida kasallanib vafot etgandan so‘ng uning o‘zi ham shu erga dafn qilindi va maqbara Amir Temur nomini olgan holda, keyinchalik bu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanib, bu erda Muhammad Sulton, Amir Temurdan tashqari uning o‘g‘illari Umarshayx, SHohrux va Mironshox, nabirasi Mirzo Ulugbek hamda Amir Temurning piri Said Barakaning sag‘analari qo‘yilgan. Tarixdan ma’lumki, dafinalar ustiga maqbaralar qurish IX asrdan boshlab odat tusiga aylangan bo‘lib, Temuriylar davrida bu soha yanada rivojlandi. Hashamatli binolar, bog‘lar loyihasini tuzgan me’morlar, naqqoshlarni Amir Temur o‘z tuzuklarida bemorlarga shifo beradigan tabiblarga tenglashtirgan.
SHu bilan birga Amir Temur o‘z e’tiborini ona shahri Keshga ham qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. SHuni aytish lozimki, Amir Temur o‘z saltanatining dastlabki yillarida Kesh shahrini mamlakat poytaxtiga aylantirish niyatida bo‘lib, uning obodonlashishiga katta e’tibor berdi. Bu erda mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi. Xullas, u Keshni Movarounnahrning muntazam madaniy markaziga aylantirishga jiddiy e’tiborini qaratgan edi. SHu boisdan bu shahar “Qubbat ul-ilm val-adabi” unvoniga sazovor bo‘lgan edi. SHu bilan bir davrda saltanat poytaxti Samarqandning gullab yashnashiga katta e’tibor berdi. SHaharning bunyodkorlik ishlarida Isfaxon, SHeroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining eng qobiliyatli me’moru binokorlari qo‘li bilan muhtasham saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar va boshqa binolar qurildi. Amir Temur muhtasham binolar qurish bilan birga, ayniqsa, ta’lim dargohlarini yaratish sohasiga alohida ahamiyat bilan qaradi.
Amir Temur farmoni tufayli 1399 yilda Bibixonim nomi bilan mashhur yirik jome’ masjidi – madrasa qurilishi boshlanib, 1404 yili bitkazildi.
1404 yilning kuzida Temur harbiy yurishdan qaytgach, madrasa va jome’ masjidini tomosha qilar ekan, bu inshootlarning yanada barkamol, qudratli ko‘rinishini ta’minlash maqsadida u o‘zining bir necha takliflarini kiritgan holda jome’ masjidi peshtoqi qaytadan baland qilib quriladi. SHu tariqa jome’ masjidi Samarqanddagi eng hashamatli va go‘zal binoga aylantirildi. Bu bino boshqalardan farqli o‘laroq, o‘ymakor marmardan ishlangan 480 pillapoya ustunlari, hashamatli baland ravoqli darvoza, bahaybat gumbazi, go‘zal bezaklari bilan alohida ajralib turadi. Amir Temur o‘z saltanati yillari nafaqat Samarqand va uning bilan bog‘liq muzofotlarda, shuningdek, o‘zi qo‘lga kiritgan mamlakatlarda ham katta bunyodkorlik ishlarini olib bordi. SHu maqsadda Hindiston, SHeroz, Isfaxon va Damashqning mashhur usta hunarmandlari ishtirokida mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilindi.
Bu davrda Movarounnahr shaharlari qurilishida mudofaa devorlari, shoh ko‘chalarni tartibga solish, me’moriy majmualarni qurish avj olgan. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan “shahriston”dan birmuncha farq qiluvchi “hisor” qurilishini Samarqand va SHahrisabzda kuzatish mumkin. Amir Temur davrida Kesh (SHahrisabz) shahar qurilishi yakunlandi. Hisorning janubi-g‘arbida hukumat saroyi – Oqsaroy va atrofida rabotlar qurildi, bog‘-rog‘lar barpo etildi.
Sohibqiron Amir Temur umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning “qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim” yoki “kasbu-hunar va ma’rifat ahillariga... saltanat korxonalaridan yumush berilsin... bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbu koriga qarab ish tutsinlar... sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan etarli miqdorda oltin berilsin... dehqonchilik qilishga qurbi etmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asbob tayyorlab berilsin... Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi etmasa, kerakli uskunalarni etkazib berib, unga yordam berilsin”, degan so‘zlari buning isbotidir.
Amir Temur davrida tuzilishi va miqyosi bo‘yicha ulkan inshoot – Turkiston shahrida Axmad YAssaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon SHarqining me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.
Qadamjolar me’morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Amir Temur Buxoroda CHashmai Ayyub yodgorligini qurdiradi (1380). SHuningdek, Sohibqiron SHahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun hazira – “Dor ul-Siyodat” (“Sayidlar uyi”) (1379-1380) xilxonasini, o‘g‘li Jahongir vafot etgach, SHahrisabzda Jahongir Mirzo maqbarasi (Hazrati Imom maqbarasi) ni qurdirgan. Unda Xorazm me’morchiligi an’analarini ko‘rish mumkin. CHunki, Amir Temur Xorazmni Movarounnahr hududiga qayta qo‘shib olgach, u erdagi me’mor va ustalarni avval SHahrisabzga, so‘ngra Samarqandga ko‘chirtirgan.
SHuningdek, shahar tashqarisida Amir Temur o‘n ikkita bog‘ bunyod ettirgan bo‘lib, ularning har biri o‘z nomi, katta-kichikligi, vazifasi, obodonlashtirilganligi bilan alohida ajralib turgan. Bu bog‘larda uyushtirilgan qabul marosimlari va to‘ylar R.G.Klavixo va SHarafiddin Ali YAzdiylar tomonidan yozib qoldirilgan.
Kastiliyalik Ryui Gonzales de Klavixo XV asrning boshida elchi sifatida kelib Zarafshon daryosi qirg‘oqlarida, Samarqand shahri mudofaa devorlarining atrofida hashamatli binolarni, shahar va qishloqlarni, hunarmandchilik ustaxonalarini, savdo rastalari, umuman bayramona manzarani tasvirlagan. “Butun shahar bog‘lar va uzumzorlar bilan o‘ralgan, ular ba’zi joylarda bir yarim, ba’zi joylarda ikki chaqirim uzunlikda. SHahar esa ularni o‘rtasida joylashgan. Bog‘ va uzumzorlar shunchalik ko‘pki, unga yaqinlasha borgan sari baland daraxtli butun bir o‘rmonga o‘xshaydi, uning o‘rtasida esa shahar joylashgan.
SHahar va bog‘lar o‘rtasida ko‘plab sug‘orish kanallari qurilgan. Bu bog‘larda ko‘plab qovunlar va paxta etishtiriladi. Bu erni noni mo‘l-ko‘l bo‘lganidek vinosi va go‘shti ham, meva va parandalari ham serob... Bu shahar shunchalik to‘kin-sochin va boyki, hayratlanasan kishi. Bu erni boyligi faqat oziq-ovqat maxsulotlari bilan emas, balkim shoyi matolari bilan..., jun va shoyi astarlari bilan, upa-eliklari bilan, oltin va lazurit (ko‘m-ko‘k) ranglari bilan ham boydir”.
Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim soha – hunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davrida tog‘-kon ishlari yo‘lga qo‘yilib, turli ma’danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi. Hunarmandchilikka katta e’tibor tufayli shaharlarda maxsus gilamdo‘zlar, sandiqchilar, shishasozlar, egarchilar, zargarlar mahallalari ko‘paydi, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik, me’morchilik sohalari asosiy o‘rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, SHohruhiya, Termiz, SHahrisabz, Qarshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahallalari vujudga kelib, bu shaharlar savdo va madaniyat markazlariga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar – atlas, kimxob, banoras, duxoba, horo, debo kabi gazmollar to‘qilgan bo‘lib, ular mahalliy va xorijiy savdogarlar tomonidan xarid qilinar edi.
Temur tantanali bayram uyushtirganda, shaharning savdogar va hunarmandlari savdo-sotiq uchun to‘planishardi – “shaharda mavjud bo‘lgan hamma hunarmandlar: mato va marvarid sotuvchilar, sarroflar (pul almashlovchilar), turli xil narsalarni sotuvchilar, oshpazlar, qassoblar, novvoylar, kiyim tikuvchilar, etikdo‘zlar va hamma hunarmandlar o‘z chodirlarini qo‘yib mahsulotlarini sotar edilar.
Bularning hammasi mamlakat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga yordam beradi. Kulolchilik va shishasozlik, metallurgiya va metalni qayta ishlash, qurol-aslaha tayyorlash, mudofaa yarog‘-aslahalari, ot abzali va boshqa o‘sha davrda qo‘shin ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarish rivojlangan.
SHoyi, jun va paxta matolari, parcha, zardo‘zlik buyumlari, teridan turli xil buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarilgan. Teridan kiyim-kechak va odam tanasini jang paytida himoya qiladigan sovutlardan tortib, badiiylashtirilgan qo‘lyozmalargacha ishlab chiqilgan.
XIV-XV asrda metall buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, asbob-uskuna, qurol-yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Ustalarni, ayniqsa, qurolsoz ustalarni Amir Temur o‘zining tuzuklarida xabar berishicha, alohida e’tibor bilan o‘z saroyiga taklif qilar edi. U shunday deb yozgan “tinchlik va urush vaqtida qo‘shin uchun qurol-yaroqlarni soz holatda va yaxshi tartibda saqlash kerak”. Samarqand qurolsozlik markaziga aylanib, shaharda maxsus sovutsozlar mahallasi vujudga kelgan. SHaharlarda mis va jezdan buyumlar va tanga pullar zarb qilingan. Amir Temur farmoni bilan usta Izziddin bin Tojiddin Isfaxoniy Ahmad YAssaviy maqbarasi uchun yasagan shamdon, Abdulaziz bin SHarofuddin Tabriziy quygan ulkan jez qozon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi bilan hallash kabi murakkab ishlarni bajarganlar.
Samarqanddagi Bibixonim masjidi eshiklari etti xil metall qotishma (haftjo‘sh)dan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan. Amir Temur davrida qurilgan SHirinbeka og‘a, Bibixonim, Tu­man og‘a obidalarida naqqoshlik va hattotlik bilan birga tas­viriy lavhalar ham mavjuddir. SHirinbeka og‘a maqbarasida rangli tasvir ko‘p bo‘lsa, qolgan ikki bino devorlarida oq va moviy rangdagi islimiy naqshlar tasvirlanadi1.
Amir Temur davrida Samarqandda minatyura maktabi tashkil topdi, Xoja Abdulhay Naqqosh bu davrning etakchi rassomi edi. Hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko‘chirilgan xomaki minatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, ular alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg‘unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o‘z o‘rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.
Samarqandning Bog‘i SHamolidagi Sohibqiron qurdirgan saroy rasmlarini chizgan Pirsaid Ahmad tengi yo‘q musavvir bo‘lgan, uning san’atidan hatto SHarqning buyuk rassomi Moniy ham uyalar edi, deb yozadilar. Zahiriddin Bobur esa Dilkusho bog‘i saroyidagi rasmlarda Temurning Hindiston safari tasvirlanganini hikoya qiladi.
Kulolchilik sertarmoq soha bo‘lgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol buyumlar yuksak badiiy rang-barang shakli va sifati bilan ajralib turgan. Toshtaroshlikda naqsh, hattotlik keng qo‘llanila boshlangan. Binokorlikda g‘isht teruvchilar “banno”, peshtoq, ravoq hamda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi pardozchilar “ustod” deb atalgan.
Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyum­lar yasalgan. Qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. YOg‘och o‘ymakorligida naqshinkor eshiklar, panjaralar, ustunlar, darvozalar qurilgan va turli buyumlar, jihozlar yasalgan. Samarqand qog‘ozi hatto chet o‘lkalarda ham mashhur bo‘lgan. Tarixchi Ibn Arabshoh SHamsiddin Munshiyning xat yozishdagi mahoratini Amir Temur nayzasi tig‘ining o‘tkirligi bilan tenglashtirgan.
Bu davrda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona boshlig‘i “usta”, yordamchi va shogirdni “xalfa” deb yuritilgan. Hunarmandlar shaharning madaniyatli tabaqasiga mansub hisoblangan.
Amir Temur davlati Xitoy, Tibet, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borgan. CHet davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temurning “dunyo savdo ahli ila obod bo‘lajak” degan fikri davlatning tashqi siyosati ko‘lamini, undan xalqlar bahramand bo‘lishini anglatib turibdi. Prezident I.Karimov asarlarida ta’kidlaganidek “XXI asr bo‘sag‘asida siz bilan biz xalqaro miqyosda adolatli tarzda yaratmoqchi bo‘lgan integratsiya makoni haqida Amir Temur bundan 600 yil burun bosh qotirgan va shu yo‘lda siyosat yuritgan. U barpo etgan yagona iqtisodiy – savdo maydonida bugungi kun uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bo‘lgan vaziyat mavjud edi”.
Amir Temur yirik shaharlarda savdo rastalari, bozor va yo‘llar qurdirdi, savdo yo‘llarida karvonsaroylarni ko‘paytirdi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo-hunarmandchilik inshootlari qad rostladi. Samarqandning markaziy qismi bo‘ylab o‘tgan keng ko‘chaning ikki tomoniga savdo do‘konlari (rastasi) joylashtirilgan. Sa­marqand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ixtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi bo‘lishi bilan birga hunarmandchilik ishlab chiqarishi joyi ham bo‘lgan. SHuningdek, bozorlarda qo‘lyozma kitoblar, yozuv qog‘ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozib beruvchi mirzalar xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan (Toqi zargaron, Toqi telpakfurushon kabi). Bozorlarda adabiyot, she’riyat, ilm-fan haqida suhbatlar tashkil etilgan, farmonlar e’lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda ko‘rsatilgan, masjid, madrasa, hammom bozorga yaqin joyga qurilgan.
Amir Temur davrida karvon yo‘llarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari uchun dam olish, otlarni almashtirish joylari – yomlar, rabotlar, sardobalar qurilgan.
XIV-XV asr oxirlarida Movarounnahr ko‘p mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, ba’zan siyosiy va harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan karvon yo‘llari bilan bog‘langan edi. Bu yo‘llar xalq turmush tarzi, diniy, iqtisodiy, ma’naviy va moddiy madaniyati jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mamlakatlarning o‘zaro aloqasini rivojlantirishga imkon yaratdi. Karvon yo‘llari savdo, diplomatik munosabatlar borasidagi amaliy vazifasidan tashqari, ayni vaqtda mamlakatlar va xalqlarning o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qildi. Temurning asosiy maqsadi SHarq va G‘arb mamlakatlari bilan teng huquqli savdo aloqalarini rivojlantirish bo‘lgan. Buni savdo aloqalarini o‘rnatish uchun maxsus elchilarni kelishidan, Temurning Evropa davlatlari, jumladan Ispaniya va Angliya davlat rahbarlariga yozgan xatlaridan bilish mumkin. U turli davlatlardan kelgan va turli sohalarga doir sayohatchilarni qo‘llab-quvvatlagan, ularga yordam qo‘lini cho‘zgan va boshqa davlatlarga savdo karvonlarini jo‘natgan. Bundan faqat iqtisodiy maqsadlar emas, balki, ularning urf-odatlarini, xalqning ahvolini, hukmdorlarning o‘z fuqarolariga munosabatini va qonun-qoidalarini o‘rganish maqsadi ham bo‘lgan. Dadil aytish mumkinki, bu davrda Buyuk Ipak yo‘li tiklanib, mintaqalarning madaniy taraqqiyoti uchun xizmat qildi.



Download 394.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling