Zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi fizika-texnika instituti
Download 22.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqO\'quv dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy kotib: f-m.f.d., prof. N.Sh. Saidxonov
- NAZARIY-METODOLOGIK KURSNI O‘ZLASHTIRISHGA QO‘YILGAN TALABLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI / «Tasdiqlayman» / Fizika-texnika instituti direktori _______________ X.K. Olimov “____”______________ 2023-yil 04.01.10 - Yarim o‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha nazariy va uslubiy kursning O‘QUV DASTURI Ilmiy kotib: f-m.f.d., prof. N.Sh. Saidxonov Toshkent-2023 NAZARIY-METODOLOGIK KURSNI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI Ushbu nazariy-metodologik kursning maqsadi tayanch doktorantning yarim o‘tkazgichlar va yarim o‘tkazgichli qurilmalarning zamonaviy fizikasi fanidan bilimini chuqurlashtirish, unda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, jumladan ilmiy yondashuv va uslublarni qo‘llash masalalari bo‘yicha tizimli bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, nazariy-metodologik o‘quv kursi quyidagi vazifalarni belgilaydi: -ilmiy faoliyat toʼgʼrisida tayanch doktorantda tizimli yondashuvga asoslangan holda to‘liq va mukammal bilimlarni shakllantirishga erishish; -tayanch doktorantda Yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi eng zamonaviy nazariy bilimlar bilan tanishtirish; -tayanch doktorantda ilmiy faoliyatni tashkillashtirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. NAZARIY-METODOLOGIK KURSNI O‘ZLASHTIRISHGA QO‘YILGAN TALABLAR Kursni oʼzlashtirish natijasida tayanch doktorantdan: -yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi eng zamonaviy nazariy bilimlar, yarim o‘tkazgichli asboblarni olish texnologiyalari, ularni ishlash prinsiplari haqida tasavvur va chuqur bilimga ega bo‘lishi; -ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, ilmiy faoliyatning zamonaviy usul va uslublarini qo‘llash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; -olingan eksperimental ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va izohlashning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llay olish bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi; -mustaqil ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatda egallash va ulardan foydalanish, o‘z ilmiy kompetensiyalarini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; -ilmiy hujjatlarni (dissertatsiyalar, ma’ruzalar, taqrizlar, avtoreferatlar, annotatsiyalar, ma’ruzalar, maqolalar), bibliografiya va adabiyotlar ro’yxatini tuzish va loyihalash usullari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Download 22.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling