Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги


Download 0.72 Mb.
bet44/47
Sana13.09.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1676963
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)

Referat rejasini tuzish
Talaba berilgan mavzu yuzasidan ilmiy-metodik adabiyotlar bilan tanishib chiqqach, mavzu va uning o'rganilganlik darajasi to'g'risida umumiy tasavvurga ega bo'ladi. Shunga ko'ra u ishda nimalarni yoritib berish mumkinligi to'g'risida bosh qotiradi. Mustaqil tarzda reja tuzish talabadan ilmiy manbalardan olgan ma'lumotlarini umumlashtirish va asosli xulosalar asosida qat'iy qaror qabul qilishni talab etadi. Tuzilgan rejaning har bir bandi shu bo'limda o'z ifodasini topgan fikrlar tizimining nomi, ya'ni "sarlavhasi"dir. Shunga ko'ra uning aniq va qisqa bo'lishiga, butun bo'limning umumiy mazmunini qamrab olishiga e'tibor qaratish lozim. Rejaning nechta bo'lishi ishda yoritilajak asosiy masalalarga bog'liqdir. Mavzu doirasidagi har bir ahamiyatli, keng qamrovli masala alohida reja sifatida kiritilishi o'rinli. Masalan:
Mavzu: Til va nutq munosabatlari. Nutq odobi.
Reja:
1. Til va nutqning o’zaro farqlari va umumiyliklari.
2. “Nutq madaniyati” fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi.
3. Ona tili mashg’ulotlari jarayonida nutq madaniyatini shakllantirish.
4. Tilning nutqdagi jilolari.


Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent.: Sharq, 1998.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. -Toshkent.: O'zbekiston, 1999.
3. Mahmudov N. Ma'rifat manzillari. -Toshkent.: Ma'naviyat, 1999.
4. Ortiqov A., Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati. –Toshkent., 2002.
5. Rasulov R., Q.Mo'ydinov. Nutq madaniyati. –Toshkent., 2004.
6. Safayev B., G'afforov. Muomala sirlari. -Toshkent.: Navro'z , 1992.
7. Siddiq Mo'min. So'zlashish san'ati. -Farg'ona., 1997.
8. Qo'ng'urov R., E. Begmatov, Y. Tojiyev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent.: O'qituvchi, 1992.
9. Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. -Toshkent.: O'qituvchi, 1993.
Reja tuzib bo'lingach, mavzu reja asosida izchil bayon etiladi. Bunda talaba masalani yoritishda bo'limlarning bir-biri bilan o'zaro bog'liqligi, bo'limlar ichidagi bo'limchalarning aloqadorligi, ular o'rtasidagi mantiqiy ketma-ketlik, ma'lumotlarning ishonchliligiga diqqat qilishi lozim. Ishda mavzuning ahamiyati va aktualligi, mavzu to'g'risida umumiy ma'lumot, ilmiy-metodik adabiyotlarda mavzuga oid bildirilgan qarashlar berilib, tahlil qilinadi. Agar joiz bo'lsa, tanqidiy munosabatlar bildiriladi, shaxsiy mulohazalar bayon etiladi. Ishning asosiy qismi tadqiqotning umumiy mazmunini qamrab olishi kerak.
Talaba o'z fikr-mulohazalarini badiiy matnlardan to'plangan misollar asosida dalillab boradi. Misollar ajralib turishi va quyidagicha berilishi o'rinli. Masalan: "G'ulom yuraklari ezilib, chindan qayg'urdi" (Oybek "Miskin bolalar")
Shuni unutmaslik kerakki, o'z o'rnida, to'g'ri keltirilgan misol va uning tahlili fikrning oydinlashishiga imkon beradi. Bo'lim oxirida qayd etilgan fikr-mulohazalar yuzasidan qisqacha xulosa bildiriladi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling