Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги


Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/85
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#260236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Axmedshina F Akchayev F Тарих фанини ўқитишда ўйинли тех

Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar  o‘yin 

texnologiyalari deb nomlanadi.  O‘yinli texnologiyalar -  ijtimoiy 

tajribalarni o‘zlashtirishning barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, 

malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga 

yo‘naltirilgan shartli o‘quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga 

yo‘naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biridir. 

O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga 

tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, xodisalar jarayonida 

bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil 

qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim 

oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim 

muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili 

va b.) sifatida turli rollarni bajarish ishtirokchilarga pedagogik 

faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish 

asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy 

va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi. 

-  didaktik maqsad tinglovchilar oldiga o‘yinli topshiriq 



14 

 

shaklida qo‘yiladi; 



-o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysundiriladi;  

-didaktik 

o‘quv materialdan o‘yin vositasi sifatida 

foydalaniladi; 

-o‘quv faoliyatida didaktik vazifani o‘yin vazifasiga 

aylantiruvchi musobaqa elementi qullaniladi;  

-muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o‘yin natijasi 

sanaladi 

O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, 

shuningdek, o‘yin elementlari hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi 

ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati, 

funksiyasi va turlarining qanchalik tushunililganligi  bilan 

belgilanadi. Aksariyat pedagogik o‘yinlar  o‘zida quyidagi 

belgilarni namoyon qiladi (1-jadval). 

Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda 

foydalaniladigan o‘yinlar ham o‘zining aniq maqsadi va natijasiga 

ega bo‘ladi. 

Pedagogik  o‘yinlar  o‘yin uslubiga ko‘ra quyidagicha 

tavsiflanadi: fanlar bo‘yicha; syujetli; ishbilarmonlik, imitatsion, 

dramalashtirilgan o‘yinlar. Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim 

tizimida foydalanadigan barcha pedagogik o‘yinlar o‘z mazmuniga 

ko‘ra ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. Chunki ular, odatda 

ma’lum  o‘quv fani doirasida ishlab chiqiladi: rollar va syujetlar 

mavjud bo‘ladi, turli vaziyatlar immitatsiya qilinadi. Ya’ni, Oliy 

va  o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida qo‘llaniladigan 

ishbilarmonlik  o‘yinlari pedagogik o‘yinlarning barcha tarkibiy 

qismlarini  o‘z ichiga oladi.  Muhimi pedagogik maqsadlarda 

qo‘llaniladigan  o‘yinli texnologiyalarining asosini tinglovchilarni 

faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. 

Pedagogik  o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish, 

mustahkamlash, tinglovchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, 

umumiy kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma, malakalarini shakllantirish 

kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida 

tinglovchilar turli holatlardan o‘quv materialini tushunish, uning 

negizida ma’lum ko‘nikma, malaka va sifatni o‘zlashtirish 

imkoniyatiga ega bo‘ladi. 




15 

 

Ayni  o‘rinda  o‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan o‘yin 



texnologiyalarining mohiyati xususida so‘z yuritiladi: 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling