64
“BALIQ OVI” O‘YINI VA UNI O‘TKAZISH TARTIBI
Bu o‘yin asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib bunda o‘qituvchi ma’lum bir
mavzu yoki alohida bir davrni tugatganidan so‘ng uni
mustahkamlash uchun o‘tkazishi mumkin. Unda o‘qituvchi
o‘quvchilar sonidan kelib chiqib har bir savolni kichik
varaqchalarga yozadi. Uni buklab skrepka bilan mahkamlaydi va
o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida uni maxsus qutiga yig‘ib oladi
hamda savollarni aralashtirib yuboradi. O‘quvchilar magnit-
qarmoq bilan bittadan savolni tortib, unga javob beradilar. Qarmoq
- ipga boglangan magnit bo‘lib, qog‘ozga qistirilgan skrepka
magnitga yopishib chiqadi agar bir nechta savol yopishib chiqsa
undan birini tanlaydi. Shu tariqa guruhning barcha a’zolaridan
galma - gal o‘zlari “ovlagan baliq” savollariga javob berish talab
etiladi. Savol - javobning bu usuli o‘quvchilardagi qiziqishni
oshiradi, tezkorlikga o‘rgatadi.
Quyida biz misol tariqasida umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 6-sinf o‘quvchilariga tarix fanining yakuni
bo‘yicha 24 kishilik sinfga mo‘ljallangan savol-javoblarni taqdim
etamiz.
№
Do'stlaringiz bilan baham: