MANTIQNI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK O‘YINLAR
O‘yinlar - bu, qisqa vaqtda amalga oshiriladigan
tizimlashtirilgan guruhiy mashg‘ulotlar bo‘lib, ularni o‘tkazish,
oson va oldindan tayyorgarlik ko‘rishga hojat unchalik yo‘q,
agarda, talab etilsa ham, sizning ko‘p vaqtingizni band etmaydi.
O‘yinlar - ishtirokchilarni qiziqtirishga yaqindan ko‘mak berib,
mashg‘ulot boshida, o‘rtasida va oxirida o‘tkazilishi tavsiya etiladi.
Bunda, qulaylik va ishtirokchilar qoniqishlari asosida jamoa azolarini,
bir-birlari bilan yaqindan tanishtirish, faollik darajasini bir me’yorda
ushlab turish, oshirish, ziddiyatli vaziyatlarni yumshatish, bartaraf
etish va hattoki, mashg‘ulot davrida taklif etilayotgan mavzu va
metodika yuzasidan kiritilayotgan yangilik, ijobiy o‘zgarishlarga
tanqidiy munosabatda bo‘lgan ishtirokchilarni faoliyatga jalb etishda
yaqindan ko‘maklashadi.
Bu o‘yin:
-guruhlar ishini jonlashtiradi;
-kayfiyatni ko‘taradi, samimiy kulgu uchun sharoit
yaratadi;
-guruh ichidagi o‘zaro munosabatni, umumiy qiziqishlar,
ehtiyojlar, qadr-qimmatlarni o‘rnatishga ko‘maklashadi. Har bir
ishtirokchida hamkorlik faoliyati, bilim, malaka va ko‘nikma,
ayrim muammolarini yechishda qoniqish hosil etishlarini
ta’minlaydi;
Ushbu oyindan ta’lim oluvchilar charchog‘ini bosish,
kayfiyatni ko‘tarish va mavzularning keyingi bosqichiga diqqatni
jalb etishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |