II-shart. Qadimgi manbalar tahlili
Bu shartda har bir guruhga qadimgi tarixiy belgilar bo‘yicha
3 tadan belgi namunalari izohlash uchun beriladi. Guruhlar
kelishib belgilar ma’nosini topish uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi.
Guruh a’zolaridan kelishgan holda vakillar chiqib belgilar
mazmunini 2 daqiqa vaqt ichida izohlab berishadi. Har bir to‘liq
bo‘lgan to‘g‘ri izoh uchun baholash maksimal 5 ballda
baholanadi. Jami 15 ball.
III-shart. Atamalarga izoh bering
Bu shartda har bir guruh ishtirokchilariga 10 tadan atamalar
jadvali izoh uchun beriladi. Atamalar mazmunini aniqlash uchun 5
minut vaqt beriladi. Har bir guruh ishtirokchilari atamalar
mazmunini yozma ravishda ekspertlar guruhiga vaqt tugashi bilan
taqdim etadi. Atamalar mazmunini to‘liq ochib berish uchun 3
daqiqa vaqt ajratiladi. Baholash har bir to‘g‘ri javob uchun 3 ball
bilan baholanadi. Jami 30 ball.
Do'stlaringiz bilan baham: |