Ўзбекистон республикаси халқ таълими


Download 368.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana18.02.2023
Hajmi368.11 Kb.
#1213183
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xolmatov Asadbek Vaxobjon o\'gli Jismoniy tarbiya darslarini rejalashtirishda yosh toifalarini ahamiyati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha islohotlar
negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim- tarbiya, sport va boshqa 
shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalariga aylanmoqda. 
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek «Shu bois 
mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk 
ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini 
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari 
bilanuyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish 
maqsadiga katta e’tibor berib kelinmoqda!» Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari toʼgʼrisi”da Toshkent sh., 2017 yil 3-iyundagi, PQ-3031-son qarori. 
Jamiyatimizda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa 
yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishi 
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali 
yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchni mustahkamlash, 
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, 
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli 
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada 
rivojlantirishga yoʼnaltirilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz 
vakillarining Olimpiya oʼyinlari, jahon chempionatlari, Osiyo oʼyinlari va 
chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, 
dunyoda Oʼzbekistonning obroʼ-eʼtibori va sport salohiyati yanada oshayotgani
respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari 
barpo etilayotgani, oʼquvchi va talaba yoshlar oʼrtasida uch bosqichdan iborat 
«Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport oʼyinlari ommalashib 
borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir. Oʼzbekiston Respublikasida “Jismoniy tarbiya va 
sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisi”da
2020 yil 24- yanvardagi PF-5924-son qarori Respublikada oxirgi yillarda jismoniy 
tarbiya va sportni ommalashtirish, aholini sogʼlom turmush tarzini targʼib etish. 



Shu sababdan jismoniy tayyorgarlik mazmun, shakl va mohiyat jihatidan 
xayotda o’z o’rniga egadir. O’quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya dasturi talablarini 
bajarishga tayyorlash, sportchilarning mahoratini oshirishda ularning jismoniy 
tayyorgarliklarini ta’minlash kabi o’ta ma’suliyatli tarbiyaviy jarayonlar 
mavjud.O’quvchilarni «Alpomish va Barchinoy» maxsus testlari talablarini 
bajarish va turli musobaqalarda ishtirokini ta’minlashda ularning jismoniy 
tayyorgarligini tarbiyalash ham muhim ahamiyatga egadir. Bunday jihatlar turli 
tarmoqlarda mavjud bo’lib, ularni maxsus jismoniy tarbiyalash (sport komandalari, 
harbiylar, ichki ishlar, o’t o’chirish va h.k.) amalga oshiriladi. Bular o’z navbatida 
o’ta murakkab va ma’suliyatli tarbiyaviy jarayon sifatida dolzarb muammolardan 
biridir. Bu jismoniy tayyorgarlik ishlari boshlang’ich sinfda amalga oshirilishi 
kerak. Mavzuning dolzarbligi ham shundadir.Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida 
o’quvchilarda quyidagi bilimlarni o’rgatishga to’g’ri keladi, ya’ni:
- inson faoliyatidagi jismoniy holatlarni tasvir etish va ularni baholash. 
- jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlari bilan 
o’quvchilarni tanishtirish. 
- jismoniy tayyorgarlikning ijtimoiy-mehnat sharoitlaridagi o’rni, vazifasi 
va mazmuni bilan qurollantirish. 
- jismoniy tayyorgarlikning yoshi, jinsi va salomatlikka qarab qo’llanilish 
usullarini o’rgatish va hokazo. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Bolalar sportini 
rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida» (24 oktyabr 2002 y.) va 
boshqa farmonlarida yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash va ayniqsa ma’naviy 
hamda jismoniy barkamollikka yetishtirish asosiy masala qilib qo’yiladi.Yuqorida 
ta’kidlangan dasturlar, qarorlar va farmonlarning mazmuni va maqsadida buyuk 
kelajak avlodlarini jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga zamin tayyorlash 
ko’zda tutiladi. Bunda hozirgi davr jismoniy madaniyati va sportini yanada yuqori 
pog’onalarga ko’tarish, barcha avlodlarni jismoniy tarbiyalash, ularning jismoniy 
tayyorgarligini oshirishni taqozo etmoqda. 




Download 368.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling