Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
O`RGANISHNING DOLZARB MASALALARI
Ismatullayeva G. – FVXTXQTMOI, Sobirova D., Xamraqulova D. – Farg`ona Pedagogika kolleji. Hozirgi zamonaviy mutaxassislar uchun xorijiy tilni bilish uchun ahamiyatli bo`lib qoldi. Sababi – hozirgi kunda fan-texnikaning rivojlanishi, sanoat korxonalariga chet el texnikasi, texnika vositalari hamda investitsiyalarning kirib kelishi, qo`shma korxonalarning ochilishi o`z-o`zidan yoshlarni horijiy tillarni bilishi talab qilinadi. Chet tilini o`rganishda eng muhim omil bo`lgan kommunikativ. Kommunikativ omil ikki ta asosiy komponentdan iborat. Ular quyidagicha: - Aloqa o`rnatish; - So`zlashish; Bundan tashqari, tildan foydalanish ijtimoiy va madaniy qadriyatlar bilan bog`liqligi uchun tilni ham ijtimoiy, ham madaniy hodisa sifatida baholash lozim. Mjustaqil O`zbekistonimiz ravnaqi yo`lida barkamol avlod, yetuk kadrlar, fan asoslarini puxta egallagan yoshlarning o`rni juda muhimdir. Shuning uchun hozirgi zamon talablariga muvofiq horijiy tillarni o`rganishda zamonaviy ahborot vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shu yo`sinda davlatimizda qator farmon, qarorlar, instruksion hujattlar ishlab chiqarildi. Aynan o`qituvchi – pedagoglardan chet tilini bilish, AKT dan keng foydalanishni talab qilinmoqda. Zero, har bir dars – mashg`ulot yuqori saviyali hamda inovatsion ped texnologiyalar asosida olib borilishi shartdir. Demak, o`qituvchi – pedagog o`z pedagogic faoliyati jarayonida AKT dan foydalanish va chet tilini o`rganish kabi zamonaviy talablarni targ`ib etishi lozim. Chet tilini o`rganishning targ`ibot qilish quyidagi ishlar ko`rinishida bo`ladi: - Terminnning etimologiyasini tushuntirish; - Termin – so`zlarni lug`aviy ma’nosini o`quvchilar tomonidan o`rganib kelishini vazifa qilib belgilash; - So`zning tarixiy kelib chiqishi haqida qiziqarli ma’lumotlarni o`quvchilarga yetkazish; - O`quvchilarga qiziqarli ma’lumotlarni yeg`ib kelishni vazifa qilib berish; - Dars – mashg`ulotda chet tilidan bevosita foydalanish; - Lug`at kitobidan foydalanish; - Internettan foydalanishni jalb qilish; - Kompyuter dasturidan faol foydalanish. Shuningdek, o`quvchilarni fanga qiziqtirish, uni kelajakda yetuk mutaxassis tayyorlash uchun o`qituvchi pedagog o`z ustida ko`plab ish olib borishi zarur. Masalan, ingliz tilini o`rganishda o`qituvchi o`zi to`rt ta muhim usullarni o`zlashtirishi shart. Ular quyidagicha: 104 1. Tinglash; 2. O`qish; 3. So`zlashish; 4. Yozish. So`zlashish asosiy tajribagina bo`lib qolmay, u horijiy tilni o`rganuvchilardan mahorat talab qiladi. Albatta, pedagogic faoliyat cheksizdir. Bundan tashqari pedagog – o`qituvchining murakkab, ham sermehnatdir. Pedagogika fani globallashuv jarayoni chuqurlashgan va kengaygani bilan ham o`zgarib boradi. Shuning uchun axborot – kommunikatsion texnologiyasidan foydalanish ham – zamon talabi bo`lib qoldi. O`qituvchining kasbiy pedagogic mahoratini shakllantirishning muhim qismi uning uslubiy va ilmiy ishidir. Pedagogning ilmiy – uslubiy ishi quyidagi tadrijiy ish shakllaridan iborat: - To`plagan tajribalarini sistemali tahlil qilish; - Tizimlashtirish; - Umumlashtirishdir. Uslubiy ish – pedagog – mutaxassisning asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanib maxsus fanlardan o`qitish metodikasi ishlab chiqish, zamonaviy loyihani yaratish, effektiv component va atrebutlardan foydalanish va takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Shuningdek, o`qituvchi – pedagogning uslubiy ishlar keng miqyosidagi muammolarni qamrab oladi: - Mustaqil ta’limni joriy etishda dastur bo`yicha topshiriqlar majmuini yaratish; - O`quvchilarning fikrlash faolligini va mustaqilligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning shakl va usullarini takomillashtirish; - O`quv dasturlariga o`zgartirishlar kiritish; - Ta’limni individuallashtirish (individual topshiriqlar va ishlar) - Dedaktiv materiallarni ishlab chiqish va tadbiq qilish; - O`z uslubiy monitoringini yaratish va tahlil ishlarini olib borish; - Porfolioni yaratish va uning bazasidan foydalanish; - Zarur ko`nikmalarni egallash uchun topshiriqlar majmuini ishlab chiqish, o`qitish mazmunida uning o`rnini aniqlash. Bunday kompleksli yondashishda axborot – komunikatsion texnologiyalardan foydalanish avzalliklari quyidagichadir: - Taqdimot dasturini yaratish va foydalanish; - Modulli o`qitish; - Inter faol o`qitish; - Nofaol o`qitish; - Videoroliklardan foydalanish; - Kompyuter dasturidan foydalanish; - Internet materiallaridan foydalanish va h.k. Bunday texnologiyalardan foydalanish uchun chet tilini bilish darkordir chet tilini o`rganishda esa axborot - kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish avzaldir. Ikkala tizimdan foydalanish esa quyidagi muvaffaqiyatli natijalarga erishish mumkin: - Fanga qiziqtirish; - Fan yutuqlariga yo`naltirish; - Ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish; - Kelajak mutaxassislikka kirishishda ijtimoiylashuv jarayoni osonlik bilan oshiriladi; - AKT ga qiziqish; - O`z o`qituvchilik faoliyatida AKT dan foydalanish; - Chet tiliga muhabbatni shakllantirish; - Chuqurroq o`rganishning motivatsiyasi paydo bo`lishi; - Har bir uy vazifasini bajarishda inovatsion yondashish; - Chet tillar lug`atlaridan tez-tez foydalanishi; - Bo`lajak kasbni egallashda AKT va chet tilidan foydalanishi va h.k. 105 Chet tillarni o`rganishda masofaviy ta’lim usullaridan matbuot, internet ma’lumotlaridan foydalanish o`quvchilarni chet tillarini o`rganibgina qolmay, ularning intellectual darajasini oshirishga harakat qiladi. Horijiy davlatlarda nashr etilgan adabiyotlardan, jurnal va gazetalardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. O`z mutaxassislik fanini o`rganish mobaynida chet el adabiyotlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Adabiyotlar asosi internetdan olinsa, bevosita o`z mutaxassislik fanlari bo`yicha horijiy manbalardan, darslik va o`quv – uslubiy qo`llanmalardan foydalanilsa ko`zlagan natijaga erishiladi. Chet tilini o`ranishda kompyuterdan foydalanish ham o`qituvchi, ham o`quvchilar uchun qulaylik yaratadi. Dars jarayonida kompyuterda dasturlashtirilgan mavzular yordamida o`z bilimlarini oshiribgina qolmay, kompyuterda ishlash malakasini ham o`zlashtiradilar. Internet orqali fan yutuqlarini kuzatish va unga o`quvchilarni jalb qilish – pedagogic va o`quv maqsadga yo`naltirilgan ish albatta, chet tilini bilishi bilan o`z ijobiy samarasini beradi. Shuningdek. O`qituvchi o`z faoliyatida chet tilini o`rganish bugungi kunda dolzarb masalalaridan biridir. Chet tilini o`rganishda AKT dan foydalanish esa nafaqat shaxsiy va kasbiy bilim, ko`nikma va malakasini, balki o`quvchi yoshlarda ham dunyoqarashini shakllantiradi. Globallashuv zamonida o`qituvchi – pedagogning chet tilini o`rganishi, AKT dan va internet materiallaridan foydalanish o`quvchilarni quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi: - O`quvchining telefonomaniyasidan uzoqlashuvi va chiqib ketishi; - Internettan madaniyatli foydalanishi; - O`z bilimlarini tizimli yo`lga qo`yishi; - Mavkuraviy immunitetini ongli ravishda kuchaytirish; - Chet tiloini o`rganish jarayonini to`xtatmasligi; - AKT dan unumli foydalanishi; - Dars - mavzuni dasturlashda o`qituvchiga yordam berishda intilishi; - Fan va mavzu bo`yicha mustaqil ishlarga qiziqishi; - Kompyuter texnologiyasini bilishda u bosqichdan bu bosqichga dadil qadam qo`yishi qiziqishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling