Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA TIKUVCHILIK SOHASINI O’QITISHDA
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshitganimni unutaman, ko’rganimni eslab qolishga harakat qilaman, agar bajarib ko’rsam yaxshiroq eslab qolaman. Konfutsiy
KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA TIKUVCHILIK SOHASINI O’QITISHDA TA’LIMNING KO’RGAZMALI METODLARIDAN FOYDALANISH, HAMDA AXBOROT- KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB LIBOS YARATISH Dadaboyeva F, Toshkent viloyati OAva SKHK Ishlab chiqarish ta’lim ustasi. Abdullayev M, Jizzax viloyat XTXQTMOI o’qituvchisi. Eshitganimni unutaman, ko’rganimni eslab qolishga harakat qilaman, agar bajarib ko’rsam yaxshiroq eslab qolaman. Konfutsiy Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi tizimi oldiga iqtisodiyotning barcha sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi qo’yilgan. Buning uchun esa o’quv- muassasalarini zarur bo’lgan o’quv- moddiy bazasini yaxshilash hamda o’quv- tarbiyaviy jarayonni didaktik vositalar majmuasi bilan ta’minlash zarur. Chunki, mutaxassislarni davr talabiga javob beradigan etib tayyorlashda o’quv jarayonining didaktik vositalar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyatga ega. Oxirgi yillarda, o’quv muassasalari har xil texnikaviy o’qitish vositalari bilan jihozlanmoqda. Ular uchun xilma- xil ekranli tovushli apparatlar, diagrafoproektorlar, television qurilmalar, videomagnitafonlar, elektron hisoblash qurilmalari, bilimlarni nazorat qilish uchun dasturlashtirilgan qurilmalar, trenajyorlar, kompyuterlar media apparaturalar va boshqalar ishlab chiqilmoqda. Kasb- hunar kollejlarining pedagogik jamoasi, o’qituvchilari tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilimlarni egallashda, ularda mutaxassis shaxsini shakllantirishda, kasbiy tayyorgarligini 202 rivojlantirishda, amaliy tayyorgarligini mustaxkamlashda o’qitish vositalarining ana shu turlaridan maqsadli foydalanishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumki, vositalarning ta’limdagi maqsadlaridan biri axborotni o’quvchilarga yetkazishda ta’limning ko’rgazmaliligini ta’minlashidir. O’quvchilarga ta’lim berish jarayonida ularning barcha sezgi organlariga ta’sir etgan holda olib borish, ularda o’zlashtirilgan bilim va axborotlarni uzoq vaqt davomida eslab qolishlari uchun axborot- kommunikatsiya texnologiyalari hamda ko’rgazmali metodlardan samarali foydalanishdir. Kasbiy ta’limda “Tikuvchilik” sohasini oladigan bo’lsak, bitta kiyim yaratish uchun birgina Gerber sistemasi tarkibida “Konstruktor”, “Siluet”, integrallashgan, avtomatik rejimda ishlay oladigan “ AccuMark” nomli joylashma moduli, “Vision Fashion Studio” dizayn moduli, uch o’lchamli obyektlarni vizual ko’rinishda tasvirlovchi V-Stitcher kabi maxsus programma modullari mavjud. “Konstruktor” – andoza konturlarini konstruksiyalash uchun modul. “Siluet” – andoza konturlarini konstruktiv modellashtirish uchun modul. “AccuMark” – andozalarning avtomatlashtirilgan joylashmalarini bajarish. Tikuvchilik uchun mo’ljallangan maxsus konstruksiyalash sistemalarining asosiy funksiyalari: Andozalarni baza yordamida qurish va saqlash; Bazali konstruksiyani loyihalash va qurish; Tayyor andozalarni kiritish, ularni tekshirish va o’zgartirish; Boshqa CAD sistemalarda (buyurtma sxemasi asosida) yaratilgan andozalarni loyihalash; Konstruksiyani modellash, Andozalarni ko’paytirish (avra, astar va qotirma andozalar); Andozalrni ko’rikdan o’tkazish; Texnik xujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish; Vaqt sarfini xisoblash. Libos yaratish uchun avval uning o’lcham asosida andozasi tayyorlab olinadi. Ana shu andozalarni ham AKT lar orqali yaratsak bo’ladi. Masalan: Andozalarni kompyuter orqali qurish. CAD sistemalari andozalarni kompyuterda ifodalash va saqlashning 2 xil usuli bilan farqlanadi: parametrik tizimlar va noparametrik tizimlar. Parametrik usullar vositasida andozalarni kompyuterda tasvirlash va saqlash uchun maxsus formallashtirish vositalaridan foydalaniladi. Formallashtirish 1) approksimatsiya usullari yordamida andoza konturlarini qulay va ixcham ko’rinishda ifodalash; 2) yassi holdagi andoza konturlarini bir shakldan ikkinchisiga o’zgartirish masalalaridan iborat bo’lib, turli geometrik funksiyalar yordamida kontur chiziqlarini kichraytirish, og’dirish, kontur qismlarini kesib olish, uning oynali aks tasvirini olish kabilar. Yuqoridagi gaplarni og’zaki aytib o’quvchilarga yetkazsak ham bo’ladi, lekin uni amalda ko’rsatsak o’quvchilarga yanada tushunarli va qiziqarli bo’ladi. Har bir fanni boshqa bir fanga bog’lab o’rgansa yana ham oson bo’ladi. Tikuvchilik sohasini aniq fanlar geometriya, matematika bilan bog’liq tomonlari mavjud. Andoza olishda uning konturlari turli murakkablikdagi egri va to’g’ri chiziqlar yig’indisidan tuzilgan. Masalan: yeng o’mizi chizig’i shakli, yeng qiyamasi shakli, klyosh yubkaning etak chizig’i shakli turli egri chiziqli funksiyalar bilan ifodalanadi, chunki ularning egrilik darajasi turlichadir. Shu sababli butun andoza konturini bitta formula vositasida ifodalash qiyin. Andoza konturi chiziqlarini ifodalash uchun bo’lakli-analitik va bo’lakli- yoyli matematik model qo’llaniladi. Bu holda konturlari turli funksional bog’lanishga ega bo’lgan chiziqlarning yig’indisi bilan approksimatsiya qilinadi. Yassi holdagi andoza konturlarini bir shakldan ikkinchisiga o’zgartirish nuqta va chiziqlarning turli qonuniyatlar asosida bir joydan ikkinchi joyga siljishi jarayonlarini formallashtirish yani matematik ifodalash orqali bajariladi. Biz dars jarayonida yuqorida aytilganlarning hammasini qo’lda bajarsak ham bo’ladi, o’quvchilarni qiziqtirish hamda kompyuter orqali qanday andoza tayyorlanishi, qanday libos yaratilishini AKT lar orqali ko’rsatsak undan ham yaxshi bo’ladi. Quyidagi jadvalda Tikuvchilik amaliyotida qo’llaniladigan didaktik materiallar keltirilgan: 203 Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, agar biz pedagoglar amaliy fanlarni Ko’rgazmali metodlar hamda AKT lardan foydalanib, yuqoridagi programmalar orqali dars o’tsak o’quvchilarni ixtisoslik fanlarga bo’lgan qiziqishini orttirgan va mamlakatimiz uchun kerakli kadrlarni yetishtirib bergan bo’lamiz. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko’rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling