Збекистон республикаси халқ таълими вазирлиги
Download 357 Kb.
|
fan oyligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Kichik ijodkorlar"
- "Tasodifiy so‘z"
- "Tengdoshimga havas", "Maktabdoshim fikri"
"Eng yaxshi fikr" bo‘yicha ham o‘zaro suhbatlar tashkil etish o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishga mustaqil fikrlarini erkin ifodalashga o‘rgatadi. Matnlar o‘quvchilarning bolalik orzulari ifodalangan noan'anaviy fikrlari asosida nominatsiyalar belgilash tavsiya etildi.
"Kichik ijodkorlar" mavzusida kompozitsiyasi o‘quvchilarning ijodiy ishlar festivali shaklida o‘tkazish tavsiya etiladi. "Kichik ijodkorlar" festivalida (istagan mavzuda rasm chizish, yosh darajasidagi haykaltaroshlik, o‘yinchoqlar, roboto texnika) o‘quvchilar tomonidan taqdim etgan ijodiy ishlari guruhlanib baholanadi va rag‘batlantiriladi "Tasodifiy so‘z" mavzusidagi hamkorlik tanlovini 4-sinf o‘quvchilari (parallel sinf) o‘rtasida(sinfBunda, o‘rtada fanlardan (o‘qish, matematik, tabiiy savodxonlik, tarbiya masalalarga oid) qiziqarli savollar jamlanmasi stulga qo‘yiladi. Aylana shaklda o‘tirgan o‘quvchilardan ixtiyoriy bir o‘quvchi tomonidan istagan savol olinib, sherigiga uzatadi, sherigi keyingi sherigiga uzatadi. Bu paytda daqiqali musiqa qo‘yilib, musiqa tugashi bilan savol qaysi o‘quvchi qo‘lida qolsa shu o‘quvchi savolga javob beradi. Shu ketma-ketlikda 2 bosqichda davom etadi. Birinchi bosqichda 5 ta savol olingach, bir vaqtda guruhlar hikmatlardan tuzilgan tasodifiy so‘z tarkibini (lego) tuzishga kirishadi. Qaysi guruh birinchi aylana stolga kelishi va savollarda mazmunli javob berishi asosida g‘olib guruh aniqlanadi. Shuningdek, "Tengdoshimga havas", "Maktabdoshim fikri" davra suhbati yoki hamkorlik uchrashuvlari ham o‘quvchilarni orzular olamiga yetaklaydi. Buni o‘tkazishdan maqsad beg‘ubor bolalarning qalbida qiziqishlarini rivojlantirishdir. "Maktabdoshim fikri" davra suhbati yuqori sinf o‘quvchilari orasida chiroyli chizadigan, she'rlar yozadigan va boshqa iqtidorga ega o‘quvchilarni aniqlab, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvini o‘tkazish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tadbirning tashkiliy jarayonlarida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur: - dars mashg‘ulotlarini qoldirmaslik; - ortiqcha dabdavozlikka yo‘l qo‘ymaslik; - o‘quvchilarni saralab olib tanlov o‘tkazmaslik; - fikrlarining tadbir mavzusi bilan uyg‘unligi ta’minlash; - shuningdek, oy davomida belgilangan tadbirlarning o‘tkazish joyi, vaqti oldindan e’lon qilish kabi. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida rejalashtirilgan fan oyliklari ish rejalarida tavsiyada ko‘rsatilgan talablar e’tiborga olinadi, yakunida tayyorlangan umumiy hisobotlar metodbirlashmalarida saqlanadi. Fan oyligi davomida tashkil etilgan davra suhbatlarining tashkil etilishi, uchrashuvlar, qiziqarli kichik tanlovlar, namunali dars jarayonida o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini ortayotganligi, uni mustahkam egallanishiga zamin yaratiladi. Binobarin, kelajagi buyuk davlat barpo etish yoshlarning ilm-fan yutuqlari va zamonaviy kasblarni nechog‘lik mukammal egallashiga bog‘liq. Zero, barkamol avlodni tarbiyalash O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning eng muhim shartidir. Fап oyligini o'tkazishda quyidagi mаzmuпdа
Download 357 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling