Збекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


’Fan oyligi’’ oxirgi xaftaasida Tuman olimpiadasi yuqorida ko’rsatilgan fanlardan otkazilsin


Download 357 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi357 Kb.
#1394453
1   2   3   4
Bog'liq
fan oyligi

Fan oyligi’’ oxirgi xaftaasida Tuman olimpiadasi yuqorida ko’rsatilgan fanlardan otkazilsin.

6. Buyruqni nazorat qilishni mudir o’rinbosari M.Adamboyev zimmasiga yuklatilsin.




Xalq ta’limi bo’limi mudiri Sh. Axmedov
Tayyorladi metodist G.Ahmedova.
2-sentyabr 2022 yil N …………..


XTB Ishchi guruxi



Ismi familiyasi

Ish joyi

lavozimi

1.

Madadjon Adamboyev

XTB mudir o’rinbosari

Gurux raisi

2

Gulnora Axmedova

XTB boshlangich sinflar bo’yicha metodisti

Rais o’rinbosari

3

Matkarimova Karomat

1-sonli maktab MBR

A’zo

4

Atamurotova Shoira

45-son maktab MBR

A’zo

5

Abdullayeva Zulxumor

20-son maktab MBR

A’zo

6

Raximova Fazilat

11-son MBR

A’zo

7

Sultonov Xusinboy

XTB axborot texnologiya raxbari

A’zo






































BOSHLANG‘ICH TA'LIM FAN OYLIGINI O‘TKAZISH YUZASIDAN TAVSIYA

Barqaror rivojlanishdan hech kim ortda qola olmaydi, shunga mos tarzda fikrlaydi va beixtiyor moslashadi. Bugungi jamiyat shaxsdan faol harakat qilish, mustaqil qaror qabul qilish, o‘zgarayotgan sharoitlariga moslashish, hayotda o‘z o‘rnini topish, egallagan kasbida muvaffaqiyatlarga erishish kabi talablarni qo‘ymoqda, bu o‘z-o‘zidan ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar uzviyligi va zamon talablari uyg‘unligi o‘zaro mos bo‘lishini taqozo etadi.


Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining “2022-yil 13- avgustdagi Xalq ta'limi tizimida metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘iga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sentyabr oyida boshlang‘ich ta'lim fan oyligini o‘tkazish asosida o‘quvchilarga sifatli ta’limning yangi shakllarini yaratish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularga ko‘maklashish, boshlang‘ich davrdan savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodkor va tashabbuskor o‘qituvchilar tajribasini targ‘ib qilish nazarda tutilgan.
Ma’lumki, o‘quvchilar bilim samaradorligini rivojlantirish — savodxonlikni oshirish omilidir.
Shunga muvofiq, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida yangi 2022-2023-o‘quv yili boshida rejalashtirilgan boshlang‘ich ta'lim fan oyligini o‘tkazish yuzasidan quyidagilar tavsiya etiladi.
Umumta'lim maktablarida o‘quv yilining birinchi kuni “Bilimlar kuni” va “Mustaqillik saboqlari” mavzusida mustaqillik darslari tashkil etiladi. Darslar orqali o‘quvchilar qalbida ona-Vataniga muhabbat, yurtiga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘ttiz bir yil davomida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar mohiyatini asoslash, ularda o‘z Vatanidan faxrlanish tuyg‘ularini o‘stirish, Vatan ramzlar, timsollar ifodasini chuqur anglash, xalqimizning ezgu va ulug‘ maqsadlari bilan tanishtirishdan iborat.
Boshlang‘ich ta'lim fan oyligida kirish testlari, ehtiyojlarni aniqlash, har haftada turli tanlovlarga oid choralarning belgilanishidan ko‘ra, o‘quvchilarni kreativ, mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan loyihalar ustida ishlashga o‘rgatish, yuqori natijalariga erishgan tengdoshlari bilan davra suhbatlari uyushtirish, darslarda ham darslik multimediali havollari orqali mashg‘ulotlarning mazmunli bo‘lishini ta’minlash muhim sanaladi.
Fan oyligida birinchi sinflarda xonaning o‘zida ma’naviyat soatida o‘zaro hurmat, odob-ahloq va uyga borishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish ko‘nikmalariga oid kichik suhbatlar tashkil etish lozim.
Shuningdek, hafta boshida sinflar o‘z mavzularni tanlash va yakunida har bir sinf taqdimotini himoya qilish, mustaqil harakatlarini yo‘naltirib turish asosida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Hafta boshida o‘qituvchilar o‘z sinfidagi o‘quvchilarga mavzularni tanlashga imkon berish va qanday qilib loyihalarini ishlab chiqishda ko‘rsatmalar berish va hafta davomida kuzatish, amaliy ko‘maklash muhim hisoblanadi. Bunday loyihalar uchun namunaviy mavzular:



  1. SINF

    1. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani:

"Nega davlatlarning o‘ziga tegishli tili bo‘ladi?", "Maktablarda o‘qishga imkoni bo‘lmagan bolalar qanday savod chiqarishi mumkin ", "Milliy o‘yinlar".

    1. Tabiiy fanlar:

"Men kichik tadqiqotchiman ", "O‘simliklar dunyosiga sayohat",
"Tabiatni asrashda mening vazifam ".

    1. Matematika fani:

"Olim bo‘lishda matematikaning o‘rni", "Matematikani hayotdan o‘rganamiz ", ''Do‘konda savdo qila olaman ".

  1. SINF

    1. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani:

"Nega, ba’zi insonlarni tili shirin deyishadi?", "Telefonning foydali va zarali tomonlarini bilasizmi? ", "Kelajak mening tasavvurimda "

    1. Tabiiy fanlar:

"Hayvonlar mehr qanday ko‘rsatiladi?", "Suv mo‘jizasi", "Foydali qazilmalar bizning boyligimiz".

    1. Matematika fani:

"Qiziqarli matematikada ham mantiq bo‘ladi", "Mana nima uchun matematikani o‘'rganish kerak", "Matematikada raqamlar va sonlar farqi".

  1. SINF

    1. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani:

"Maktabimga nima kerak?", "Tejamkorlik saboqlari", "Suhandonlik ham san’atmi? "

    1. Tabiiy fanlar:

"Energiyadan oqilona foydalanamiz", "Harakat bu —sog‘lik", "Gullarga nega suv quyiladi? ",
Matematika fani:
"Matematik ixtirolar", "Men kichik tadbirkor", "Fanda 0 raqamining
o‘rni".
Fan oyligida taqdimotlar tadbiri tashkil etiladi. Tadbirda davomida turli chiqishlar tashkil etish o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishga hizmat qiladi.

Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling