Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Download 448.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana02.01.2022
Hajmi448.12 Kb.
#187130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
boshlangich talimda iqtisodiy tarbiyani yuksaltirish 4 sinf misolida

Mavzuning  dolzarbligi:  Har  birimizga  bugungi  kunda  yurtimizda,  barcha 

jabhalarda  islohatlar  olib  borilmoqda.  Shu  qatori  ta’lim  tizimida  ham  bir  qator 

o’zgarishlar, 

islohatlar 

amalga 

oshirilmoqda. 

Jumladan 

O’zbekiston 

Respublikasining  «Ta’lim  to’g’risida»  gi  Qonuni  va  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy 

dasturi» ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ushbu qonun va milliy dasturda ko’rsatib 

o’tilgandek bo’lajak mutaxassislarga iqtisod to’g’risida tushunchalar berish muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Dunyoda  yuz  berayotgan  mrliyaviy-iqtisodiy  inqirozning 

O’zbekiston  sharoitida  oldini  olish  yoshlardan  iqtisodiy  bilimlarni  talab  qiladi. 

Chunki  davlatning  ertangi  kuniga  iqtisodiy  qudrati  yoshlarga  bog’liq.  Shuning 

uchun  ham  yoshlarga  iqtisodiy  tarbiya  berish  orqali  biz  davlatimizni  har 

tomonlama  qudratli  davlat  ekanligini  ko’rsata  olishimiz  kerak.  Shu  bois  ham 

iqtisodiy  tarbiyada  –  fan  texnika  yutuqlaridan  oqilona  foydalanishga  e’tiborni 

kuchaytirish shu kunning muhim dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.[3,4,5] 

Yurtimizda  joriy  yilni  1-4  may  kunlari  Osiyo  taraqqiyot  banki 

boshqaruvchilarining  46  –chi  majlisi  bo’lib  o’tdi.  Unda  yurtimizda  olib 

borilayotgan iqtisodiy siyosat to’g’ri yo’lga qo’yilganligi e’tirof etildi. 

Bunday tadbirlarning o’tkazilishiga asos sifatida yurtimizda olib borilayotgan 

islohatlar  uni  amalga  oshirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar,  eng  asosiysi  yurtimiz 

prezidenti  I.A.Karimovning  asarlari  asos  bo’lib  xizmat  qiladi  desak  mubolag’a 

bo’lmaydi. 

  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  “Yuksak  ma’navit  –  yengilmas  kuch” 

asarida  yoshlarni  har  tomonlama  yetuk  shaxs  qilib  tarbiyalash  yo’llari  ko’rsatib 

o’tilgan.  Yoshlarni  iqtisodiy  bilimlar  bilan  qurollantirishda  milliy  qadriyatlardan 

keng  foydalanish  yaxshi  natija  beradi.  Shuning  uchun  ham  I.A.  Karimov 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  XIV  sessiyasida  «O’zbekiston  XXI 

asrga intilmoqda» deb nomlangan ma’ruzasida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish 

davlat  siyosatining  eng  muhim  ustivor  yo’nalishlaridan  biri  deb  ko’rsatib  o’tgan. 




 

Yurtboshimiz  «Hozirgi  eng  muhim,  eng  dolzarb  vazifamiz  –  jamiyatimiz  – 



jamiyatimiz  a’zolarini,  avvalombor,  voyaga  yetib  kelayotgan  yosh  avlodni  kamol 

toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z vataniga mehr sadoqat 

tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida 

tarbiyalashdan iboratdir» - deb alohida ta’kidlab o’tganlar.[13] 

I.A.Karimov  “Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  o’zbekiston  sharoitida  uni 

bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari”  deb  nomlangan  asarida  jahonda  ro’y 

berayotgan  iqtisodiy  inqirozlarning  asl  sababini  taxlil  qila  turib  unda 

isrofgarchilikga  yo’l  qo’yilganlik,  bozor  munosabatlarini  yaxshi  o’rganmaganlik, 

ishlab  chiqarilayotgan  maxsulotlarning  talab  doirasi  taxlil  qilinmaganligi,  ishlb 

chiqarilayotgan maxsulotlarning sifat darajasiga e’tibor qaratilmaganligi, umuman 

olganda xalq ehtiyojini o’rganish yaxshi o’ylga qo’yilmaganligida deb e’tirof etadi 

va  umumbashariy  va  milliy  qadriyatlarga  e’tiqodning  pastligida  deb  ko’rsatib 

boradi. 

  Yuqorida  qayd  etilgan  fikrlardan  shuni  ko’rishimiz  mumkinki,  hozirgi 

kunning  dolzarb  maslalalaridan  biri  iqtisodiy  tarbiyani  to’g’ri  yo’lga  qo’yishdir. 

Shunday ekan bugungi yoshlarni tarbiyalash jarayonida ular ongiga va qalbiga ota-

bobolarimizdan  bizlargacha  yetib  kelgan  ulkan  boy  ma’naviy  me’rosidan 

foydalanib  yoshlar  ongiga  iqtisodiy  tushunchalarni  singdirish  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi. Iqtisodiy  tushunchalarni  boshlang’ich  sinf o’quvchilariga o’rgatishdan 

maqsad, ularni iqtisodga oid bilimlar bilan qurollantirish. Bunday boshliqlar orqali 

ona Vatan iqtisodiy kuchga ega bo’ladi. Yurtimizning har bir fuqorasi o’quvchilar 

yurt tinchligi va uning iqtisodiy rivoji uchun hissa qo’shsa taraqqiyot o’z-o’zidan 

olg’a siljiydi.[14] 

  Fanlarini  o’qitish  jarayonida  o’quvchilar  ongiga  va  qalbiga  iqtisodiy 

tushunchalarni singdirish orqali ularda iqtisodiy o’quvchilar shakellantiriladi. Buni 

amalga oshirish uchun  esa birinchi  navbatda  yoshlarga  iqtisodiy  bilimlarni berish 

va  u  orqali  iqtisodiy  muomila  madaniyatini  yo’lga  qo’yish  kerak.  Bu  esa  biz 



 

tomondan  olib  boirilayotgan  ilmiy  tadqiqot  ishi  mavzusining  dolzarbligini 



ta’kidlaydi. 

  Tadqiqotning maqsadi: boshlang’ich sinf o’quvchilarini iqtisodiy bilimlar 

bilan qurollantirishga xizmat qiladigan uslubiy tavsiyalar yaratish. 

  Tadqiqot  obyekti:  boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga  iqtisodiy  bilimlarni 

shakllantirishga qaratilgan  ta’lim-tarbiya jarayoni. 

  Tadqiqot  predmeti:  bo’lajak  boshlang’ich  sinf  o’qituvchilarida  iqtisodiy 

bilimlarni shakllantirishning mazmuni, shakli, metodlari. 

  Tadqiqotning vazifalari:  

-  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  iqtisodga  ta’luqli  bo’lgan  bilimlarni, 

tushunchalarni singdirish.  

-  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  iqtisodiy  bilimlarni  shakllantirishning  

mazmuni va metodlarini asoslash. 




Download 448.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling