Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

“Aqliy hujum” usuli prinsipi juda sodda: 

Bir  guruh  ishtirokchilarni  to’plab,  ular  oldiga  biror  muammoli  vazifa 

qo’yiladi va qatnashchilardan mazkur muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z 

yechimlarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so’raladi. 

Mazkur  bosqichda  ishtirokchilardan  hech  biri  boshqa  qatnashuvchilardan 

g’oyasini, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas. 

“Aqliy hujum” usulini qo’llashning asosiy qoidalari: 

1.  Bildirilgan g’oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 

2.  Bildirilgan har qanday  g’oya  va fikrlar, ular hatto bo’lmag’ur bo’lsa ham 

hisobga olinadi. 

3.  Qancha ko’p g’oya va fikrlar bo’lsa shuncha yaxshi. 

4.  Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin. 

5.  G’oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi. 

       Yana  shunday  ijodiy  o’yinli  darslar  mavjudki,  bunda  o’quvchigina  emas, 

o’qituvchining  o’zi  ham  ijodiy  izlanadi.  Qo’shimcha  bilim  olishga  bo’lgan 

ehtiyoji  ortadi.  Eng  asosiysi  ta’lim  jarayonida  vujudga  keltirilgan  muammoli 

vaziyatlarni  o’quvchilar  guruhining  o’zaro  hamkorlikda  avval  o’zlashtirilgan 

bilim,  ko’nikma  va  malakalari    ijodiy  qo’llanishi,  izlanish  orqali  hal  etishga 

zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlarni ijodiy o’yinlar deb atash mumkin. 



 

 

20 



20 

  Ijodiy  o’yinli  darslardan  “Tarixiy  jarayonning  asosiy  qonuniyatlari”, 

“Qonunlar  tarixiga  nazar”  kabi  darslar  rejalashtirilib,  o’quvchilar  kichik 

guruhlarga  bo’linadi.  “Tarixchilar”,  “Qalqon”  deb  nomlangan  kichik 

guruhchalarga  nomlar  beriladi.  Har  bir  guruh  ijodiy  izlanib,  go’yoki  fanda 

yangilik  kashf  etadi.  O’quvchilar  tomonidan  tavsiya  etilgan  topshiriqlarni 

ko’rgazmali qurollarga tayangan holda bajarib o’z javoblarini asoslaydi. 

Ma’lumki,  ta’lim  respublikamiz  ijtimoiy  –  iqtisodiy  taraqqiyotini,  shaxs, 

jamiyat,  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy  –  texnikaviy  va  madaniy 

ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha deb e’tirof etilgan. 




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling