Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari
Umumlashtiruvchi
Umumlashtiruvchi takrorlash takrorlash kursning burun bir mavzusi yoki bo’limidagi materialni o’z ichiga oladi, ba’zi hollarda esa, har xil mavzu va bo’limlardan olingan, jamiyat hayotining muayyan muammolari, muayyan tomonlariga doir materialni tizimga soladi. Bunday takrorlash bir turdagi voqea va hodisalarning umumiy xususiyatlarini va farqlarini aniqlab olishga yordam beradi, bu esa o’quvchilarning maktabda tarixdan o’tiladigan butun bir kurs yoki bir necha kurs davomida hosil qilib boriladigan eng muhim tushunchalarni o’zlashtirib olishlari uchun juda muhimdir. Yakuniy takrorlashning maqasdi – butun kursning asosiy mazmunini umumlashtirishdir. Bu umumlashtirish vaqtida o’qituvchi o’quvchilarning o’quv yili oxirigacha hosil qilgan bilim va malakalariga tayanadi. Umumlashtiruvchi takrorlash vaqtida o’quvchilarda butun kursga doir eng muhim tarixiy tushunchalarning shakllanishi nihoyasiga yetadi. Quldorlik tuzumi haqidagi tushunchalar tizimini ma’lum darajada yaxlit bir tizim tusiga kiritish uchun – ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va qulchilikning vujudga kelishidan to Rim quldorlik imperiyasining halokatigacha o’tgan davr ichidagi asosiy dalillarni o’quvchilarning esiga tushirish va umumlashtirish zarur. Butun dars yuzasidan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi yakuniy takrorlash bir turdagi tarixiy hodisalarni umumiy tushuncha ostiga kiritish vositasi bo’lib
56 56 xizmat qiladi. Masalan, o’rta asrlar kursini yakunlash darsida o’quvchilar feodalizmning rivojlanishidagi uch davrdan
har birining xarakterli xususiyatlarini takrorlash asosida o’qituvchi yordami bilan “feodal tuzum” degan umumiy tushunchaga feodalizmning asosiy belgilari to’g’risidagi o’zlariga ma’lum tushunchalarnigina emas, balki feodalizmning yemirila borishi, yani feodal Yevropa mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarning vujudga kela boshlashi, sinfiy kurashning keskinlashuvi, o’rta asrlarning so’nggi davrida absolyut monarxiyaning o’rnatilishi haqidagi tushunchani ham kiritadilar. Umumlashtiruvchi yakuniy takrorlash vaqtida o’quvchilarga bir turdagi tarixiy hodisalarni va tarixiy dalillar o’rtasidagi bir xil sabab – natijali va qonuniyatli bog’lanishlarni taqqoslash yo’li bilan tarixiy taraqqiyotning ba’zi bir umumiy qonuniyatlari anglatiladi. Masalan, o’rta asrlardagi sinfiy kurash muammolariga bag’ishlangan maxsus yakuniy darsda dehqonlar tomonidan feodallarga qarshi olib borilgan qo’zg’olinlar va urushlarning umumiy sabablari, xususiyatlari va oqibatlarini takrorlash va taqqoslash natijasida, o’quvchilarga bu qo’zg’olon va urushlarning umumiy qonuniyatlari anglatiladi va ular, feodal jamiyatda sinfiy kurash muqarrar suratda sodir bo’ladi, degan xulosaga olib kelinadi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling