Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.III. O’quvchilar bilimini tekshirish va hisobga olish.
57 57 II.III. O’quvchilar bilimini tekshirish va hisobga olish.
O’quvchilar bilimini tekshirish va hisobga olish tarix o’qitish metodikasining eng murakkab masalalaridan bo’lib, metodik adabiyotlarda bir nech bor muhokama qilingan. Metodistlarning va ilg’or o’qituvchilarning tajribalari o’quvchilar bilimini tekshirishning vazifalari xilma – xil ekanligini yaqqol ko’rsatib berdi.
Birinchidan, bilimlarni tekshirish jarayonida o’quvchilarning dars vaqtidagi va darsga tayyorlanish chog’idagi o’quv faoliyati muntazam nazorat qilib borilishi, bu borada erishilgan natijalar hisobga olinishi va ularga baho berilishi bilan birga, o’quvchilarning bilim va malakalari yanada takomillashtiriladi, bu bilim va malakalar ularga yanada chuqurroq anglatiladi va xotiralarida mustahkamlanadi.
Ikkinchidan, o’quvchilarning bilim va malakalarini bir tizimda tekshirish va bu tekshirish jarayonida ta’lim berib borish ularning fikrlash qobiliyatini, og’zaki va yozma nutqini hamda tarixiy materialdan foydalanishdagi turli xil malaka va ko’nikmalarini yanada o’stirishga yordam beradi.
Uchinchidan, bilimlarni tizimli ravishda tekshirish va hisobga olish o’quvchilarni chidam va toqat talab qiladigan kundalik ishga rag’batlantiriladi, ularda mehnatsevarlik, sabot – matonat, iroda sifatlarini tarkib toptiradi va bu bilan ularga katta tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatadi.
To’rtinchidan, o’quvchilar bilimini tekshirish jarayonida o’qituvchining o’zini – o’zi tekshirishi sodir bo’ladi (o’qituvchi o’z ishlarining natijasini tekshirib ko’radi, bu ishlardagi ijobiy tomonlarni va kamchiliklarni aniqlaydi).
O’qitish natijalarini tekshirish faqat uyga berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganini tekshirib qo’l qo’ya qolishdangina iborat bo’lmay, balki o’quvchilarning dars vaqtidagi o’quv faolityatlarini: darsda qanchalik diqqat – e’tibor bilan o’tirishlarini, faolliklarini, halollik bilan ishlashlarini, mashqlarni qanchalik to’g’ri bajarganliklarini ham tekshirishdan iborat bo’lsa, uning ahamiyati ko’p marta oshadi.
58 58
Tekshirilishi zarur bo’lgan narsa, avvalo, o’quvchilarning o’qish davomida hosil qilgan bilim, malaka va ko’nikmalaridir. O’quvchilarning qancha tarixiy materialni o’zlashtirganligini tekshirish bilan birga, ularning bilimlarni nechog’lik puxta, ongli va amaliy ravishda egallaganligini, ya’ni bilishga undaydigan turli xil vazifalar va boshqa amaliy vazifalarni bajarishda o’quvchilarning shu bilimlarni tatbiq eta bilish qobiliyatini ham tekshirish lozim.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling