Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

57 



57 

II.III.    O’quvchilar  bilimini  tekshirish  va 

 hisobga  olish. 

 

O’quvchilar  bilimini  tekshirish  va  hisobga  olish  tarix  o’qitish 



metodikasining  eng  murakkab  masalalaridan  bo’lib,  metodik  adabiyotlarda  bir 

nech  bor  muhokama  qilingan.  Metodistlarning  va  ilg’or  o’qituvchilarning 

tajribalari  o’quvchilar  bilimini  tekshirishning  vazifalari  xilma  –  xil  ekanligini 

yaqqol ko’rsatib berdi. 

 

Birinchidan,  bilimlarni  tekshirish  jarayonida  o’quvchilarning  dars 



vaqtidagi  va  darsga  tayyorlanish  chog’idagi  o’quv  faoliyati  muntazam  nazorat 

qilib  borilishi,  bu  borada  erishilgan  natijalar  hisobga  olinishi  va  ularga  baho 

berilishi  bilan  birga,  o’quvchilarning  bilim  va  malakalari  yanada 

takomillashtiriladi,  bu  bilim  va  malakalar  ularga  yanada  chuqurroq  anglatiladi 

va xotiralarida mustahkamlanadi. 

 

Ikkinchidan,  o’quvchilarning  bilim  va  malakalarini  bir  tizimda



 tekshirish 

va  bu  tekshirish  jarayonida  ta’lim  berib  borish  ularning  fikrlash  qobiliyatini, 

og’zaki  va  yozma  nutqini  hamda  tarixiy  materialdan  foydalanishdagi  turli  xil 

malaka va ko’nikmalarini yanada o’stirishga yordam beradi. 

 

Uchinchidan,  bilimlarni  tizimli  ravishda  tekshirish  va  hisobga  olish 



o’quvchilarni  chidam  va  toqat  talab  qiladigan  kundalik  ishga  rag’batlantiriladi, 

ularda  mehnatsevarlik,  sabot  –  matonat,  iroda  sifatlarini  tarkib  toptiradi  va  bu 

bilan ularga katta tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatadi. 

 

To’rtinchidan,  o’quvchilar  bilimini  tekshirish  jarayonida  o’qituvchining 



o’zini  –  o’zi  tekshirishi  sodir  bo’ladi  (o’qituvchi  o’z  ishlarining  natijasini 

tekshirib ko’radi, bu ishlardagi ijobiy tomonlarni va kamchiliklarni aniqlaydi). 

 

O’qitish natijalarini tekshirish faqat uyga berilgan topshiriqlarning qanday 



bajarilganini  tekshirib  qo’l  qo’ya  qolishdangina  iborat  bo’lmay,  balki 

o’quvchilarning  dars  vaqtidagi  o’quv  faolityatlarini:  darsda  qanchalik  diqqat  – 

e’tibor  bilan  o’tirishlarini,  faolliklarini,  halollik  bilan  ishlashlarini,  mashqlarni 

qanchalik  to’g’ri  bajarganliklarini  ham  tekshirishdan  iborat  bo’lsa,  uning 

ahamiyati ko’p marta oshadi. 



 

 

58 



58 

 

Tekshirilishi  zarur  bo’lgan  narsa,  avvalo,  o’quvchilarning  o’qish 



davomida  hosil  qilgan  bilim,  malaka  va  ko’nikmalaridir.  O’quvchilarning 

qancha  tarixiy  materialni  o’zlashtirganligini  tekshirish  bilan  birga,  ularning 

bilimlarni  nechog’lik  puxta,  ongli  va  amaliy  ravishda    egallaganligini,  ya’ni 

bilishga  undaydigan  turli  xil  vazifalar  va  boshqa  amaliy  vazifalarni  bajarishda 

o’quvchilarning shu bilimlarni tatbiq eta bilish qobiliyatini ham tekshirish lozim. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling