qadimgi davrlarda barcha xalqlarda qanday ijtimoiy tuzum bo’lgan?
Qadimgi Sharq, Gretsiya, Rimdagi ko’pchilik xalqlarda bu tuzumning
o’rnini qaysi tuzum olgan? Nima uchun quldorlik tuzumi ibtidoiy jamoa
tuzumiga nisbatan olg’a qarab qo’yilgan bir qadam edi? Quldorlik
tuzumining inqirozga yuz tutishi va yemirilishining sabablari nimada?
G’arbiy Yevropadagi qaysi voqea qadimgi dunyo tarixining tugashi bilan
hisoblanadi?
17
VII sinf “Jahon tarixi” kursining birinchi mavzusini o’rganish oldidan
o’qituvchi: eramizning dastlabki asrlarida germanlar qayerlarda yashaganlar?
Ular nima bilan shug’ullanganlar? Germanlarda qanday ijtimoiy tuzum bo’lgan?
singari savollarni o’rtaga qo’yib, o’quvchilarning qadimgi germanlar hayoti
haqida VI sinfda bilgan narsalarini esga olishlariga yordam beradi. Buning
natijasida o’quvchilar germanlar hayotida va G’arbiy Yevropa tarixida sodir
bo’lgan keyingi o’zgarishlarni chuqurroq anglab oladilar.
Ilgari o’tilgan materialni kirish darsida takrorlash deyarli har bir yangi
mavzuni o’rganishga o’tish oldidan zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |