muhokama qilinmagan biror masalani darslikdan o’qib va undagi tegishli rasm
va xaritadan foydalanib mustaqil ravishda o’rganish vazifasi beriladi. Bunday
ko’nikmalarini rivojlantirish, ularning fikrlash qobiliyatini o’stirish uchun
zarurdir. Biroq mustaqil o’rganish uchun beriladigan materialning hajmi katta
ko’nikmalariga qarab differensiyalshtirib berish juda muhimdir. Masalan,
o’qituvchi o’rganilayotgan voqealar sodir bo’lgan joyni tarix xaritasidan
topishga qiynalayotgan o’quvchilarga kontur xaritada bajariladigan maxsus
51
51
topshiriqlar berishi, reja, sxema, va diagrammalar tuzishga qiynaladigan yoki,
aksincha, bunday ishga ko’proq qiziqadigan o’quvchiga esa reja, sxema, va
diagrammalar tuzish yuzasidan qo’shimcha mashqlar berishi mumkin. Tarixga
juda ham qiziqadigan o’quvchilarga sinfda ishlatish uchun ko’rsatmali o’quv
quroli (maket, sxema, jadval) yasash, o’qish kitobi, Bolalar ensiklopediyasi,
badiiy – tarixiy asarlardan foydalangan holda, o’zlarini qiziqtitgan ayrim masala
haqida qisqaroq og’zaki axborot tayyorlash kabi kichikroq topshiriqlar berish
mumkin.
O’qituvchining uyga berilgan topshiriqlar qanday bajarilganini har kuni
tekshirib borishi – o’quvchilarning uyda muvaffaqiyat bilan muntazam dars
tayyorlashlarining zarur shartidir.