Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


II.II. O’rganilgan materialni takrorlash va umumlashtirish


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

II.II. O’rganilgan materialni takrorlash va umumlashtirish. 

O’rganilgan  materialni  takrorlash,  uni  umumlashtirish  va  tizimga  solish 

o’quv  jarayonining  eng  muhim  elementlaridan  biridir.  Tarixiy  materialni 

takrorlash  dalillar,  xulosalar  va  ta’riflarni  oddiygina  eslatib  o’tishdan  iborat 

bo’lib qolmasligi uchun, yangi o’rganiladigan dalillarni umumlashtirish, tizimga 

solish  va  ularni  mavzu,  bo’lim,  kurs  yuzasidan  hosil  qilingan  bilimlar  tizimiga 

kiritishning maxsus usullarini qo’llash zarur. 

O’tilgan  material  o’quv  jarayonining  hamma  qismlarida  takrorlanadi  va 

umumlashtiriladi.  O’quvchilar  bilimi  ularning  uyga  vazifa  qilib  berilgan  yoki 

ilgari  o’rganilgan  materialni  takrorlashlari  va  umumlashtirishlari  vaqtida 

tekshiriladi.  Yangi  materialni  o’rganishga  kirishish  –  ilgari  o’tilgan  va  yangi 

materialni  yaxshiroq  o’zlashtirish  uchun  zarur  bo’lgan  materialdagi  dalillarni 

takrorlash 

va 


umumlashtirishdan 

iboratdir. 

Materialni 

xotirada 

mustahkamlashda  ham,  uy  topshirig’ida  ham  takrorlash  va  umumlashtirish 

elementlari bor. 

Takrorlashning  quyidagi turlarini  ko’rsatib  o’tish  munkin:  kirish  darsidagi 

takrorlash,  dars  mazmuniga  mavzu  jihatdan  bog’langan  kundalik  takrorlash, 

o’rganiladigan  kursning  ayrim  mavzulari,  bo’limlari  va  muammolariga  doir 

umumlashtiruvchi  takrorlash  butun  kurs  materialini  umumlashtiruvchi  yakuniy 

takrorlash. 

Takrorlashning  ana  shu  turlarini  qadimgi  dunyo  va  o’rta  asrlar  tarixi 

kurslariga tatbiq etgan holda birma – bir ko’rib chiqamiz.      


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling