Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

Umumlashtiruvchi           

 

 

 Umumlashtiruvchi takrorlash  

 

takrorlash   

 

kursning    burun  bir  mavzusi  yoki 

bo’limidagi  materialni  o’z  ichiga  oladi,  ba’zi  hollarda  esa,  har  xil  mavzu  va 

bo’limlardan  olingan,  jamiyat  hayotining  muayyan  muammolari,  muayyan 

tomonlariga doir  materialni tizimga soladi. Bunday takrorlash bir turdagi voqea 

va  hodisalarning  umumiy  xususiyatlarini  va  farqlarini  aniqlab  olishga  yordam 

beradi, bu esa o’quvchilarning maktabda tarixdan o’tiladigan butun bir kurs yoki 

bir  necha  kurs  davomida  hosil  qilib  boriladigan  eng  muhim  tushunchalarni 

o’zlashtirib  olishlari  uchun  juda  muhimdir.  Yakuniy  takrorlashning  maqasdi  – 

butun  kursning  asosiy  mazmunini  umumlashtirishdir.  Bu  umumlashtirish 

vaqtida  o’qituvchi  o’quvchilarning  o’quv  yili  oxirigacha  hosil  qilgan  bilim  va 

malakalariga  tayanadi.  Umumlashtiruvchi  takrorlash  vaqtida  o’quvchilarda 

butun  kursga  doir  eng  muhim  tarixiy  tushunchalarning  shakllanishi  nihoyasiga 

yetadi. Quldorlik tuzumi haqidagi tushunchalar tizimini ma’lum darajada yaxlit 

bir  tizim  tusiga  kiritish  uchun  –  ibtidoiy  jamoa  tuzumining  yemirilishi  va 

qulchilikning vujudga kelishidan to Rim quldorlik imperiyasining halokatigacha 

o’tgan  davr  ichidagi  asosiy  dalillarni  o’quvchilarning  esiga  tushirish  va 

umumlashtirish zarur. 

Butun dars yuzasidan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi yakuniy takrorlash 

bir  turdagi  tarixiy  hodisalarni  umumiy  tushuncha  ostiga  kiritish  vositasi  bo’lib 




 

 

56 



56 

xizmat  qiladi.  Masalan,  o’rta  asrlar  kursini  yakunlash  darsida  o’quvchilar 

feodalizmning 

rivojlanishidagi 

uch 

davrdan 


har 

birining 

xarakterli 

xususiyatlarini  takrorlash  asosida  o’qituvchi  yordami  bilan  “feodal  tuzum” 

degan  umumiy  tushunchaga  feodalizmning  asosiy  belgilari  to’g’risidagi 

o’zlariga  ma’lum  tushunchalarnigina  emas,  balki  feodalizmning  yemirila 

borishi,  yani  feodal  Yevropa  mamlakatlarida  kapitalistik  munosabatlarning 

vujudga kela boshlashi, sinfiy kurashning keskinlashuvi, o’rta asrlarning so’nggi 

davrida  absolyut  monarxiyaning  o’rnatilishi  haqidagi  tushunchani  ham 

kiritadilar.  Umumlashtiruvchi  yakuniy  takrorlash  vaqtida  o’quvchilarga  bir 

turdagi tarixiy hodisalarni va tarixiy dalillar o’rtasidagi bir xil sabab – natijali va 

qonuniyatli bog’lanishlarni taqqoslash yo’li bilan tarixiy taraqqiyotning ba’zi bir 

umumiy  qonuniyatlari  anglatiladi.  Masalan,  o’rta  asrlardagi  sinfiy  kurash 

muammolariga  bag’ishlangan  maxsus  yakuniy  darsda  dehqonlar  tomonidan 

feodallarga qarshi olib borilgan qo’zg’olinlar va urushlarning umumiy sabablari, 

xususiyatlari  va  oqibatlarini  takrorlash  va  taqqoslash  natijasida,  o’quvchilarga 

bu qo’zg’olon va urushlarning umumiy qonuniyatlari anglatiladi va ular, feodal 

jamiyatda  sinfiy  kurash  muqarrar  suratda  sodir  bo’ladi,  degan  xulosaga  olib 

kelinadi. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling