Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги
yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz
yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat,
yurtimizning fidoiy, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz” 20 deganda ana shu holatni nazarda tutadi. Xalqimizning hamda jahon xalqlarining uzoq tarixi o’tmishida ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash olib borilganidan guvohlik beradi. “Jahon tarixi” ni o’rganish o’quvchilarga jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida millatlararo munosabatlar madaniyatining yuksak darajasi va insonparvarligi doimo ular turmush darajasi hamda jamiyat ma’naviy sofligining eng muhim ko’rsatgichi bo’lib kelganligini chuqur anglab olishlarida yordam beradi va ularni bu an’analarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalaydi. Bundan tashqari o’quvchilar nafaqat jahon xalqlari, balki o’zbek
20 I. Karimov. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T. “O’zbekiston”. 1998 yil. 18 – bet.
66 66 xalqining mehnatsevarligi, erksevarligi va odamiyligi, ma’rifatparvarligi, ota – onaga mehribonligi, oilaga sadoqati, bolajonligi, Vatanga, el – yurtga , tabiatga mehr – muhabbati kabi olijanob xislatlari bilan ham tanishadilar. O’zbekiston hududdining boy tabiiy shart – sharoiti, xalqning mehnatsevarligi, o’z yurtiga mehr – muhabbat,i sadoqati bilan uyg’unlashib, tarixiy taraqqiyotni tezlashtirgan, xalq faollarining aql – zakovati, ilm – fan va madaniyat rivojlanishiga sabab bo’lgan.
Osiyo bilan Yevropa o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning Movarounnahr orqali olib borilgani ham yurtimiz tarixiy, madaniy taraqqiyotiga, xalqimiz iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiayt kasb etgan, xalqimizning, ayniqsa insonparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi oliyjanob an’analari mazmunana boyishiga sabab bo’lgan va o’z navbatida bu an’analar umuminsoniy qadriyatlarga muhim hissa bo’lib qo’shilgan. “Jahon tarixi” hamda “O’zbekiston tarixi” darslarida ana shu aniq ma’lumotlarni jalb qilish ta’lim – tarbiya jarayonini insonparvarlasjtirish, o’quvchilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi. O’quvcilar e’tiborini o’tmish ota – bobolarimizning ulkan madaniy va ma’naviy merosiga jalb etish, jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga katta va o’lmas hissa qo’shgan Beruniy, Farg’oniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy kabi madaniyatimizning benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Jahon xalqlarining o’tmish tarixini o’rganganimizda, bizga uzoq vaqt singdirib kelingan g’oya, tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan baholash yoki noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanmog’imiz zarur. Sababi qadimgi dunyo va o’rta asrlar davrida siyosiy vaziyat, mafkura doirasi o’zgacha bo’lganligi hammamizga ma’lum. Qolaversa, davr mahsuli: tarixiy shaxslar, oddiy fuqarolardan tortib qirollargacha hamma – hammalarining o’z g’oyalari, tushunchalari, maqsad va intilishlari bo’lganligi tabiiy. O’tmishdagi har bir jamiyat o’zidan avvalgisiga nisbatan ilg’orroq bo’lib, unda yashagan barcha insonlar hamisha yaxshilikka, ezgu niyatlar sari intilganlar. Tarixiy taraqqiyot
67 67 insoniyatning asrlar osha to’plangan bilimlarini, ongi, maqsadlari, talablari ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz. Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay turib kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero, bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat qiladigan amaliy xulosalar chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi.
Fanda jahon tarixi insoniyat taraqqiyoti haqida to’la va batafsil tasavvur, bilim hamda tishunchalar berib yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor sohasidir. Jahon xalqlarining tarixiy tajribalaridan foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar hayotidan, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidan, yangi va farovon jamiyat qurish yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.
Biz insoniyatning o’tmish tarixini o’rganganimizda uni sobiq sovetlar davrida hukmron bo’lgan g’oya, ya’ni tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan talqin etishlardan yoki noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanishimiz zarur. Chunki, “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz,
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling