Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


yashagan.  Bunga  moziy  guvoh.  Millatimiz  tarixi  haqidagi  haqiqat


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

yashagan.  Bunga  moziy  guvoh.  Millatimiz  tarixi  haqidagi  haqiqat, 

yurtimizning  fidoiy,  o’z  yo’lidan,  maslagidan,  so’zidan  qaytmaydigan 

farzandlariga  ochilishi  lozim.  Bilishimiz  shart  bo’lgan  tarix  sahifalarini 

qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz”

20

 deganda ana 

shu  holatni  nazarda  tutadi.  Xalqimizning  hamda  jahon  xalqlarining  uzoq  tarixi 

o’tmishida  ozodlik,  istiqlol  uchun  tinimsiz  kurash  olib  borilganidan  guvohlik 

beradi.  “Jahon  tarixi”  ni  o’rganish  o’quvchilarga  jahon  xalqlari  tarixiy 

taraqqiyotining  hamma  bosqichlarida  millatlararo  munosabatlar  madaniyatining 

yuksak  darajasi  va  insonparvarligi  doimo  ular  turmush  darajasi  hamda  jamiyat 

ma’naviy sofligining eng  muhim ko’rsatgichi bo’lib kelganligini chuqur anglab 

olishlarida  yordam  beradi  va  ularni  bu  an’analarga  nisbatan  hurmat  ruhida 

tarbiyalaydi.  Bundan  tashqari  o’quvchilar  nafaqat  jahon  xalqlari,  balki  o’zbek 

                                                

20

 I. Karimov.  “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T. “O’zbekiston”. 1998 yil. 18 – bet. 




 

 

66 



66 

xalqining  mehnatsevarligi,  erksevarligi  va  odamiyligi,  ma’rifatparvarligi,  ota  – 

onaga  mehribonligi, oilaga sadoqati, bolajonligi, Vatanga, el  –  yurtga , tabiatga 

mehr  –  muhabbati  kabi  olijanob  xislatlari  bilan  ham  tanishadilar.  O’zbekiston 

hududdining  boy  tabiiy  shart  –  sharoiti,  xalqning  mehnatsevarligi,  o’z  yurtiga 

mehr  –  muhabbat,i  sadoqati  bilan  uyg’unlashib,  tarixiy  taraqqiyotni 

tezlashtirgan,  xalq  faollarining  aql  –  zakovati,  ilm  –  fan  va  madaniyat 

rivojlanishiga sabab bo’lgan. 

 

Osiyo  bilan  Yevropa  o’rtasidagi  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarning 



Movarounnahr orqali olib borilgani ham yurtimiz tarixiy, madaniy taraqqiyotiga, 

xalqimiz  iqtisodiy,  ma’naviy  rivojlanishida  muhim  ahamiayt  kasb  etgan, 

xalqimizning,  ayniqsa  insonparvarlik,  ma’rifatparvarlik  kabi  oliyjanob 

an’analari  mazmunana  boyishiga  sabab  bo’lgan  va  o’z  navbatida  bu  an’analar 

umuminsoniy  qadriyatlarga  muhim  hissa  bo’lib  qo’shilgan.  “Jahon  tarixi” 

hamda  “O’zbekiston  tarixi”  darslarida  ana  shu  aniq  ma’lumotlarni  jalb  qilish 

ta’lim – tarbiya jarayonini insonparvarlasjtirish, o’quvchilarda yuksak ma’naviy 

fazilatlarni  tarbiyalash  vazifalarini  muvaffaqiyatli  hal  qilish  imkonini  beradi. 

O’quvcilar e’tiborini o’tmish ota – bobolarimizning ulkan madaniy va ma’naviy 

merosiga  jalb  etish,  jahon  ilmiy  tafakkuri  va  madaniyati  taraqqiyotiga  katta  va 

o’lmas  hissa  qo’shgan  Beruniy,  Farg’oniy,  Ibn  Sino,  Ulug’bek,  Navoiy  kabi 

madaniyatimizning  benazir  allomalari  nomlarini  hurmat  bilan  tilga  olish,  ular 

bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi. 

  

Jahon  xalqlarining  o’tmish  tarixini  o’rganganimizda,  bizga  uzoq  vaqt 



singdirib kelingan  g’oya, tarixni sinfiy kurashlar  nuqtai  nazaridan baholash  yoki 

noo’rin bo’rttirib  ko’rsatishlardan  saqlanmog’imiz  zarur.  Sababi  qadimgi dunyo 

va  o’rta  asrlar  davrida  siyosiy  vaziyat,  mafkura  doirasi  o’zgacha  bo’lganligi 

hammamizga  ma’lum.  Qolaversa,  davr  mahsuli:  tarixiy  shaxslar,  oddiy 

fuqarolardan  tortib  qirollargacha  hamma  –  hammalarining  o’z  g’oyalari, 

tushunchalari,  maqsad  va  intilishlari  bo’lganligi  tabiiy.  O’tmishdagi  har  bir 

jamiyat  o’zidan  avvalgisiga  nisbatan  ilg’orroq  bo’lib,  unda  yashagan  barcha 

insonlar  hamisha  yaxshilikka,  ezgu  niyatlar  sari  intilganlar.  Tarixiy  taraqqiyot 




 

 

67 



67 

insoniyatning  asrlar  osha  to’plangan  bilimlarini,  ongi,  maqsadlari,  talablari 

ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish 

borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz.  



 

Ma’lumki,  o’tmishni  o’rganmay  turib  kelajakni  yaratib  bo’lmaydi.  Zero, 

bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina 

to’liq  idrok  etiladi.  Darhaqiqat,  tarixdan  kelajakka  xizmat  qiladigan  amaliy 

xulosalar chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi. 

 

Fanda  jahon  tarixi  insoniyat  taraqqiyoti  haqida  to’la  va  batafsil  tasavvur, 



bilim  hamda  tishunchalar  berib  yoshlarning    har  tomonlama  barkamol  shaxs 

bo’lib  yetishishida  muhim  o’rin  tutadi.  Zotan,  komil  inson  tarbiyasi  davlatimiz 

siyosatining  ustivor  sohasidir.  Jahon  xalqlarining  tarixiy  tajribalaridan 

foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar 

hayotidan, iqtisodiy  va  madaniy taraqqiyotidan,  yangi  va  farovon jamiyat qurish 

yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi 

davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi. 

 

Biz  insoniyatning  o’tmish  tarixini  o’rganganimizda  uni  sobiq  sovetlar 



davrida  hukmron  bo’lgan  g’oya,  ya’ni  tarixni  sinfiy  kurashlar  nuqtai  nazaridan 

talqin  etishlardan  yoki  noo’rin  bo’rttirib  ko’rsatishlardan  saqlanishimiz  zarur. 

Chunki,  “Biz  xalqni  nomi  bilan  emas,  balki  madaniyati  orqali  bilamiz, 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling