Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


O’quvchilarni  mavzuga  doir  eng  muhim  masalalar  to’g’risidagi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

O’quvchilarni  mavzuga  doir  eng  muhim  masalalar  to’g’risidagi 

savollarga  qisqacha  javob  berish  uchun  turg’izizb  so’rash.  O’quvchilar 

savollarga  doska  yoki  xarita  oldiga  chiqib  batafsil  javob  berishdan  tashqari, 

turgan  joylaridan  qisqacha  javob  berishlari  ham  mumkin.  Tekshirishning  bu 

formasi  o’quvchilarni  dars  va  mavzu  mazmunidagi  asosiy  narsani  ajratib 

ko’rsatishga,  javoblarni  qisqacha  ifodalashga  o’rgatadi.  Bu  usulda  ozgina  vaqt 

ichida anchagina o’quvchidan so’rab chiqish mumkin bo’ladi. 

 

Ammo  o’quvchilarni  qisqacha  javob  berish  uchun  turg’izib  so’rash  VI  – 



VII  sinflarda  o’quvchilar  bilimini  tekshirishning  asosiy  formasiga  aylantirib 

yuborilsa,  quyidagi  kamchilijklar  yuz  beradi:  javoblar  ma’lum  darajada 

sxematik  tus  oladi  va  umumiy  fikrlar  yetarlicha  aniqlashtirib  berilmaydi; 

o’quvchilarning  darslik  matni  ustida  qunt  bilan  ishlashga  e’tiborlari  kamayadi; 

o’qituvchilarning  o’quvchilar  nutqiga  nisbatan  talabchanligi  bo’shashib  qoladi; 

qisqa  javoblarga  qo’yilgan  baholar,  o’quvchilarning  bir  necha  darsda  bergan 

hamma javoblari uchun qo’yilmagan bo’lsa, ko’pincha tasodifiy baho bo’ladi. 

 

O’quvchilarni  savollarga  javob  qaytarish  uchun  o’z  joyida  turg’izib 



so’rashning  eng  muhim  formalaridan  biri  –  ularni  o’rtoqlarining  javoblarini 

to’ldirish  va  tuzatishga  jalb  qilishdir.  Odatda  VI  –  VII    o’quvchilari  bu  paytda 

juda  faollashib  ketadilar,  savol  berilgan  oq’uvchining  javobini  diqqat  bilan 

tinglaydilar va zo’r ishtiyoq bilan unga tuzatish hamda qo’shimchalar kiritadilar. 

Ularning bunday tuzatish va qo’shimchalari, ko’pincha, bir xil dalillarni  bir oz 

boshqacharoq  variantda  takrorlash  xususiyatiga  egadir.  Lekin  savollarga 

berilgan javoblarni taqriz qilish qanday bo’lishi kerakligi o’qituvchi tomonidan 

tushuntirib  borilsa  va  bu  ishni  o’quvchilar  tez  –  tez  mashq  qilib  tursalar, 

ularning  savollarga  qaytarilgan  javoblarni  taqriz  qilishlari  asta  –  sekin  ancha 

mazmunli bo’lib boradi. O’quvchilar o’rtoqlarining  javoblaridagi dalillargagina 

emas,  balki  umumlashtirishlarga  ham  tuzatish,  aniqlik  va  qo’shimchalar  kirita 

boshlaydilar, materialning tartibi bilan bir boshdan bayon qilinmaganini, xulosa 




 

 

63 



63 

chiqarilmaganini  yoki  u  asoslab  berilmaganini  aytadilar.  Savollarga  qaytarilgan 

javoblardagi  mayda  –  chuyda  tafsilotlarni  to’ldirishga  urinish  tobora  kamayadi; 

VII  sinf  o’quvchilari  javoblarda  aytilmay  qolgan  narsalarga  ko’proq  e’tibor 

beradilar. 

 

O’quvchilarning o’ z o’rtoqlari javobini taqriz etishlari ularning saviyasini 



o’stirishda  katta  ahamiyatga  egadir.  O’rtoqlarining  javoblarini    tuzatish  va 

to’ldirish ishiga iloji boricha sinfdagi hamma o’quvchilarni – faol o’quvchilarni 

ham,  past  o’zlashtiruvchi  o’quvchilarni  ham  jalb  etish  lozim.  Bu  tuzatish  va 

qo’shimchalarni qilgan o’quvchilarga ham tegishli baho qo’yish zarur. VI – VII 

sinflardagi  tarix  darslarida  goho  ba’zi  o’quvchilarga  “dars  yuzasidan”,  yani 

ularning shu darsda bajargan hamma ishlari yuzasidan baho qo’yishga muvaffaq 

bo’linadi. Bizning fikrimizcha, o’quvchilarning bir darsda bergan qisqa javoblari 

uchun  emas,  balki  bir  necha  darsda  bergan  qisqa  javoblarining  hammasi  uchun 

baho  qo’yish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  vaqtda  o’qituvchi  savollarga  o’z 

joyida  turib  javob  qaytargan  o’quvchilarning  to’g’ri  noto’g’ri  javoblarini, 

o’rtoqlari  tomonidan  bu  javoblarga  kiritilgan  tuzatish  va  to’ldirishlarni  maxsus 

daftarga  yozib  oladi,  keyin  shularni  hisobga  olgan  holda,  jurnalga  umumiy 

bahoni qo’yadi. 

 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling