¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar
2.4. KURS ISHI MAVZUSINI REJA ASOSIDA IZCHIL BAYON ETISH Talaba “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan yozayotgan kurs ishining bo„lim (bob)larida ko„tarilgan masalalar bo„yicha o„z kuzatishlari, tahlillari asosida umumlashma xulosalar chiqarishi va ularni ishda izchil tarzda bayon etishi lozim bo„ladi. Kurs ishida, ayniqsa, bo„lim (bob)larning bir-biri bilan o„zaro bog„liqligi, bo„lim (bob) bandlarining aloqadorligi, ular o„rtasidagi mantiqiy ketma-ketlikka rioya qilish zarur. 13 Kurs ishining umumlashma nazariy xulosalarni izchil bayon etish bosqichi ishning tugallangan holatda ekanini ko„rsatadi. Fikrning izchilligini ta‟minlash maqsadida kurs ishi rejasi tuziladi. Muayyan reja asosida yozilgan har qanday kurs ishining asosiy qismi mantiqan o„zaro bog„liq bo„lim (bob)lardan tashkil topadi. Reja asosida yozilgan kurs ishlarining umumiy tuzilishi o„zaro mantiqan bog„liq quyidagi qismlardan tarkib topishi lozim: 1) umumiy tavsif; 2) kirish qism; 3) mavzu bayoni (asosiy qism); 4) umumlashma xulosalar bayoni; 5) foydalanilgan adabiyotlar; 6) ilova (izohlar, jadval va chizmalar). Qayd etilgan bu masalalar kurs ishida ketma-ketlikda yoritilsa, fikr izchilligiga putur yetmaydi. 2.5. “HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan yoziladigan kurs ishlarini reja asosida, izchillikka rioya qilingan holda, o„zbek adabiy tilida, tartibli, aniq va bexato yozish talab etiladi. Kurs ishini yozishda o„zbek adabiy tilining orfografik me‟yoriga muvofiq kelmaydigan turli qisqartmalardan, noadabiy qatlamga oid har xil qo„llanishlardan foydalanish man etiladi. Kurs ishi elektron yoki qo„lyozma shakllarda yoziladi. Kurs ishi qo„lyozma shaklida bajarilganda ko„k siyohli ruchkada, chiroyli dasxat bilan yozilishi lozim. Mavzu bayonida qizil siyohli ruchka ishlatilmaydi. Zarur o„rinlarda yashil, qora siyohli ruchkalardan foydalanish lozim. Elektron shakldagi kurs ishining hajmi A4 formatdagi qog„ozda 20-25 Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling