¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


“HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHLARINI


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana19.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1102501
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar

2.6. HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHLARINI 
OCHIQ HIMOYA QILISH 
“Hozirgi o„zbek adabiy tili” fani bo„yicha tashkil etiladigan kurs ishlari 
mutaxassislik kafedralarida belgilangan tartibda himoya qilinadi. 
Kurs ishi ilmiy rahbar taqrizidan o„tib (4-ilova), himoyaga tavsiya etilgach, 
talaba ishni kafedraning maxsus yig„ilishida ochiq himoya qiladi. 
Kurs ishini himoya qilish yakuniy baholash nazorati haftasi oralig„ida
o„tkaziladi. Himoya kuni oldindan belgilanib, talabalarga e‟lon qilinadi. Talaba kurs 
ishini maxsus tuzilgan hay‟at huzurida himoya qiladi. Himoya vaqtida talaba kurs ishi 
mavzusining o„rganilganlik darajasi, kurs ishida amalga oshirilgan vazifalar, kurs 
ishining tadqiq obyekti va metodi, ishning ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining 
tuzilishi haqida ma‟lumot beradi hamda mavzuning asl mohiyatini qisqa sharhlaydi. 
Shu bilan birga, ilmiy rahbar taqrizida ko„rsatilgan e‟tiroz va kamchiliklarga javob 
beradi.
Himoya jarayonida talaba kurs ishida ko„tarilgan muammo yuzasidan chuqur 
bilimga ega ekanligini namoyon etishi, muammo bo„yicha o„z nuqtayi nazarini bayon 
qilishi lozim. 
Kurs ishini himoya qilish vaqtida talabaga hay‟at a‟zolari, shuningdek, himoyada 
ishtirok etayotgan professor-o„qituvchilar, talabalar mavzu yuzasidan savollar berishi 
mumkin.
Hay‟at a‟zolari talabaning himoyadagi javoblari asosida uning yozgan ishiga 
yakuniy baho qo„yadilar. Agar kurs ishi talab darajasida yozilmagan bo„lsa, talaba kurs 
ishi himoyasiga qoyilmaydi va ish qayta ishlash uchun qaytariladi. Kurs ishini 
belgilangan muddatda rasmiylashtirmagan hamda uni himoya qilmagan, shuningdek, 
hay‟at a‟zolari tomonidan kurs ishi qoniqarsiz baholangan talaba akademqarzdor 
sanaladi. 


17 
Ko„tarilgan muammoning tadqiq darajasi, kurs ishi va uning bo„lim (bob)larida 
ko„tarilgan masalalar tahlili asosida mukammal darajada yozilgan ilmiy asoslarga boy 
kurs ishini amaliyotga tatbiq etishga, xususan, amaliy va tajriba mashg„ulotlarida, 
talabalar ilmiy anjumanlarida foydalanishga tavsiya etish mumkin. Himoya hay‟ati 
qarori asosida bunday kurs ishini nashr etishga tavsiya etish ham mumkin.
Mukammal yozilgan kurs ishini talaba bitiruv malakaviy ishi darajasiga olib 
chiqishi ham mumkin. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling