¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


“Bog‘langan qo‘shma gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana20.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787907
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1

 
“Bog‘langan qo‘shma gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi 
(О’.Umarbekov asarlari misolida)” mavzusidagi kurs ishini quyidagi reja 
asosida yozish tavsiya etiladi: 
 
KURS ISHI REJASI 
 
Kurs ishining umumiy tavsifi.
Kirish.
О’zbek tilshunosligida qo‘shma gaplarning tadqiqi masalasi. 
I. Bog‘langan qo‘shma gaplarning sintaktik tuzilishi.
1.1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda polipredikativlikning ifodalanishi. 
1.2. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar.
II. Bog‘langan qo‘shma gaplarning semantik tuzilishi. 
2.1. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida shakllangan mazmuniy 
munosabatlar. 
2.2. Bog‘langan qo‘shma gaplarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik.
Umumiy xulosalar. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
Ilova. 
Kurs ishining umumiy tavsifida mavzuning dolzarblik darajasi 
belgilanadi, o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, tekshirish obyekti 
va metodi, ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, 
kurs ishining tuzilishi va hajmi to‘g‘risida umumiy ma’lumot beriladi. 
Kurs ishining Kirish qismida “О’zbek tilshunosligida qo‘shma 
gaplarning tadqiqi masalasi”ga munosabat bildiriladi.


29 
Ma’lumki, shu kunga qadar o‘zbek tilshunosligida qo‘shma gaplar 
formal-struktur, semantik-sintaktik, formal-funksional yo‘nalishlarda tadqiq 
etildi. Shu sababli o‘zbek tilshunosligida qo‘shma gaplar tadqiqiga oid 
ishlarning salmog‘i keng. Bu ishlar ichida, ayniqsa, M.Asqarova, 
A.Berdialiyev, 
N.Mahmudov, 
S.Solixo‘jayeva, 
R.Sayfullayevalarning 
tadqiqotlari ahamiyatga molik.
Qo‘shma gaplarning semantik-sintaktik tuzilishi masalasi “Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili”, “О’zbek tili grammatikasi” darsliklarining “Sintaksis” 
bo‘limida ham keng yoritilgan. Talaba mavjud barcha adabiyotlarni chuqur 
tahlil qilish asosida o‘zbek tilshunosligida qo‘shma gaplarning o‘rganilishi 
darajasini belgilaydi va bu haqidagi xulosalarini kurs ishining Kirish qismida 
bayon qiladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling