Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги


Download 240 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi240 Kb.
#1576271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 Kundalik 3-kurs

Umumiy qoidalar

1.1. Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi va vazifalari
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi: 5233300 – Agrobiznes va investitsion faoliyat yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining texnologik-ishlab chiqarish amaliyoti agrobiznesda kelajakda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarini boshqarishlari uchun ularni bilimli va yuqori malakali mutaxassislar qilib tayyorlanishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ishlab chiqarish amaliyoti o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uning maqsadi talabalarni agrobiznesda, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarida bo‘ladigan ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirishdir.
Ishlab chiqarish amaliyotining vazifalari: Talabalarni tanlangan mutaxassiligi bo‘yicha bilim doiralarini kengaytirish va fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalaridagi ish sharoitlari bilan tanishtirish amaliyotning vazifasi hisoblanadi. Bundan tashqari talabalarni universitetda mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilimlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishga tayyorlash ham ishlab chiqarish amaliyotining vazifasidir.
Ishlab chiqarish amaliyoti tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib talabalarni ishlab chiqarish sharoitida jamoa bilan ishlashga va unga topshirilgan ishga mas’uliyat bilan qarashga o‘rgatadi.
Talabalar ixtisoslik fanlari bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarning tarkibiy qismlari bilan yaqindan tanishishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda har bir talaba ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida shaxsan ishtirok etishi va agrobiznesda, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish, tahlil qilish va boshqarishni o‘rganish vazifalari qo‘yilgan.


1.2. Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmasiga DTS da qo‘yiladigan talablar
Bakalavrlar:
-amaliyot o‘tayotgan fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jalik korxonalari misolida ishlab chiqarishni tashkil qilish;
-biznes-reja tuzish tartibi rejalashtirish;
-ishlab chiqarishni iqtisodiy-statistik tahlil etish tasavvuriga ega bo‘lishi kerak;
-ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatgichlari bo‘yicha tahlil etish;
-ishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarish va huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy bilimlarni bilishi va qo‘lay olishi kerak;

  • amaliyot jarayonida o‘rganilayotgan ob’ektning tashkil topishi, ixtisoslashuvi va biznes reja ko‘rsatkichlari, uni tuzish va tayyorlash tartibi bilan mukammal tanishiladi. O‘rganilayotgan fermer xo‘jaliklari ko‘rsatkichlari, o‘rtacha tuman bo‘yicha fermer ko‘rsatkichlariga solishtirish va tahlil qilish yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.


Download 240 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling