1.3. Ishlab chiqarish amaliyotini boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Ishlab chiqarish amaliyotida o‘quv jarayonida o‘rganiladigan barcha fanlar bilan cham-barchas bog‘langandir. Ishlab chiqarish amaliyotni mukammal o‘zlashtirish uchun talabalar quyidagi fanlar bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. Agrar bozor, agrobiznes, agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi, xorijiy fermerlik ish tajribasi, Qishloq xo‘jaligida menejment, Agrobiznesni tashkil etish kabi fanlar shular jumlasidan.
1.4. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun ajratilgan
soatlar soni, semestri va joyi
5233300 – Agrobiznes va investitsion faoliyat yo‘nalishi talabalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishlari ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi 3 bosqich 6-semestrda boshlanib 288 soat (8 hafta) hajmida o‘tadilar.
2. Asosiy qism
2.1. Ishlab chiqarish amaliyotining mazmuni
Ishlab chiqarish amaliyoti boshlanishida ushbu amaliyotga rahbarlik qiladigan o‘qituvchilar tomonidan talabalarga qisqacha ravishda amaliyot o‘tish maqsadi va vazifalari to‘g‘risida tushuncha va axborotlar beriladi. Bunda ishlab chiqarish amaliyotlari o‘tkaziladigan joylar, ya’ni qishloq xo‘jalik korxonalari va fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida talabalar o‘rganilayotgan ob’ektning tashkil topishi, ixtisoslashuvi va biznes reja ko‘rsatkichlari, uni tuzish va tayyorlash tartibi bilan mukammal tanishiladi. O‘rganilayotgan fermer xo‘jaliklari ko‘rsatkichlari, o‘rtacha tuman bo‘yicha fermer ko‘rsatkichlariga solishtiriladi va tahlil qilinadi. Olib borilgan tahlillar bo‘yicha kerakli xulosa va takliflar beriladi. O‘rganilayotgan xo‘jaliklarda kamida 3 yillik ishlab chiqarish, iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganadilar.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining faoliyati bilan tanishuv chog‘ida, xo‘jalik tasarrufidagi jami yer maydoni, shu jumladan, sug‘oriladigan va yaylov yerlaridan foydalanish darajasi, ekiladigan ekin turlari, ularning hosildorligi va olinadigan jami hosil miqdori bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishiladi.
SHuningdek rejalashtirilgan hosilni qo‘lga kiritish uchun qilinadigan xarajat miqdori turlari bo‘yicha va uni qoplash manbai (o‘z mablag‘i va tijorat banklarining kreditlari hisobidan) o‘rganiladi.
Biznes-rejaning kutilayotlgan moliyaviy mablag‘lari qismida fermer xo‘jaligida yil davomida (amaliyotda oyma-oy qilinadigan xarajatlar turi va yo‘nalishi bo‘yicha hisoblangan) xarajatlarning to‘liq qiymati va kutilayotgan daromad manbai har bir ixtisoslashuv tarmog‘i bo‘yicha alohida va umumlashgan xo‘jalik daromadi bilan tanishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |