- GEODEZIYA VA GEOINFORMATIKA KAFEDRASI
- GEODEZIYA VA GEOINFORMATIKA TA’LIM YO`NALISHI
- 2-KURS 2-BOSQICH TALABASI
- GULMUHAMMEDOV BOTIRJONNING
- BAJARDI: GULMUHAMMEDOV.B
- QABUL QILDI:______ XAYITOV.X
- MAVZU: LEICA-ELEKTRON TAXEOMETRI TC-600
- REJA:
- Leica TC-600 taxeometrining tuzilishi.
- 2. Asbobni gorizontal holatga keltirish.
- Shveytsariyada ishlab chiqarilgan. Àsbobning og‘irligi — 4,2 kg.
- Obyektivning diametri — 28 mm. Eng kichik masofa o‘lchovi — 2 m. Eng uzun masofa o‘lchovi — 1100 m. O‘lchov vaqti — 3 sek.
- Xotirasidagi o‘lchov hajmi — 1 200 ta.
- Old tomonidagi 7 ta funksional klavish quyidagi vazifalarni bajardi:
- ALL — burchak va masofani bir paytda o‘lchab xotirasiga oladi.
- DIST — burchak va masofani o‘lchaydi. REC — o‘lchov ma’lumotlarini xotirasiga yozadi. MENU — dasturni o‘zgartiradi.
- CONT — ekran yoritkichini yoqibo‘chiradi. CE — noaniq olingan o‘lchovni o‘chiradi hamda dastur ishining tugaganligini bildiradi. ON — asbobni yoqib-o‘chiradi.
- Leica TC-600 taxeometrining tuzilishi.
- CONT —kiritilgan ma’lumotni tasdiqlaydi. Displey ekranidagi shartli belgilari:
- Ptnt — nuqta nomeri.
- Hz — gorizontal burchak.
- V — vertikal burchak.
- E-X — qiyalik masofa.
- N-Y — gorizontal masofa.
- H-H — balandlik nishoni.
- Asbobni gorizontal holatga keltirish uchun asbob shtativ orqali nuqtaga o‘rnatiladi. Asbobni yoqib MENU, keyin LEVEL dasturiga kiriladi. Ekranda bo‘ylama va ko‘ndalang uchburchaklar hosil bo‘lganga qadar ko‘tarish vintlari orqali to‘g‘rilanadi, keyin PROG-STATION COORD dasturiga kiriladi. ptnt — nuqta nomeri, hi — asbob balandligi yoziladi. X, Y, H ma’lumotlar, agar xotirasi bo‘lsa File orqali chaqiriladi, agar yo‘q bo‘lsa, KEYB orqali qo‘lda kiritiladi va CONT orqali tasdiqlanadi.
- Keyin yo‘naltirish uchun asbob ikkinchi nuqtaga qaratiladi. PROG-Orientation dasturga kiriladi. Ptnt — raqami yoziladi. X, Y, H ma’lumotlari File orqali chaqiriladi va CONT orqali tasdiqlaniladi va ekranda Orientation set yozuv chiqadi. Shunday qilib asbob ishchi holatga keladi. Endi syomka ishlarini bajarish uchun qaytargichni aniq joyga qo‘yib AL tugma bosiladi va 198- rasm. TC-600 markali teodolit leyka. 2 8 7 xotiraga olinadi. Asbob bilan syomka qilinadigan joylarni abrisga nomer bilan yoziladi Leica operativ xotirasiga joylangan nuqta (ma’lumot)lar maxsus dastur Tctools yordamida kompyuter xotirasiga ko‘chirib olinadi, u quyidagi ketma-ketlik yordamida bajariladi: 1. DATA TRANSFER (UPLOAD/DOWNLOAD). 2. DOWNLOAD — shu bo‘limda kompyuterdagi papkaga ma’lumotga nom berib o‘tkaziladi. 3. Kompyuterga maxsus shnur orqali ulanib, Leica ning maxsus ma’lumot uzatish dasturi orqali kompyuterga jo‘natiladi. Mavjud fayl GRE shaklida qabul qilinadi.
- Men bu Leica TC-600 Geodezik asbobdan tasvir hosil qilib bo‘lingach, chizma bo‘limi yordamida tasvir chizig‘i va tasvir uchun qog‘oz o‘lchami belgilanib va tasvir DXF (fayl) shaklida AUTOCAD yoki COREL DRAW dasturlariga qayta ishlash uchun o‘tkazib berilishni o`rganib oldim. Zamonaviy Geodezik asboblar bilan ishlash juda oson va maroqli jarayonni tashkil qiladi.
- O‘.O‘tanov. Geodeziya. O‘quv qo‘llanma. T.: O‘MKHTM, «Bilim» nashriyoti, 2005
- 2) https://library.samdu.uz
- 3) www.ziyouz.com
Do'stlaringiz bilan baham: |