Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
-jadval Boshqaruv hisobiga oid ta'riflar bo„yicha qarashlar
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
1-jadval
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflar bo„yicha qarashlar Boshqaruv hisobiga oid ta'riflar bo„yicha qarashlarning mazmuni 1. - ichki (ichki firma) hisob; 2. - xarajatlar hisobi yoki ishlab chiqarish hisobi (nemis hisob maktabi); 3. - boshqaruv buxgalteriyasi (analitik, marjinal hisob) (fransuz hisob maktabi); 4. - menejmentning ajralmas bir qismi (ingliz-amerika hisob maktabi); 5. - faoliyat (soha)ning bir turi; 6. - iqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlash metodlarini qo‗llash; 7. - boshqaruv axborotlari tizimining bir qismi; 8. - jarayon sifatida; 9. - buxgalteriya hisobi va/yoki boshqaruvning quyi tizimi; 10. - alohida tizim sifatida. 10 Boshqaruv hisobini yuqorida sanab o‗tilgan ta'riflari uni bajaradigan harakatlari (ma'lumotlarni to‗plash, o‗lchash, izohlash, uzatish, saqlash, ishlatish va h.k.), boshqaruv funksiyalarini ifodalash (rejalashtirish, qarorlar qabul qilish, nazorat qilish va boshqalar), ma'lumot iste'molchilarini sanab o‗tish (agentlar, korxonani boshqaruv xodimlari), hisobni boshqa turlaridan tubdan farq qiladigan tomonlarini aniqlash va hokazolarga asoslangan. Bilishning turli bosqichlarida balki boshqaruv hisobini xar xil ta'riflaridan foydalanish mumkindir. Biroq, boshqaruv hisobi bo‗yicha tasavvurlarning kengayib borishi, bilishning tizimliligi, dialektik tamoyilini qo‗llanilishini nazarda tutuvchi boshqa bir bosqichiga o‗tilishi va tizim nazariyasi ta'rifidan kelib chiqib, «boshqaruv hisobi» terminiga aniqlik kiritilib borilishi lozim. Iqtisodiy adabyotlarda boshqaruv hisobi bo‗yicha ta'riflarni ingliz-amerika va Yevropa (Germaniya, Fransiya, Rossiya) yo‗nalishlariga ajratib o‗rgangan. Iqtisodiy adabiyotlarni o‗rganish boshqaruv hisobiga oid yuqoridagilarga o‗xshash yana ko‗plab ta'riflar mavjudligini ko‗rsatdi va shu bois, ular muallif tomonidan bir tizimga keltirilib, tadqiqotning 1-ilovasida taqdim etildi. Ilovadagi ta'riflarni o‗rganish shuni ko‗rsatmoqdaki, bir guruh olimlap hisobning bu tupiga boshqapuv qapoplapini qabul qilishga yo‗naltipilgan xapajatlapni hisobga olish va mahsulot tannapxini kal'kulyasiyalash sifatida ta'pif bepmoqda. Bu ta'rif qisman to‗g‗pidir. Chunki boshqapuv hisobida ishlab chiqapish xapajatlapini hisobga olish va mahsulot tannapxini kal'kulyasiyalash asosiy o‗rin tutadi. Biroq, xapajatlapni hisobga olish va mahsulot tannapxini kal'kulyasiyalash ishlab chiqapish xapajatlapini aks ettipish, mahsulot tannapxini kal'kulyasiya-lashning uslubiyati va texnik tapafiga asosiy e'tiborini qaratadi, boshqapuv hisobi ma'lumot iste'molchilapining mavjud holatni tahlil etish, qapoplar qabul qilish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, mablag‗lapdan foydalanish va tannapxning shaklla-nishini boshqapish, xapajatlapning me'yopdan chetga chiqishini tahlil qilishdan iborat bo‗lgan talablapini o‗pganishga asosiy diqqatini qaratadi, ya'ni bip so‗z bilan aytganda, u ishlab chiqapishni optimallashtipishning faol vositasi hisoblanadi. 11 Boshqa bir guruh iqtisodchi olimlap esa boshqapuv hisobining yanada kengpoq ta'piflashga hapakat qilmoqda. Bu ta'pifga ko‗ra, boshqapuv hisobi xapajatlap va dapomadlapni hisobga olish, butun xo‗jalik faoliyatining, shu jumladan, kapital qo‗yilmaning samapadopligini hisobga olish va xo‗jalik japayonlapini optimallashtipish usullapini o‗z ichiga olmoqda. Tahlillarni ko‗rsatishicha, boshqaruv hisobining rivojlani-shi bir qancha tortishuvlar bilan birgalikda kechmoqda. Boshqaruv hisobining konsepsiyasi bo‗yicha bahs munozara qilinayotgan masala boshqaruv hisobi jarayonlarni schyotlarda aks ettirish, tahlil qilish, rejalashtirish, motivasiyalash (psixologik jihati) va hokazolarni o‗zida qamrab olgan fanmi yoki mazkur fanni mustaqil buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, rejalashtirish kabi fanlarga bo‗lib yuborish kerakmi degan masaladir. Mazkur masalalar tarkibiga moliyaviy va boshqaruv, boshqaruv va ishlab chiqarish hisoblari o‗rtasidagi farqlar hamda o‗zaro munosabatlar masalasini ham kiritish mumkin. Agar mutaxassislar fikrlarini umumlashtiradigan bo‗lsak, ularning fikriga ko‗ra, boshqaruv hisobi menejerlarga qarorlar qabul qilishi uchun kerak bo‗ladigan har qanday ma'lumotlarni yetkazib berishi lozim. Bunda boshqaruv hisobi marketing xizmati, kadrlar bo‗limi, ishlab chiqarishni tashkil qilish xizmati va boshqa shu kabi bo‗limlarning ishiga aralashayotgan bo‗ladi. Bunday yondashuvga ko‗ra boshqaruv hisobi o‗zida hisobga olish, marketing, logistika, moliya va boshqa fanlar turli qismlarining birlash-masini ifodalagan bo‗ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, boshqaruv hisobi-iqtisodiy bilimlarning yangi kompleks qismi hisoblanadi. Boshqaruv hisobi muammolari aks ettirilgan iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish boshqaruv hisobining mazmuni bo‗yicha tortishuvlarga quyidagilar ham sabab bo‗layotganligini ko‗rsatmoqda: - boshqaruv hisobi funksiyasi asossiz «kengaytirilishi» natijasida buxgalterning funksiyasi bilan hisob xodimining funksiyasining ajratilishi; - «Hisob» termini bo‗yicha an'anaviy yondashuvga asosan boshqaruv hisobi funksiyasining asossiz «qisqartirili-shi»; 12 - boshqaruv hisobi nemis va anglo-sakson konsepsiyala-rining aralashib ketishi. Boshqaruv hisobining ta'rifiga «rejalashtirish», «prog-nozlashtirish», «tahlil» va boshqa terminlarni qo‗shish asos-sizdir, chunki buxgalter-analitikni mazkur jarayonlarda ishtirok etishi hisob funksiyasining kengayishini emas, balki buxgalter boshqaruvni amalga oshirayotgan boshqaruvchilarning safiga jalb qilinganligini bildiradi. Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganib boshqaruv hisobi bo‗yicha boshqacha ta'riflarni ham uchratishimiz mumkin. Unga ko‗ra boshqaruv hisobi ma'lumotlarni to‗plash, qayd etish va umumlashtirishni o‗zida qamrab olgan buxgalteriya hisobining bir bo‗lagidir. Boshqa bir ta'rifga ko‗ra esa boshqaruv hisobi korxonaning boshqaruv tizimidir. U boshqaruvni rejalashtirish, tashkil etish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish kabi barcha funksiyalarni o‗z ichiga oladi. Bunda boshqaruv hisobi atamasiga ta'rif berilayotganda bir guruh olimlar undagi «hisob» so‗ziga, ikkinchi bir guruh olimlar esa «boshqaruv» so‗ziga alohida urg‗u bermoqda. Tadqiqotlarga ko‗ra xorijlik olimlarning boshqaruv hisobi bo‗yicha fikrlarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin (2- jadval). Yuqoridagilardan kelib chiqib, fikrimizcha boshqaruv hisobiga quyidagicha ta'rif berish maqsadga muvofiq bo‗ladi, «Boshqapuv hisobi-kopxonadagi umumiy hisob tizimining chetga chiqishlap bo‗yicha boshqapuv usullapini keng qo‗llagan holda, buxgaltepiya hisobi, operativ va statistik hisob funksiyalapini iqtisodiy tahlil, pejalashtipish, nazopat qilish, taptibga solish va istiqbolni belgilash funksiyasi bilan o‗zapo hamkopligini ta'minlaydigan qismi bo‗lib, unga xapajatlapning hosil bo‗lish joylapi va javobgaplik mapkazlapi bo‗yicha hisobga olish, hisobning ilg‗op tizim va usullapini yapatish hamda tatbiq etish ham kipadi». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling