Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


-jadval  Boshqaruv hisobiga oid ta'riflarning xulosalari


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/105
Sana07.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1753475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2

3-jadval 
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflarning xulosalari 
T/r 
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflarning xulosalarining mazmuni 
1. 
Boshqapuv hisobi–ishlab chiqapish xapajatlapini hisob-ga olish va mahsulot 
tannapxini kal'kulyasiyalash-dangina ibopat emas 
2. 
Boshqapuv hisobi hisob (buxgaltepiya va tezkop hisobni) bilan birga hisob 
ma'lumotlapini qayta ishlash va ulapning tahlilini ham o‗z ichiga oladi 
3. 
Boshqapuv hisobi istiqbolni belgilash, qapoplar qabul qilish va boshqapuv 
uchun zapup bo‗lgan ma'lumotlapni o‗z vaqtida hamda to‗liq yetkazib 
bepilishi ustidan nazopat qilishga alohida e'tibop qapatadi 
4. 
Boshqapuv hisobi hisobga olish va analitik ishlapdan tashqapi, xapajatlap, 
mahsulot ishlab chiqapish, alohida tupdagi mahsulotlap pentabelligi hamda 
qapoplar qabul qilish ustidan boshqapish funksiyasini ham bajapadi. 
 
1.2.Boshqaruv hisobi, uning prеdmеti va mеtodi 
Boshqaruv hisobi ham boshqa fanlarga o‗xshab, o‗z predmeti, ob'ekti, 
tamoyili va metodlariga egadir hamda rivojlanish bosqichidadir. 
Tadqiqotlar boshqaruv hisobi predmeti va ob'ekti hamda qo‗llaydigan 
metodlari borasida ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda.
Fikrimizcha, boshqaruv hisobi predmetini ilmiy asoslash uchun mazkur 
masala bo‗yicha muqobil yondashuvlarni ko‗rib chiqish va tahlil qilish lozim (2-
ilova). 
2-ilovadan ko‗rinib turibdiki, barcha tadqiqotlar bir-birini to‗ldirmoqda. 
Ba'zi bir olimlar boshqaruv hisobini axborot funksiyasiga asosiy e'tiborini 


15 
qaratishayotgan bo‗lsa, boshqalari boshqaruv hisobi predmetini uning muhim 
ob'ekti bo‗lgan rejalashtirilgan moliyaviy natijaga erishish uchun qilinadigan 
xarajatlar sifatida ta'riflamoqda.
Bu boradagi tadqiqotlarni o‗rganib, quyidagicha fikrga kelindi: boshqaruv 
hisobining predmeti ishlab chiqarishni boshqarishning butun sikli jarayonidagi 
ob'ektlar majmuasi hisoblanadi. Shu bilan birga, hozirgi kun talabiga javob 
beradigan boshqaruv hisobining predmeti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish 
hamda innovasion faoliyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar
xodimlarni tayyorlash va ishlab chiqarishda ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‗rsatish, 
tashqi muhit agentlari (mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar va kredit 
tashkilotlari)ning o‗zaro hamkorligini qamrab olishi kerak. Bizningcha, boshqaruv 
hisobining predmetiga sifat va jarayonni davom etish muddati ko‗rsatkichlari, 
sub'ektiv baholashlar, masalan, mijozlarni qoniqish darajasi, xodimlarning 
salohiyati va yangi mahsulotni ekspluatasion sifatlarini ham kiritish vaqti yetib 
keldi. 
Boshqapuv hisobi predmetining mohiyatini ob'ektlari ochib beradi. 
Boshqaruv hisobi bo‗yicha iqtisodchi olimlarning bu boradagi tadqiqotlari 3-
ilovada
keltirilgan. Ilovani o‗rganish orqali quyidagi fikrga kelindi: boshqaruv 
hisobi ob'ektlariga korxona va uning tarkibiy bo‗linmalari xarajati va xo‗jalik 
faoliyati natijalari, mas'uliyat markazlari va xarajat markazlari xarajati hamda 
natijalari, ichki baholash, byudjetlashtirish, ichki hisobotlar va korxonaning ichki 
hamda tashqi muhiti kiradi.
Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifalariga keladigan bo‗lsak, iqtisodiy 
adabiyotlarda boshqaruv hisobining maqsadlari bo‗yicha ko‗plab ma'lumotlar 
keltirilgan. Ularni o‗rganish ko‗pgina mualliflar boshqaruv hisobi maqsadini 
quyidagi 1-chizmada
tasvirlangan tartibda belgilayotganligini ko‗rsatmoqda: 


16 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling