Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Byudjetlar bajarilishini baholash va kontrollingining uslubiy jihatlari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
6.2. Byudjetlar bajarilishini baholash va kontrollingining uslubiy jihatlari
Iqtisodiy adabiyotlar tahlili byudjetlashtirish jarayonidagi eng asosiy vazifa: «Korxonalarda tuziladigan byudjetlar nafaqat «Nima va qanday qilish kerak?» - degan savolga, balki «Nimaga erishilmadi va nima uchun?» - degan savollarga ham javob olish ekanligini ko‗rsatmoqda. Byudjetlashtirishni joriy etishdan ko‗zlangan maqsadga erishish uchun byudjet topshiriqlarining bajarilishi darajasi, haqiqiy ko‗rsatkichlarning reja ko‗rsatkichlaridan chetlanish sabablari va aybdorlari bo‗yicha samarali baholash hamda mazkur tahlil natijalariga ko‗ra tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak. 156 Shuni ta'kidlash joizki, amalda byudjetlashtirish korxonani ko‗zlagan maqsadlariga erishishida ko‗rsatgan samarali yordami va haqiqiy axborotlarni reja ko‗rsatkichlari hamda strategik rejada belgilangan maqsadlar bilan muvofiqlash- tirish imkoniyatiga qarab ma'lum bir ahamiyatga ega bo‗ladi. Ushbu vazifalarni hal qilish uchun esa korxonalar byudjet bajarilishini baholash va monitoringini olib borishning samarali tizimiga ega bo‗lishi lozim. Byudjet bajarilishining monitoring tizimi aslida byudjetlashtirish jarayonining davomi hisoblanadi va byudjetlar bajarilishi jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Uning asosiy mohiyati byudjetlar bajarilishini kafolatlashni yo‗lga qo‗yish va umuman olganda boshqaruv jarayoni samaradorligini oshirishdan iboratdir. Bu masala iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritilgan bo‗lib, iqtisodchi olim K.V.Shiborsh byudjetlar ijrosi kontrollingini* 2 batafsil bayon etgan. Unga ko‗ra: «Byudjet bajarilishining ichki nazorat tizimi (yoki kontrollingi)–kompaniya tomonidan byudjet davrida mablag‗, xarajat va majburiyatlarini samarali boshqarishni baholash va tahlil qilish (joriy faoliyatni doimiy monitoring qilish, mahsulot hajmi va xarajatlarni byudjet standartlari bilan taqqoslash va ortiqcha xarajatlarga yo‗l qo‗ymaslik) uchun mo‗ljallangan rasmiy yoki norasmiy mantiqiy tuzilmadir». Demak, byudjet bajarilishining monitoringi shunchaki «yuqoridan» nazorat qilishdan ham mazmunan, ham shaklan farq qilib, qo‗shimcha ravishda bo‗linmalar uchun o‗z faoliyatini samarali olib borishiga imkoniyat yaratadigan reja-analitik masalalar majmuidan iborat. Byudjet bajarilishini nazorat qilish tizimi umuman olganda byudjetlashtirishdan ko‗zlangan samaraga erishish uchun byudjetga qo‗shilgan o‗ziga xos «qo‗shimcha» bo‗lib hisoblanishi lozim. Byudjet ko‗rsatkichlari bajarilishini aniqlash uchun byudjet nazoratining tegishli bosqichlari va vositalari amalga oshiriladi (18-chizma). 2 Germaniyada boshqaruv hisobi kontrolling deb ataladi. Mazkur bobda boshqaruv hisobining muhim tarkibiy qismi bo‗lgan moliyaviy nazorat jarayonini tashkil etish tadqiq etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling