Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
so„m salbiy chetlanish – moslashuvchan byudjetdan umumiy
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
29100 so„m salbiy chetlanish – moslashuvchan byudjetdan umumiy
chetlanish; 64000 so„m salbiy chetlanish - sotish bo„yicha umumiy chetlanish; 29100+64000 = 93100 salbiy chetlanish– statik byudjetdan umumiy chetlanish Manba. Ch. Xorngren, J.Foster va Sh. Datarlarning uslubiyati asosida muallif ishlanmasi Sotish bo‗yicha umumiy chetlanishda yuzaga kelgan 64000 so‗mlik salbiy chetlanishga marjinal foydada yuz bergan chetlanish asosiy sabab bo‗lgan. 179 Moslashuvchan byudjetdan umumiy chetlanish (29100) va sotish bo‗yicha umumiy chetlanishlar (64000) birgalikda statik byudjetdan salbiy chetlanishlarni tashkil qilmoqda. Moslashuvchan byudjet bo‗yicha chetlanishlarni yanada batafsil tahlil qilish maqsadida to‗g‗ri xarajatlarning ikkita moddasi: asosiy materiallar va asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi xarajatlari bo‗yicha chetlanishlar tahlili o‗tkaziladi. Moslashuvchan byudjetlar bo‗yicha chetlanishlar (2-daraja tahliliga qarang) haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan moslashuvchan byudjet ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi farqni anglatadi. Mazkur chetlanishlarning manbai (ayniqsa xarajatlar bo‗yicha) byudjet bo‗yicha va haqiqatda sarflangan resurslar miqdori hamda bahosi bo‗yicha chetlanishlar hisoblanadi. Mazkur chetlanishlar ikkiga, ya'ni baho va miqdor bo‗yicha farqlarga ajratilib, batafsil ko‗rib chiqiladi. Bu ma'lumotlar chetlanishlar tahlilining 3-darajasiga tegishli bo‗ladi va u menejerlarga olingan natijalarni tahlil qilish hamda korxonani istiqboldagi ishini rejalashtirishga yordam beradi. Moslashuvchan byudjet bo‗yicha 3-daraja chetlanishlar hisob-kitobi mahsulot ishlab chiqarishning haqiqiy hajmiga asoslanib o‗tkaziladi. Amaliyotni o‗rganish korxona va uning bo‗linmalari (mas'uliyat markazlari) faoliyatini baholash va nazorat qilish uchun moslashuvchan byudjet ma'lumotlari yetarli bo‗lmasligini ko‗rsatmoqda. Buning uchun bizningcha, unga qo‗shimcha ravishda nazorat va baholash byudjetini tuzish lozim (22-chizma). 180 Moslashuvchan byudjet (ishlab chiqarish (sotish) hajmining o‗zgarishi) Baholash byudjeti (mas'uliyat markazlari va xodimlar faoliyatini baholash va rag‗batlantirish uchun) Mas'uliyat markazlariga bog‗liq bo‗lgan va bog‗liq bo‗lmagan omillar Vaziyatli byudjet (ssenariy sharoitlarining o‗zgarishi) Statik byudjet Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling