Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
B
b = N b + O rb bunda B b –baholash byudjeti; N b –nazorat byudjeti; O rb –rahbariyat va xodimlarga bog‗liq va bog‗liq bo‗lmagan omillar. Baholash byudjetidan xodimlar faoliyatini baholash va rag‗batlantirishda samarali foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda byudjetlashtirishga an'anaviy yondashuvlar qattiq tanqid qilinmoqda. Bunda asosiy masala byudjetlashtirishni korxona strategiyasiga yo‗naltirilmaganligidir, 60 % korxonalarda byudjetlar strategiyasiga mos ravishda tuzilmayotganligidir. O‗rganilgan manbalar asosida byudjetlashtirish tanqidiga oid fikr-mulohazalar umumlashtirildi (17-ilova). 182 Ilovani tahlil qilish byudjetlashtirishdan butunlay voz kechish ko‗p mablag‗ va kuch talab qilishi sababli korxonalar tomonidan mazkur boshqaruv vositasidan voz kechilmayotganligini ko‗rsatmoqda. Shunga qaramay nazariya va amaliyotda byudjetlashtirishning an'anaviy yondashuviga nisbatan samaraliroq vositasini izlash davom etmoqda. Unga J. Xoup va R. Freyzerlarni byudjetdan voz kechishga oid takliflaridan tortib to D. Norton va R. Kaplanlarni balanslashtirilgan ko‗rsatkichlarni joriy etish to‗g‗risidagi tavsiyalarigacha kiradi. Yuqorida ta'kidlangan byudjetlashtirishdagi muammolarni hal etish uchun bizningcha byudjetlashtirish tizimini samarali faoliyat ko‗rsatish tamoyillarini joriy etish lozim (18-ilova). Byudjetlashtirishda yuqorida ta'kidlangan muammolarning ko‗pligi va uni takomillashtirish bo‗yicha ko‗plab fikrlar aytilayotganligiga qaramay korxonalarning asosiy qismi an'anaviy byudjetlashtirishdan foydalanmoqda. Buning ko‗pgina sabablari mavjud (19-ilova). Byudjetlashtirishni joriy etgandan so‗ng to‗xtab qolmaslik kerak. Doimiy ravishda diagnostika qilinishi va kelgusida optimallashtirish (takomillashtirish) uchun byudjetlashtirish tizimini tahlil qilish uslubiga ega bo‗lish lozim. Byudjetlashtirishni har tomonlama tavsiflovchi mezonlari: byudjetlashtirish xarajatlari, byudjetlarga tuzatish kiritish, menejerlar tomonidan nazorat qilish, rejalashtirish doirasi, xodimlar motivasiyasiga ta'siri, tashkiliy tuzilmalarning aks ettirilishi, byudjet shakllari yagonaligi, ma'lumotlar shaffofligi va axborot texnologiyalari bilan uyg‗unligi mavjud. Ushbu tahlil quyidagi sxema bo‗yicha o‗tkazilishi kerak : Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling