Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
16 - chizma. Byudjetlarni shakllantirish jarayonining bosqichlari Chizmadan ko‗rinib turibdiki, byudjet jarayoni uzluksizligini ta'minlashning asosiy sharti byudjet va haqiqiy ma'lumotlarni taqqoslama tahlilini o‗tkazishdan iboratdir. Undan tashqari, ushbu tahlil asosida kelgusi yil byudjeti ko‗rsatkichlari shakllantiriladi. Umuman olganda mazkur tahlil bir vaqtning o‗zida byudjet siklini boshlang‗ich va yakuniy bosqichi hisoblanadi, shu bilan aylanib o‗z holatiga qaytadi (shuning uchun ham sikl deb ataladi). Yuqorida ta'kidlangan tartib-qoidalar, vazifa va tamoyillar hamda nizomga tayangan holda korxonalar amaliyotida byudjetlashtirishni samarali joriy etish uchun quyidagi uslubiy algoritm tavsiya qilinadi (17 - chizma). 17 - chizma. Korxonalarda byudjetlashtirish tizimini joriy etishning uslubiy algoritmi Byudjetlashtirishni joriy etishda dastlab korxonalarini yil davomida rejadagi daromadga erishishini ta'minlash kabi maqsad va vazifalari belgilab olinadi. O‗tgan hiso- bot davri byudjeti va haqiqiy ma'- lumotlarning taqqoslama tahlili Hisobot davri yig‗ma byudjeti tuzilishi Hisobot davri byudjetining bajarilishini nazorat (monitoring) qilish Hisobot davri byudjeti va haqiqiy ma'lumot- larning taqqoslam a tahlili Kelgusi hisobot davri uchun yig‗ma byudjetning tuzilishi Byudjetlashtirishning maqsad va vazifalarini aniqlash hamda «Byudjetlashtirishni joriy qilish va tahlil» kengashini tashkil etish Byudjet turlarini aniqlash va ularning o‗zaro mantiqiy bog‗lanishi tartibini belgilash Byudjet reglamenti va hujjat aylanishi grafigini tasdiqlash hamda byudjetlarni mas'uliyat markazlari bo‗yicha taqsimlash Byudjetni tasdiqlash va samaradorlikning muhim ko‗rsatkichlarini aniqlash Byudjet bajarilishini nazorat va tahlil qilish 153 Buning uchun tegishli moliyaviy tuzilmalar: «Byudjetlashtirishni joriy qilish va tahlil» kengashi tuziladi hamda korxonalarda faoliyat yuritayotgan zveno, brigada, sexlar va bo‗linmalar xalqaro amaliyotda keng qo‗llanilayotgan AVS-tizimida xarajatlarni hisobga olishning 4 ta darajasi asosida javobgarlik markazlari sifatida shakllantiriladi. AVS hisob tizimi javobgarlik markazlari bo‗yicha tannarx hisob-kitobini doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarga bo‗lib hisobga oladi va asosiy e'tiborini faoliyat turlari hamda funksional xizmatlarga qaratadi. Umuman, AVS tizimi faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlar hisobini (xarajatlarning funksional hisobi) anglatadi. Keyingi bosqichda byudjetlar tuziladi, ularning o‗zaro mantiqiy bog‗lanish tartibi belgilanib, byudjet reglamenti va hujjatlar aylanishi grafigi tasdiqlanadi. So‗ngra byudjetlar mas'uliyat markazlari bo‗yicha taqsimlanib, samaradorlikning muhim ko‗rsatkichlari aniqlanadi va korxona direktori tomonidan tasdiqlanadi. Byudjetlashtirishdan ko‗zlangan samaraga erishish maqsadida byudjetlar bajarilishi nazorat va tahlil qilib boriladi. Ushbu bosqichlar yuqorida ta'kidlangan ketma-ketlikda va samarali tashkil qilinsagina, korxonalarda byudjetlashtirishni joriy etishdan ko‗zlangan maqsadga erishish mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, byudjetlashtirish rejalashtirishdan kengroq tushuncha bo‗lib, u o‗z ichiga rejalashtirish bilan birga me'yorlashtirish va prognozlashtirishni ham qamrab oladi. Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganish mazkur jarayonni ssenariy asosida tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko‗rsatdi. Muallif bu borada tadqiqotchi S.A.Sidorovning fikrini qo‗llab-quvvatlaydi, ya'ni paxta tozalash korxonalarida «Asosiy byudjetning barcha parametrlarini hisob- kitob qilish uchun asos sifatida, nafaqat marketing tadqiqotlari va sotish byudjeti olinishi kerak, balki byudjetlashtirish ssenariysi tayyorlanishi lozim». Ssenariy ma'lum maqsadli va samarali xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun tayyorlangan uslubiy ko‗rsatmadir. Ssenariy asosini byudjetlashtirish uchun zarur bo‗lgan asosiy shart-sharoitlar, me'yorlar, mezonlar va omillar tashkil etadi. 154 Iqtisodiy adabiyotlar tahlili byudjetlar tuzish ketma-ketligi masalasi byudjetlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi tufayli iqtisodchi olimlar tomonidan keng yoritilganligini ko‗rsatdi. Biroq, ularni tadqiq etish bu masalada yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda. Masalan, A.A. Abdug‗aniev ushbu masalaga to‗xtalib, «...... byudjetlar tuzishni daromad va foydadan emas, balki xarajatlar va mahsulot hajmidan boshlashni tavsiya etamiz», - deb yozgan. Professor M. Vaxrushinaning fikricha, «Operasion byudjetlarni tuzish ketma-ketligi korxonalar faoliyatini cheklovchi omillarga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, korxonada asosiy cheklovchi omil bozor sig‗imi bo‗lsa, byudjetlar tuzishni sotish byudjeti, ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi bo‗lsa, ishlab chiqarish byudjeti, xomashyo va materiallar tanqisligi bo‗lsa, ta'minot byudjetidan boshlash maqsadga muvofiq bo‗ladi». Boshqa bir fikrga ko‗ra, bosh byudjet tuzishni daromad va xarajatlar byudjetini tuzishdan boshlash kerak. Chunki bu hujjat nafaqat biznesdan ko‗zda tutilayotgan rentabellikni (korxona va tarkibiy bo‗linmalar miqyosida) aks ettiradi, balki xarajatlar tarkibini ham yaqqol ko‗rsatib beradi. Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganish asosida iqtisodchi olimlarning byudjetlarni tuzish uslubiyotiga ko‗ra, ikki toifaga bo‗lish mumkin: 1) byudjet tuzishni korxonaning tarkibiy tuzilmalari bo‗yicha amalga oshirish tarafdorlari (E.Koba va boshqalar); 2) byudjet tuzishni faoliyat turlari bo‗yicha amalga oshirishni qo‗llab- quvvatlovchi olimlar (K.Shiborsh, A.Sheremet va boshqalar). Bosh byudjetning mohiyatiga to‗xtaladigan bo‗lsak, professor B. Xasanov ta'kidlaganidek, «Bosh byudjet korxona rahbarlari uchun o‗ta muhim bo‗lib, rejalashtirilgan hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni aniq belgilash va ishlab chiqarish dasturi bajarilishi, daromadlar va xarajatlarning shakllanish jarayoni, hisob-kitoblar holatini kuzatib borishga imkon beradi». Tadqiqotlar bosh byudjetni shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, jumladan paxta tozalash korxonalari faoliyatida to‗liq o‗z aksini topmaganligi sababli mazkur masala iqtisodchi olimlar 155 o‗rtasida bahs-munozara mavzusiga aylanganligini ko‗rsatmoqda. Masalan, professor A. Pardaev bosh byudjetni 2 ga: tezkor (operativ) va moliyaviy byudjetlarga bo‗lgan, professor B. Xasanov bosh byudjetni 3 ga: operasion, moliyaviy va investisiya byudjetlariga ajratgan, rossiyalik olimlar A.D. Sheremet, S.A. Rasskazova-Nikolaeva, S.V. Shebek, Ye.A.Nikolaevlar operasion va moliyaviy byudjetlarga ajratgan va hokazo. Bosh byudjet korxonaning turli rejalarini bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lib, belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‗lgan mazkur rejalarni moliyaviy va miqdoriy ifodalanishini bildiradi va barcha bo‗linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shuning uchun korxonalarda bosh byudjetni operasion, investisiya (innovasiya), maxsus va yig‗ma byudjetlardan tashkil topishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. Shu bilan birga korxonalarning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bosh byudjetni tuzish texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlar va tarmoq xususiyatlarini chuqur tadqiq etgan holda korxonalarda bosh byudjet tuzish ketma-ketligining qisqacha tavsifi va byudjetlarni tuzish uchun qo‗llaniladigan reja-analitik vositalarni ro‗yxati tavsiya etilishi lozim. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling