Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Zararsizlik nuqtasi, marjinal daromad, assortimеnt, baho, biznеs, rеstrukturizatsiya, tahlil
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI - Bob. Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish 6.1. Byudjetlashtirishga oid tashkiliy-uslubiy yondashuvlar
Zararsizlik nuqtasi, marjinal daromad, assortimеnt, baho, biznеs, rеstrukturizatsiya, tahlil. Takrorlash uchun savollar 1. ―Xarajatlar-mahsulot hajmi-foyda‖ (Cost-Volume-Profit, CVP- tahlil) tahlil turining mohiyati nimadan iborat? 2. CVP - tahlilining qanday asosiy unsurlari mavjud? 3. Ishlab chiqarish dastagi mеxanizmini namoyon bo‘lishi qanday xususiyatlarga ega? 4. Ishlab chiqarish dastagi hajmi qanday omillar ta'siri ostida o‘zgarishi mumkin? 5. Korxona foydasi qanday ko‘rsatgichlarga bog‘liq? 6. Baholar haqidagi masala bo‘yicha moliyachilar va markеtologlar qanday yondoshuvlar mavjud? 7. Bahoga nisbatan xarajat yondashuvining mohiyati nimadan iborat? 8. Bozor sharoitlarida baho va xarajatlargi qanday bog‘liqlik mavjud? 9. Transfеrt (firma ichida) bahoni belgilash qanday talablarga javob berishi kеrak? 10. Boshqaruv hisobi tizimida invеstitsion loyihalar bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilishning qanday ijobiy tomonlari mavjud? 145 VI - Bob. Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish 6.1. Byudjetlashtirishga oid tashkiliy-uslubiy yondashuvlar Korxonalarida boshqaruv hisobi tizimi o‗ziga xos tashkiliy-texnologik xususiyatlarga bog‗liqligi bilan farqlanadi. Shu bilan birga mazkur tarmoq korxonalari uchun boshqaruv hisobining umumiy metodologik masalalari ham mavjud bo‗lib, ular jumlasiga byudjetlashtirishni joriy etish ham kiradi. Byudjetlashtirishning mohiyatini chuqur anglash uchun esa avval uning boshqaruv hisobidagi o‗rni va rolini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bu borada haligacha munozaralar davom etmoqda. Ularni tahlil qilish iqtisodchi olimlar byudjetlashtirish boshqaruv hisobining ajralmas bir qismi, bazisi, metodi va elementi, metodining elementi sifatida ifodalayotganligini ko‗rsatmoqda. Byudjetlashtirishga boshqaruv hisobining ajralmas bir qismi sifatida qarayotgan olimlar fikrlariga qo‗shilish mumkin, chunki boshqaruv hisobida boshqaruv maqsadlari uchun haqiqiy ma'lumotlardan tashqari, prognozlashtiri- ladigan ma'lumotlar va rejalashtiriladigan ko‗rsatkichlardan ham foydalaniladi. Shuning uchun ham byudjetlashtirish boshqaruv uchun o‗ta muhim bo‗lgan reja ma'lumotlarini yetkazib beruvchi quyi tizim sifatida paxta tozalash korxonalarida boshqaruv hisobining ajralmas qismi hisoblanadi. Xalqaro amaliyotga e'tibor qaratadigan bo‗lsak, ularda byudjetlashtirish boshqaruv hisobining tarkibiy qismi va yo‗nalishlaridan biri sifatida tashkiliy- uslubiy ta'minlangan hamda amaliyotda qaror topgan. Tadqiqotlar byudjetlashtirishning tarixi uzoq ekanligini va buni eramizdan avvalgi 2500-2400 yillardagi qadimiy Misr hisobiga oid hujjatlar tasdiqlashini ko‗rsatmoqda. Byudjetlashtirish haqidagi ma'lumotlar dastlab, «Eski ital'yan buxgalteriyasi»da, keyinchalik XIX asrda Angliyada paydo bo‗lgan bo‗lsa-da, byudjet ilk bor 1912 yili AQShda tuzilgan. 1920 yillarga kelib, byudjetlar «DuPont», «General Motors», «ICI», «Siemens» kabi yirik sanoat kompaniya- larida xarajat va tushumlarni boshqarish vositasi sifatida qo‗llanila boshlangan. 146 Tadqiqotchilar O.V.Grinkevich, A.E.Ivannikovlar Rossiyada byudjetlashti- rishni yuzaga kelishi va rivojlanishining 5 ta bosqichini ajratib ko‗rsatgan (9- ilova). Ushbu ilovada byudjetlashtirishning yuzaga kelish tarixi uzoq davrni o‗z ichiga olsada, faqatgina bozor iqtisodiyoti sharoitida to‗laqonli rivojlanganligi tavsiflangan. «Byudjetlashtirish atamasi sobiq Ittifoqning iqtisodiy adabiyotlari va hisob tizimi amaliyotiga professor A.P. Rudanovskiyning tadqiqotlari orqali kirib kel- gan». «Ilk marta rus tiliga tarjima qilingan korxonalarning xo‗jalik faoliyati boshqaruviga byudjet yondashuvini bayon qilgan asar–fundamental kitob esa «Yuqori pog‗ona boshqaruv xodimlari uchun kurs» (M.Ekonomika, 1970. 807 b.) hisoblanadi. Shuni ham aytish kerakki, o‗tgan asrning 70-yillarida ushbu kitobning byudjet boshqaruvi masalalariga bag‗ishlangan bo‗limi mamlakatimiz mutaxassislari tomonidan qabul qilinmadi, chunki, u mamlakatimizdagi rejalashtirish va boshqaruv amaliyotidan tubdan farq qilardi. Hozirgi kunga kelib esa yuqoridagi kitob bibliografik jihatdan nodir bo‗lib qoldi». An'anaviy byudjetlashtirish tizimi nemis va amerika maktablariga mansub. Jumladan, an'anaviy byudjetlashtirishning boshlang‗ich asoslari Teylorning qarashlari (fikr va xarakatlarning taqsimlanishi), Fordning qarashlari (doimiy ish vaqti, pul orqali rag‗batlar tizimi) va Sloanning qarashlari (ko‗rsatkichlar orqali markazlashgan boshqaruv) dan boshlangan. Hozirgi kunga kelib, byudjetlashtirishning ahamiyati kun sayin ortib borayotganligi sababli iqtisodiy adabiyotlarda unga bag‗ishlangan turli qarashlar paydo bo‗lmoqda. Iqtisodiy adabiyotlar tahlili ularda byudjetlashtirish atamaci turlicha talqin qilinayotganligini ko‗rsatmoqda. Bizningcha ushbu atamani mohiyatini chuqur tushunib yetish uchun uning asosiy elementi - «byudjet»ni tadqiq etish kerak. 147 Bu sohada ko‗plab tadqiqotlar olib borilmoqda va turli nuqtai nazarlardan tadqiq etilmoqda. Masalan, tadqiqotchi Ye.R.Muxina byudjetni iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va moddiy nuqtai nazardan tadqiq etgan. Ularni o‗rganish shuni tasdiqlamoqdaki, hatto, iqtisodiy adabiyotlarda byudjet atamasi o‗rniga reja va smeta atamalari ishlatilayotgan hollar ham uchrab turibdi. Bu holat byudjet atamasining ma'nosini tushunishda chalkashlik va tushunmovchiliklarga olib kelmoqda. Byudjetlashtirish atamasiga to‗xtaladigan bo‗lsak, ba'zi bir iqtisodchi olimlar «Rejalashtirish» va «Byudjetlashtirish» sinonimdir degan fikrni bildirmoqda. Biz bu fikrga qo‗shilmaymiz, chunki «Rejalashtirish»–harakatlarni rejalashtirish, «Byudjetlashtirish–esa natija (moliyaviy natija)ni rejalashtirish» demakdir. Byudjetlashtirishni rejalashtirishsiz joriy etish mumkin emas. Rejalashtirishning byudjetlashtirishdan asosiy farqi unda asosiy e'tibor oxirgi natijaga emas, balki rejalashtirish jarayoniga qaratiladi. Ixtisoslikka oid adabiyotlar o‗rganilib, xorijiy va respublikamiz olimlarining byudjet va byudjetlashtirish terminlariga oid nuqtai nazarlari tadqiqotda bir tizimga solinib tadqiq etildi (10-ilova). Unga ko‗ra olimlar byudjet va byudjetlashtirish terminlarini zarurligi, mohiyati va ahamiyatini chuqur ochib berganligini ko‗rish mumkin. Korxonalar amaliyotini o‗rganish hozirgi kunda faqatgina biznes-reja tuzilayotganligini ko‗rsatdi. Byudjetlashtirish biznes-rejadan farq qiladi va ma'lumotlarni ichki iste'molchilari (korxona rahbar xodimlari) uchun mo‗ljallangan. Shu sababli uning ma'lumotlari korxonaning tijorat siriga kiradi. Mamlakatimizga «byudjet» atamasi o‗tgan asrning 90-yillarida byudjetlash- tirishga oid ingliz tilidagi iqtisodiy adabiyotlar tarjimasi orqali kirib keldi. Byudjet atamasining ta'rifiga bevosita to‗xtaladigan bo‗lsak, iqtisodiy adabiyotlarda «Byudjet» atamasiga oid ko‗plab ta'riflar mavjud bo‗lib, ular 11- ilovada bir tizimga solingan. 148 Ilovani tahlil qilish shuni ko‗rsatmoqdaki, olimlar byudjetni turlicha: reja, rejaning miqdorlarda ifodalanishi, moliyaviy reja va jadval sifatida ta'riflamoqda, eng asosiysi juda batafsil ta'riflar ham mazkur atamaning ma'nosini to‗liq ochib bermayapti. «Byudjet» tushunchasi tor ma'noda xarajatlar smetasi, keng ma'noda esa ma'lum bir vaqt uchun rejalashtirilgan balanslashtirilgan daromad va xarajatlarni anglatadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqib, muallif tomonidan byudjet atamasiga quyidagicha ta'rif berish maqsadga muvofiq deb topildi: byudjet nafaqat daromad va xarajatlarning batafsil (detallashtirilgan) rejasi, balki moliyaviy risklarni hisobga olgan holda talablar va majburiyatlarni boshqarish, rejalashtirishning samarali vositasi hamda xodimlarni rag‗batlantirish tizimining asosi ham hisoblanib, korxonaning maksimal moliyaviy barqarorlik va moliyaviy samaradorlikka erishishi uchun shakllantiriladi va u asosida taktik hamda strategik qarorlar qabul qilinadi. Shunday qilib, byudjetni buxgalteriya hujjati emas, balki boshqaruv hujjati deb hisoblash mumkin. Byudjetlashtirish (inglizcha budgeting so‗zidan olingan) terminiga to‗xtalsak, iqtisodiy adabiyotlarni tadqiq etish uzoq tarixiy ildizlarga ega bo‗lishiga qaramay, hozirgacha uning ta'rifi bo‗yicha ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda. Bundan tashqari, hozirgi kunda byudjetlashtirishga ko‗proq boshqaruv vositasi sifatida qaralayotganligi sababli unga oid ko‗plab asarlar yaratilmoqda. Bu esa byudjetlashtirishga oid ta'riflarni yanada ko‗payishiga olib kelmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda soha olimlari tomonidan «Byudjetlashtirish» atamasi turlicha ta'riflanayotganligi sababli, tadqiqotda mavjud nuqtai nazarlarni taqqoslama tahlili o‗tkazildi (12-ilova). Tahlildan ko‗rinib turibdiki, har bir muallif byudjetlashtirish atamasining ta'rifiga ma'lum bir ulush qo‗shib, mazmuniga aniqlik kiritmoqda yoki to‗ldirmoqda. Barcha fikrlarning tutashgan nuqtasi byudjetlashtirish jarayonida 149 korxona faoliyatini rejalashtirish, nazorat va tahlil jarayoni bilan uzviy bog‗liq bo‗lmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, byudjetlashtirishga oid quyidagi mualliflik ta'rifi ishlab chiqildi: «Byudjetlashtirish rejalashtirish, hisobga olish, nazorat va tahlil qilish jarayonlarini bir tizimga birlashtiruvchi axborot tizimi bo‗lib, boshqaruvning eng murakkab, muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi va istiqbolda ko‗zlangan maqsadlarni tizimli belgilash hamda ularga erishish uchun kerakli tadbirlarni ishlab chiqishni bildiradi». Iqtisodiy adabiyotlar tahlili byudjetlar tuzish qiyosiy belgilari va mezonlariga ko‗ra turlicha tasniflanayotganligini ko‗rsatmoqda. Bizningcha, paxta tozalash korxonalarida byudjetlar tuzish shakllari tarmoq xususiyatidan kelib chiqib, quyidagi qiyosiy belgilari va mezonlariga ko‗ra tasniflansa maqsadga muvofiq bo‗ladi: Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling